• Dispozitiv normalar
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Tarixiy sharhlashda huquq normasi qanday tarixiy vaziyatlarda 
    qabul qilinganligini belgilash yo„li bilan aniqlanadi. Sharhlash o„zining 
    hajmi bo„yicha tub ma‟nodagi sharhda qonunning ma‟nosi uning 
    ifodalanishi ya‟ni, yozilish shakliga aynan to„g„ri kelishi kerak. 
    Cheklangan sharhda qonunning ma‟nosi uning ifodalanishiga qaraganda 
    birmuncha torroq ko„rinadi. Kengaytirilgan sharhda qonunning mazmuni 
    uning tub tahririga qaraganda birmuncha kengroq tushuniladi. Masalan, 
    FKning 115-moddasida: “Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya 
    qilmaslik qonunda to„g„ridan-to„g„ri ko„rsatilgan holdagina uning haqiqiy 
    emasligiga sabab bo„ladi”, deb yozilgan. Bunda “qonun” so„zi faqat Oliy 
    Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki 
    keng ma‟noda tushuniladi. 
    Huquq normalari o„zining ta‟sir kuchiga qarab imperativ va 
    dispozitiv normalarga bo„linadi. Imperativ normalar, deb ma‟lum bir 
    huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o„zgartirilishi 
    mumkin bo„lmagan, qat‟i xarakterda bo„lgan, qat‟i buyruq beradigan 
    normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib “Fuqarolarning 
    huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to„la yoki qisman voz 
    kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan 
    boshqa bitimlar o„z-o„zidan haqiqiy emasdir” (FKning 23-moddasi, 3-
    bandi) - deb aytilgan normani ko„rsatish mumkin. Dispozitiv normalar, 
    deb taraflarning o„z ixtiyorlari bilan to„ldirilishi mumkin bo„lgan va 
    shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o„zaro kelishuvi 
    bo„yicha tartibga solinishi mumkinligini ko„rsatadigan normalarga 
    aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-
    mulk ishtirokchilar o„rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi 
    mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko„ra 
    umumiy mulk ishtirokchilari o„ziga tegishli bo„lgan ulushini o„zlarining 
    kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish