Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Takrorlash uchun savollar 
1. Moylarni gidratlash 
2. Moylardagi fosfatidlar miqdori 
3. Gidratatsiya jarayonining moxiyati 
4. Gidratatsiya qilish usullari 
5. Gidratatsiya jarayonida gidratlovchi agent miqdorini xisoblash 
6. Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlar. 
7. Gidratatsiya jarayonida yog‘ning kislota sonini o‘zgarishi. 
8. Gidratatsiya jarayonida gidratlovchi agent miqdori. 
9. Gidratatsiyadan so‘ng yog‘dagi fosfatidlar miqdori. 
10. Fosfatid emulsiyasidan fosfatid konsentratini olish. 
 
 
 
 


41 
4§. Rafinatsiyalashni kimyoviy usullari. Mumsimon moddalarni ajratib 
olish 
Rafinatsiya deb yog’larni aralashma va hamrox moddalardan tozalash 
jarayoniga aytiladi. 
Rafinatsiya turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning murakkab 
kompleksidir, ularni qo’llash yog’dan hamrox moddalarni ajratib olishga imkon 
beradi. Bu jarayonlarning harakteri, yog’ning tabiati va tozalangan yog’ sifati bilan 
aniqlanadi. 
Rafinatsiya jarayonining oldiga qo’yiladigan muhim muammolardan biri bu, 
moyni keraksiz moddalardan tozalash bilan birga ajratib olinadigan ikkilamchi 
mahsulotlarning tabiiyligini saqlab qolish va ikkilamchi mahsulot sifatida samarali 
foydalanishdan iborat. Rafinatsiyaning to’liq sikli o’z ichiga qo’yidagilarni oladi 
[3]: fosfatidlarni chiqarib yuborish; mumsimon moddalardan tozalash; erkin yog’ 
kislotalarini ajratish; rang va xid beruvchi moddalardan tozalash. 
Rafinatsiya usulini shunday tanlash kerakki, bunda yog’ning trigliserid qismi 
o’zgarishsiz kolsin va yog’dan maksimal miqdorda kimmatli hamrox moddalar 
(fosfatidlar) ajralib chiqsin. Rafinatsiya zaharli ximikatlarni ham to’liq yukotishni 
ta’minlashi kerak. 
Rafinatsiyalanuvchi yog’larga, ularning kaysi maqsadda qo’llanilishiga qarab 
bir nechta talablar quyiladi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog’lar to’liq sikl bilan 
rafinatsiyalanishi kerak: fosfatidlar va mumsimon moddalarni ajratish, erkin yog’ 
kislotalarini, pigment moddalarni yukotish kerak. Texnik maqsadlar uchun 
ishlatiladigan yog’lar qisqa sikl bilan rafinatsiya qilinadi. Masalan, 
gidrogenizasiyaga ketayotgan yog’ dezodorasiya qilinmaydi. 

Download 3,92 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish