|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 60/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeKoldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug‘lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta’sirini ko‘rsatadi
Bugungi kunda kold-kremlar tarkibiga mum, spermatset, moylar, vazelin, setil spirti, suyuq parafin, bura qo‘shiladi. Kold-kremlar emulsiyalardan farqli dag‘al dispers sistemalar yoki quasi-emulsion sistemalarni hosil qiladi, ular turg‘un emas, teriga surtilganida ular tarkibidagi suv ajralib chiqadi va bu suv bug‘lanishi natijasida teri va atrof muhitni sovitadi. Agar surtma asosi sovitilmasdan, tarkibiga kiritiladigan suv issiq bo‘lsa emulsion krem sovitish xossasini yo‘qotadi.
Emulsion kosmetik surtmalar tarkibiga kiritiladigan dori moddalarni terapevtik faolligini ta’minlash uchun moyda eriydigan moddalar moyda, suvda eriydigan moddalar esa – suvda eritiladi. Masalan suvda yaxshi eriydigan kaliy yodid, sulfatsil-natriy, dikain, dimedrol, kollargol, protargol, natriy tiosulfat, novokain, alkaloid tuzlari, tanin, kumush nitrat va h.k. moddalar suvda eritilib, so‘ng asosga kiritiladi. Bundan rezorsin, rux sulfat, penitsillin kabi moddalar turg‘un bo‘lmaganligi va zaharli ta’sir ko‘rsatishi sababli surtmalarga suspenziya tipida kiritiladi. Quruq va quyuq ekstraktlar asosga kiritilishidan oldin spirt-glitserin-suv (1:3:6) aralashmasida maydalangandan so‘ng kiritiladi. Moyli asosda eriydigan dori moddalar surtma asosida eritilib emulsion kosmetik surtmalar tarkibiga kiritiladi (gomogen surtmalarni qarang).
Kosmetika vositalarining sifat nazorati. Kosmetika vositalari ishlatilishi, tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi va strukturasi bo‘yicha turli xil bo‘lib, tayyorlanishi ham o‘ziga xosdir. Kosmetik vositalar tarkibiga odatda 10 xil yoki undan ham ortiq turli moddalar turli maqsadlarda qo‘shiladi. Bunda kosmetik vositalar tarkibiga kiruvchi moddalarning bir biriga mos kelishi, miqdorining to‘g‘ri tanlanishi va tayyor mahsulotning har xil haroratda va uzoq vaqt davomida barqaror bo‘lishi talab qilinadi. Kosmetik vositalar asosiga aksariyat hollarda turli tarkibli yog‘li asoslar, SFM, emulgatorlar, solyubilizatorlar, struktura va parda hosil qiluvchi, to‘ldiruvchi, konservant va boshqa moddalar tashkil etadi. Ko‘p kosmetik vositalarga foydali biofaol moddalar (BFM) va xushbo‘ylashtiruvchi moddalarni qo‘shiladi. Bunda kosmetik vositaning sifatiga qo‘yiladigan asosiy talab – uning bezararligidir. Shuning uchun barcha kosmetik vositalar uchun yaratilgan moddalar toksikologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kosmetik vositalarni mikrobiologik barqarorligini ta’minlash maqsadida ularning tarkibiga turli konservantlar qo‘shiladi. Har bir kosmetik vosita uchun qo‘shiladigan konservantlarning turi va miqdorini mikrobiologlar belgilaydilar. Kosmetik vositalarni harid qilishda haridorgirligini oshirish va ishlatishda mahsulotni yoqimli bo‘lishini ta’minlash maqsadida mahsulot tarkibiga turli xushbo‘y kompozitsiyalar, tish pastalari va eliksirlari tarkibiga esa ta’m korrigentlari kiritiladi.
|
| |