Konserva korxonalarida qo‘llaniladigan mexanik qurilmalar




Download 245 Kb.
bet4/9
Sana21.02.2022
Hajmi245 Kb.
#17911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.Эркинов майдалаш машинаси
120, 1-amaliy ish, 7-mavzu, Guruhlar, Tarmoq texnologiyalari Savollar, Baxtiyor.uz-Talim-jarayonida-pedagogik-dasturiy-vositalar-testi, Juft regressiya, Tavsifiy statistika, Jaloliddin Manguberdi Vatan
Konserva korxonalarida qo‘llaniladigan mexanik qurilmalar
Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik rivojlanishning o‘sishi bilan bevosita bog‘liq.
Meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishdagi ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
- xom ashyoni yig‘ib olishdagi texnikani va texnologiyasini mukammallashtirish;
- sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom ashyoni tashish va saqlash;
- yarim tayyor mahsulotlarni aseptik holda konservalash va saqlashning texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish;
- meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan liniyalarda kompleks ravishda qayta ishlash;
- tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish;
- modulь tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi kmplekt liniyalarni yaratish va tatbiq etish.
Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig‘ishtirilgan xom ashyo ko‘p vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig‘iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko‘p miqdorda turli xil aralashmalar (tuproq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo‘shilib ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashish uchun shisha taralarni yuvish jarayonini mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish maqsadida taralarga kompleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda.
Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko‘tarish va ish unumdorligini oshirishda mexanik qurilmalarnini ahamiyati kattadir.
Konserva sanoatida qo‘llaniladigan qurilmalarni sinflash yoki guruhlarga ajratishga turli xil olimlar turlicha yondoshishgan. Masalan, E.S. Gorenьkov va V.L. Bibergal konserva korxonalarining qurilmalarini 2 ta katta bo‘lakka bo‘lib, birini - texnologik qurilmalar, ikkinchisini - umumkorxona qurilmalari deb farqlaydi.
Birinchi qismga - transport vositalari, xom-ashyoni tayyorlash va ishlov berish vositalari, mahsulotni joylovchi vositalar,tayyor mahsulotli taralarni sterilizayiyalovchi va bezaklovchi vositalar, shisha taralarni yuvuchi moshinalar, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi komplekt liniyalar kiritilgan.
Ikkinchi qismga - korxonani isitish va bug‘ berish qurilmalari, korxonani suv bilan ta’minlovchi qurilmalar, elektr qurilmalari, gazli qurilmalar, sovutgich uskunalari kiritilgan.
Olimlardan M.YA. Dikis va A.N Malьskiylar esa konserva korxonalari qurilma va uskunalarni ikki katta qismga ajratadi - mexanik qurilmalar va issiqlik apparatlari.
M.YA.Dikis va A.N. Malьskiylarning tanlagan yo‘li bo‘yicha borilsa anchagina qulay va fanni o‘zlashtirish oson va tartibli bo‘ladi. SHuning uchun biz ham sohada ishlatiladigan qurilma va uskunalarni «Mexanik qurilmalar» va «Issiqlik qurilmalari» degan qismlar ko‘rinishida tushuntirish mumkin.

Download 245 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 245 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konserva korxonalarida qo‘llaniladigan mexanik qurilmalar

Download 245 Kb.