|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 63/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeQuyuqlashtiruvchilar tabiati bo‘yicha o‘simlik gidrokolloidlar, sellyuloza hosilalari, sintetik yuqori molekulyar birikmalar va glinozyomlarga bo‘linadi.
O‘simlik gidrokolloidlarga - alginatlar, gummiarabik, guarokamedlar, tragakant, pektin, kraxmal gellari, behi urug‘i kiradi. Ularning asosiy salbiy tomoni - ular mikrobiologik tarafdan chidamsiz.
Sellyuloza hosilalari nisbatan mikroblarga chidamli va fizik-kimyoviy tarafdan turg‘un. Keng qo‘llaniladiganlarga: MS, NaKMS, gidroksipropilmetilsellyuloza, gidroksipropilsellyuloza, mikro-kristallik sellyuloza kiradi.
Sintetik YuMB sifatida – karboksivinilpolimer, polivinilpir-rolidon, polioksietilen va polioksipropilenlarning bloksopo-limerlari, akril kislotasining sopolimerlari qo‘llaniladi. Ularning afzalligi - mikrobologik turg‘unligi.
Glinozemlar (bentonitlar) bu tozalangan tuproq (gillar). Ular samaradorli quyuqlashtiruvchilar hisoblanadi (los’onlarning tarkibiga 0,2-1% kiritiladi). Tabiati bo‘yicha ular magniy va alyuminiy silikatlari.
Los’onlar tarkibiga 0,1-0,5% mikdorda turli bo‘yoqlar kiritiladi va ular los’onlarning iste’mol xususiyatlarini oshiradi.
Xushbo‘yligi ta’minlash uchun los’onlarga har xil xushbo‘y moddalar: sun’iy va tabiiy (shu jumladan efir moylari) qo‘shiladi.
Davolovchi profilaktik los’onlar tarkibiga antiseptik moddalar kiritiladi. Ulardan ko‘pincha salitsil kislotasi 0,3% gacha, benzoy kislotasi, limon kislotasi 0,5%gacha qo‘shiladi. Limon kislotasi, undan tashkari, teridagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shularning qatorida adipin kislotasi terini tonusini yaxshilash va mo‘‘tadil pH ta’minlash, borat kislotasi kuchsiz oqartiruvchi, dezinfeksiyalovchi va pH ni me’yorlashtiruvchi vositasi sifatida qo‘llaniladi, ayniqsa husnbuzarli terini parvarishi uchun (0,1% gacha). Davolovchi kosmetik los’onlarda antiseptik vosita sifatida xlorgeksidin biglyukonatni ham qo‘llanilishi keng. Masalan, bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus “antiseptik los’on” va los’on bilan shimdirilgan gigienik salfetkalar tarkibiga xlorgeksidin kiritilgan.
Kosmetologiya va dermatologiyada antimikrob xususiyatli moddalar muhim axamiyatga ega. Ular ko‘pincha konservantlar ham deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda o‘simliklar asosida olingan antimikrob ta’sirga ega bo‘lgan retseptura keng qo‘llaniladi. Bakteriostatik komponentlar sifatida qayin bargining ekstrakti, cheremuxa bargining ekstrakti, sitral, sangviritrin, moychechak preparatlari, mavrak va dalachoy ekstraktlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Losonlar tarkibiga dermotrop moddalar ham kiritiladi. Ular terining epitelizatsiyalanishini ta’minlaydi. Ulardan α va β-allantoin, azulen, pantoten moyi, A, E, V vitaminlari (0,5%gacha) keng qo‘llaniladi.
Los’onlarga o‘simliklardan olingan BMF kiritilishi ularning yuqori samaradorligini va ko‘p tomonlama ta’sirini ta’minlaydi. Losonlar tarkibiga fitopreparatlarni qo‘shilishi – bu ularni tabiiy BFM (organik kislotalar, vitaminlar, mikroelementlar, fermentlar, aminokislotalar, flavonoidlar, efir moylari) majmuasi bilan boyitish. Shuni hisobiga bunday losonlar teri hujayralarining funksiyasini normallashtiradi, to‘qimalarni regeratsiyasini stimullaydi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, tetiklashtiruvchi va davolovchi ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |