• Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar.
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet166/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Eritmalar – syuq, qattiq va gaz holdagi bir yoki bir nechta dori moddani erituvchida eritib tayyorlangan suyuq dori turi. Ichish, sirtga va parenteral qo’llanadigan eritmalarni farqlash mumkin

    Bugungi kunda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlanadigan ichish uchun (24 nomdaga) va sirtga (11 nomdagi) ishlatiladigan eritimalar aseptik sharoitda, massa-hajm usulda, sterillangan suvda, stabilizator va konservant qo‘shmasdan tayyorlanadi. Eritmalar bir marta ichish uchun yoki surtish uchun mo‘ljallangan hajmda - 10—20 ml, maksimal hajm 200 ml dan oshmagan holda germetik (rezina probka va alyuminiy qalpoqcha bilan) yopilgan holda qadoqlanadi. Eritmalar 120° S haroratda sterillanadi va 6 va 7-ilovalarda keltirilgan sharoit va muddatlarda saqlanadi.


    Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar. Bu guruhdagi dorilardan keng qo‘llaniladigan bo‘lib, 195-buyruqning 2-ilovasining 2-jadvalida eritmalarning nomenklaturasi va texnologiyasini o‘ziga xosligi keltirilgan. Bu eritmalarni tayyorlashda yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya qilish lozim: (aseptik sharoitda tayyorlanishi, xajmi 10-20 ml dan oshmasligi, stabilizatorlar qo‘shilmasligi, sterillanishi).
    Glyukozaning 5; 10; 25% ichish uchun mo‘ljallangan eritmalarning texnologiyasi. Bu eritmalar aseptik sharoitda tozalangan suvda tayyorlanadi. Glyukozaning kerakli miqdori eritiladi va filtrlanadi, so‘ng shisha idishlarga 10-20 ml quyilib berkitiladi va sterillanadi 1200 S - 8 daq.
    Askorbin kislotasini 1% li eritmalari. Askorbin kislotasi tozalangan, yangi qaynatilgan suvda eritiladi, filtrlanadi, flakonlarga to‘ldirib quyiladi, idishlar berkitilib 1000 S - 30 dak. davomida sterillanadi. Saqlash muddati 5 kun.
    YaTCh ni davolashda yana dibazol 0,01%, dimedrol 0,02%, kaliy iodid 0,5%, glyutamin kislotasi 1%, nikotin kislotasi 0,05%, natriy bromid 1% eritmalari keng qo‘llaniladi.

    Mikstura — tarkibi murakkab, ichishga mo’ljallangan va qoshik bilan miqdorlarga bo’linadigan suyuq dori turi



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.