XOM ASHYONI MAYDALASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALAR




Download 245 Kb.
bet6/9
Sana21.02.2022
Hajmi245 Kb.
#17911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.Эркинов майдалаш машинаси
120, 1-amaliy ish, 7-mavzu, Guruhlar, Tarmoq texnologiyalari Savollar, Baxtiyor.uz-Talim-jarayonida-pedagogik-dasturiy-vositalar-testi, Juft regressiya, Tavsifiy statistika, Jaloliddin Manguberdi Vatan
XOM ASHYONI MAYDALASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALAR
Meva-sabzavotlarni bir necha bo‘laklarga ajratish - to‘g‘rash deyiladi. Agar maydalanayotgan meva va sabzavotlarning shakli va yuza qismi mahsus talablarga javob bermaydigan bo‘lsa, bu xolda ular yanchib maydalanadi bu- maydalash jarayoni deyiladi. Maydalash jarayonida mahsulotning deformatsiyalanishi sodir bo‘ladi. Mustahkamlik nazariyasiga mos ravishda deformatsiyaning absolyut ishi (Joulь) quyidagicha aniqlanadi:
,
Bu erda,
- kuchlanish, Pa; E – birinchi toifadagi mustahkamlik moduli, Pa; V - deformatsiyalanadigan material hajmi, m3.
Buzilishgacha materialning deformatsiya ishi material uchun strukturaviy-mexanik xossalarini xarakterlovchi doimiy kattalik hisoblanadi. Eksperimental yo‘l bilan 1 kg tomatni maydalash uchun - 0,8-1,0 kDj, 1 kg olma uchun – 1,25 – 1,5 kDj energiya sarflanadi.
Maydalashni solishtirma yuzaning kattalish jarayoni sifatida kuzatish mumkin va materialning maydalanganlik darajasining holatini solishtirma yuza o‘lchamlarini xarakterlash maqsadlidir. D diametrli shar uchun solishtirma yuza (sm -1) quyidagicha topiladi:
,
Bu erdan solishtirma yuza materialning chiziqli o‘lchamiga teskari proporsionalligini ko‘rish mumkin.
Real tizimlar har xil o‘lchamdagi qismlardan (bo‘laklardan) iborat. Polidispers tizimlar disperslikning o‘rtacha darajasini aniqlash uchun hamma qismlar hajmining yig‘indisi topiladi va qismlar sonini (n) bilib, disperslik darajasi aniqlanadi:
,
Bu erda, - 0 dan x – gacha o‘lchamdagi hamma qismlar hajmining yig‘indisi.
Real tizimlar nafaqat polidispers bo‘libgina qolmay, turli xil shakldagi: sferik, kub, plastinali va boshqa qismlardan ham iborat.
Amaliyotda dag‘al maydalashda qismlarning o‘lchamlari tadqiq qilinayotgan material qismlarining to‘r teshiklaridan o‘tgan o‘lchamlariga teng deb qabul qilinadi. Qismlarning o‘lchamlarini sedimentatsiyalash tezligi bo‘yicha aniqlash usullari keng qo‘llanilmoqda.
Mevalarning maydalanganlik darajasi sharbat (davomiyligi, sharbat chiqishi, aralashmalar miqdori va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir etadi. Kichik qismlarning miqdoriy qiymati katta bo‘lganda sharbatni etidan tozalash qiyin kechadi.
Mexanik maydalashni maydalash yoki kesish orqali amalga oshirish mumkin.
Agar maydalanayotgan mahsulotning aniq shakli tekis yuzali bo‘lishi uchun u holda kesish usuli bilan pichoq yordamida bo‘laklarga ajratiladi. Maydalangan bo‘lakchalarning o‘lcham kattaligi 75-150 mkm bo‘lishi kerak.
Bu mashinalar sifatida gomogenizatorlar, dezintegratorlar vag artib tozalash mashinalari ishlatiladi.

Download 245 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 245 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XOM ASHYONI MAYDALASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALAR

Download 245 Kb.