• 1) Mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterda bo„lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar.
  • 2) Mutlaq (absolyut) va nisbiy huquqiy munosabatlar.
  • Fuqrolik huquqiy munosabat elementlari




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Fuqrolik huquqiy munosabat elementlari 
    sub‟yektlar 
    ob‟ektlar 
    mazmun 


    49 
    Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi) 
    Fuqarolik-huquqiy munosabatlar mazmunan bir necha turga 
    bo„linadi: 
    1) Mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterda bo„lmagan shaxsiy 
    huquqiy munosabatlar. Mulkiy xarakterdagi munosabatlar deganda, 
    muayyan moddiy-iqtisodiy mazmunga ega bo„lgan ijtimoiy munosabatlar, 
    masalan, mol-mulk bo„yicha belgilanadigan, oldi-sotdi, ijaraga qo„yish va 
    boshqacha shaklda bir subyektdan boshqasiga o„tkazish, umuman mulkiy 
    muomala bilan bog„liq huquqiy munosabatlar anglashiladi. 
    Mulkiy xarakterda bo„lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar shaxs 
    (fuqarolar va yuridik shaxslar)ning o„zi bilan bevosita uzviy bog„liq 
    bo„lgan, o„z sohibidan, egasidan begonalashtirilishi va birovga o„tkazilishi 
    mumkin bo„lmagan shaxsiy huquqlar, chunonchi, shaxsning o„z asariga 
    nisbatan mualliflik nomiga bo„lgan huquq, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa 
    shaxsiy manfaatlari bilan bog„liq bo„lgan huquqlardan iborat. 
    2) Mutlaq (absolyut) va nisbiy huquqiy munosabatlar. Mutlaq 
    huquqiy munosabatlarda subyektiv huquq egalari o„z huquqlarining 
    buzilmasligini, ularga rioya qilinishini har kimdan va hammadan talab qila 
    oladilar. Mutlaq huquqlar
    1
    nomuayyan doiradagi shaxslar tomonidan 
    buzilishi mumkin bo„lgani sababli har kimdan qo„riqlanadi. Bunday 
    huquqlarga mulk, mualliflik huquqlari, shaxsiy huquqlar va shu kabilar 
    kiradi. 
    Nisbiy huquqiy munosabatlarda esa faqat bir subyekt (yoki 
    subyektlar)gina huquq yoki majburiyat oladi. Nisbiy huquqlar zimmasida 
    majburiyat yuklangan ma‟lum shaxs (yoki shaxslar)ga nisbatangina 
    kuchda bo„ladi. Shartnomalarga asoslangan barcha fuqarolik huquqlari 
    nisbiy huquqlar hisoblanadi. Nisbiy huquqlarga asoslangan talablarga 
    rioya qilishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga olingan pulning 
    to„lanishi bo„yicha o„z zimmasiga shartnoma asosida majburiyat olgan 
    subyektlardangina talab qilish mumkin bo„ladi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish