• Kremlar tavsifi va me’yori
  • -jadval Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash




    Download 6,71 Mb.
    bet62/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    5-jadval
    Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash

    Ko‘rsatkich nomi

    Kremlar tavsifi va me’yori


    Emulsion kremlar

    Gellar

    Yog‘li
    kremlar

    Suv va uchuvchan moddalarning miqdori, %

    5.0-98.0

    5.0-98.0

    -

    Vodorod ko‘rsatkichi pH

    5.0-9.0

    5.0-9.0

    5.0-9.0

    Tomchi tushish xarorati, S

    -

    -

    39-55

    Kolloid turg‘unligi

    Turg‘un

    turg‘un

    -

    Termoturg‘unligi

    Turg‘un

    turg‘un

    -

    Og‘ir metallar midori, % (mg/kg), ... dan ko‘p emas

    0.0020(20.0)

    6-jadvalda emulsion kremlarning emulsiya tipi va konsistensiyasi bo‘yicha fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari keltirilgan (GOST 29189-91).


    Kremlarda vodorod pH ko‘rsatkichini aniqlash. Maxsus kremlar (skrab, piling, oqartiruvchi kremlar, qoraytiruvchi kremlar, himoyalovchi kremlar va h.k.) hamda tarkibida turli o‘simlik ekstraktlarini, meva kislotalarini saqlagan kremlar uchun vodorod ko‘rsatkichi pH 3,0-9,0 oralig‘ida, depilyasiya uchun kremlarda esa 7,0-12,7 oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
    6-jadval
    Emulsion kremlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari

    Ko‘rsatkich nomi


    Kremlar normasi


    Quyuq

    Suyuq

    Suv/
    Moy

    Moy/
    Suv

    Aralash tipda

    Boshqa tipda

    Glitserin miqdori, %,
    ...dan ortiq emas

    -

    30,0

    8,0

    15,0

    Suv va uchuvchan moddalarning miqdori, %

    8,0- 75,0

    20,0-95,0

    40,0 - 75,0

    53,0- 97,5

    Ishqor miqdori, KON midorida, %, ...dan ko‘p emas

    -

    1,0

    1,0

    1,0

    Vodorod ko‘rsatkichi pH

    5,0- 9,0

    5,0- 9,0

    5,0- 9,0

    5,0-9,0

    Kolloid turg‘unligi

    Turg‘un

    Termoturg‘unligi

    Turg‘un

    Gigienik vositalar
    Terini tozalash uchun mo‘ljallangan kosmetik vositalar xususiyatlariga ko‘ra bir necha guruhlarga tavsiflanadi:
    1. Suvli asosda tayyorlangan vositalar (masalan, sovunlar, tozalovchi losonlar, shampunlar);
    2. Moyli asosda olingan vositalar (masalan, kosmetik sutlar);
    3. Qattiq moddalar asosida tayyorlangan vositalar (tish pastalari).
    Loson - bu teri parvarishi uchun mo‘ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vosita bo‘lib, u turli hil faol moddalarning (organik kislotalar, vitaminlar va boshqalar) suv-spirtli eritmalari.
    Losonlar quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin:
    I. Qo‘llanilishi bo‘yicha:
    1. Gigienik kosmetik losonlar;
    2. Davolovchi-profilaktik losonlar.

    Los’on (fr. lotion – namlash, yuvish) - bu teri parvarishi uchun mo‘ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vosita bo‘lib, u turli xil faol moddalarning (organik kislotalar, vitaminlar va boshqalar) suv-spirtli eritmalari. Los’on - teri parvarishi uchun mo‘ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vositasi bo‘lib, tarkibida faol ta’sir etuvchi moddalar (organik kislotalar, vitaminlar, shira, dorivor o’simliklar ajratmalari va h.k.) saqlaydigan, tabiati bo‘yicha suv yoki suv-spirtli eritma, yoki oquvchan xususiyatga ega bo‘lgan mikrogeterogen sistema


    Gigienik los’onlar terini tozalash, yumshatishga asoslangan. Ko‘pincha bu los’onlar teridagi iflosliklarni (ter va yog‘ bezlari sekretlari, chang, ajralgan epidermis hujayralari) tozalash vazifasini bajaradi. Quruq terini sovun va suv o‘rniga yuvish uchun ham mo‘ljallagan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari bunday losonlar tetiklashtiruvchi, oqartiruvchi, xushbo‘ylantiruvchi ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
    Davolovchi-profilaktik los’onlar. Hozirgi vaqtda teri kasalliklari, ayniqsa bakterial tabiatli, oshib bormoqda. Shuning uchun davolovchi kosmetik los’onlarga ehtiyoj yuqori. Davolovchi kosmetik los’onlar terini tozalash va tetiklashtirishdan tashqari spetsifik yo‘naltirilgan ta’sirga ega bo‘ladi: yallig‘lanishga qarshi, yaralarni davolash, bakteritsid, antiseboreya.
    Los’onlarda qo‘llaniladigankomponentlar
    Los’onlarning asosiy komponentlari sifatida spirt (ko‘pincha 20-40%gacha), suv, namlatuvchilar (glitserin, propilenglikol, asosan 3-6% va 10% gacha) qo‘llaniladi.
    Qator teri kasalliklarini profilaktikasi terini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tozalashdan iborat, chunki bu tadbir terini ustida turli bakteriyalarni, zamburug‘larni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi (ayniqsa bu yog‘li teriga tegishli).
    Asosan, yog‘li teri uchun mo‘ljallangan shampunlarda antimikrob ta’sirga ega bo‘lgan erituvchilarni - etil yoki izopropil spirtlari qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
    Los’onlar tarkibiga qo‘shiladigan ingridientlardan biri bu etil spirti. Konsentratsiyasiga qarab etil spirti asosiy antiseptik yoki konservant, ayrim holatlarda esa asosiy ta’sir etuvchi moddalarni erituvchisi vazifalarini bajarishi mumkin.
    Los’onlar tarkibida etil spirti teriga quyidagi ta’sir ko‘rsatadi:
    - tetiklashtiruvchi;
    - yumshoq eg‘sizlantiruvchi;
    - yumshoq burushtiruvchi va xushbo‘ylantiruvchi.
    Etil spirtning miqdori teri turiga bog‘liq. Ko‘pincha quruq teri uchun mo‘ljallangan losonlarning tarkibida etil spirtning miqdori minimal bo‘ladi (4-6%) yoki umuman qo‘shilmasligi mumkin. Normal teri uchun mo‘ljallangan losonlarga etil spirt 8-15% atrofida qo‘shilishi mumkin. YOg‘li terini parvarishi uchun ishlatiladigan losonlarda etil spirtning miqdori o‘rtacha 15-20%, ayrim holatlarda, undan ham qo‘proq (30% oshiq) bo‘lishi mumkin, ammo 50-60% oshmaydi.
    Yukori konsentratsiyalarda spirt terini quritish mumkin. Ayrim mualliflar esa spirtning konsentratsiyasini losonlarda 30% oshmasligi lozim deb hisoblaydilar va teri normal yoki quruq bo‘lsa spirtni umuman ishlatmaslikni tavsiya etadilar.
    Shuni hisobga olgan holda ayrim losonlar tarkibiga spirtni kiritilmaslik imkoniyati o‘rganiladi.
    Spirtsiz losonlarni yaratish hozirgi paytda dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. Spirt saqlamaydigan losonlarni yaratishda qo‘llaniladigan xom ashyo bir necha guruhga tasniflanadi:
    1. Asosiy komponentlar - struktura hosil qiluvchilar;
    2. Emulgatorlar;
    3. Namlantiruvchilar;
    4. Quyuqlashtiruvchilar;
    5. Konservantlar;
    6. Solyubillovchi moddalar;
    7. BFM lar.
    Birinchi guruh - struktura hosil qiluvchilarga mansub bo‘lgan xom-ashyolar moylar va mumlarga bo‘linadi.
    Moylarga - suyuq uglevodorodlar, silikonlar, o‘simlik moylari va hayvon yog‘i, alkil efirlari, letitsin va uning hosilalari kiradi, Ular losonlarning asosiy struktura hosil qiluvchi ingridientlari hisoblanadi. Mumlar ko‘pincha moyli fazani quyuqlashtiruvchi va emulsion sistemani kerakli qovushqoqligi, turg‘unligini ta’minlovchi vosita vazifasini bajaradi. Ulardan asalari mumi, spermatset, lanolin, qattiq uglevodorodlar, metil va stearil spirtlari, etilenglikolmonostearat va polietilenglikol-400 distearatlar losonlar texnologiyasida keng qo‘llaniladi. Lekin ularning konsentratsiyasi losonlarda chegaralangan bo‘lishi kerak, chunki me’yordan ortiq qo‘shilsa losonning oquvchanligi o‘zgarib gel hosil bo‘lishi mumkin.
    Los’on tarkibiga namlantiruvchi vositalar sifatida polispirtlar: propilenglikol, glitserin, sorbitol, polioksietilensorbitol qo‘shilishi mumkin. Ular terini namlashdan tashqari, geterogen sistemalarni turg‘unligini ta’minlaydi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash

    Download 6,71 Mb.