Rafinatsiya qilinmagan moy (1) avtomatik tarozida tortilib, (2) bakga kelib
tushadi. U yerdan (3) filtrlar, (4) nasos orqali (5) issiqlik almashgichga beriladi. Bu
yerda 45-50
0
С gacha isitilib, (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga beriladi. Suv
(7) bakdan (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga keladi.
Moy va fosfatid
emulsiyasi aralashmasi (9) ekspozitorda 30 min davomida ushlab turiladi, bu yerda
koagulyasiya jarayoni ketadi va fosfatidlar
parchasi kattalashib boradi,
keyin esa
moy va fosfatid emulsiyasi (10) tarelkali tindirgich-ajratgichga beriladi. Bu yerda
moy va fosfatid cho’kmasiga ajratiladi. Fosfatid fraksiyasi (11) bakga yig’iladi,
gidratasiyalangan moy esa boshqa (16) bakga kelib tushadi. U yerdan (14)
nasos
yordamida (18) isitgich orqali (19) vakuum quritgichga beriladi. Quritilgan moy (21)
sovutgichda sovutilib (22) bakda yig’iladi so’ng (23)
nasos yordamida
rafinatsiyaning keyingi bosqichlariga yuboriladi. Fosfatid emulsiyasi (12) nasos
yordamida fosfatid konsentratini quritish apparati(13)ga yuboriladi.
Bu yerda
quritilgan fosfatid konsentrati (14) nasos orqali (15)
sovutgichda sovutib keyingi
rafinatsiya bosqichiga beriladi.