228
uchun katalizator gidrogenlash aktivligini to’liq yo’qotadi, qiziydi va yirik-yirik
bo’laklar hosil qiladi. Qaytarilgan katalizatorni jadal oksidlanishdan himoya qilish
uchun uni chuqur gidrogenlangan yog’ (“stearinli salomas“)
bilan aralashtiriladi,
keyin suspenziya sovutiladi va shakl beriladi.
Avvallari tovar shaklidagi katalizatorlar tangasimon qattiq yog’ ko’rinishida
bo’lib, unda katalizator zarrachalari bir xilda yoyilgan holda bo’lgan. So’nggi
yillarda esa katalizatorlar yassi tomchi holida tayyorlanmoqda. Bu esa katalizatorni
qadoqlash, saqlash va tashish sarf harajatlarini kamayishiga, hamda uni yuklash va
tushirish jarayonlarida kamroq chang hosil bo’lishiga olib keldi. Boshqa usulda tez
yonuvchanlikni kamaytirish uchun nikel yuzasi dozali oksidlash bilan
passivlashtiriladi.