• Texnologik qurilmalar strukturasi
  • TEXNOLOGIK QURILMALAR STRUKTURASI VA SINFLANISHI




    Download 245 Kb.
    bet2/9
    Sana21.02.2022
    Hajmi245 Kb.
    #17911
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    4.Эркинов майдалаш машинаси
    120, 1-amaliy ish, 7-mavzu, Guruhlar, Tarmoq texnologiyalari Savollar, Baxtiyor.uz-Talim-jarayonida-pedagogik-dasturiy-vositalar-testi, Juft regressiya, Tavsifiy statistika, Jaloliddin Manguberdi Vatan
    TEXNOLOGIK QURILMALAR STRUKTURASI VA SINFLANISHI

    Konserva sanoati korxonalari qo‘l mexanatini mexanizatsiyalashtirish va uni boshqarishni avtomatlashtirishga xizmat qiladigan uskunalar bilan jiozlangan. Qishloq xo‘jalik xom ashyosini oziq – ovqat va texnik mahsulotlarga qayta ishlashdagi operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish uskunalari texnologik qurilmalar deb ataladi.


    Ishlov berilayotgan mahsulot o‘z fizik–mexanik va boshqa xossalarini saqlagan holda faqat shaklini, o‘lchamlarini va shunga o‘xshash jihatlarini o‘zgartiradigan texnologik qurilma mashina deb ataladi. Mashinaning konstruktiv jihatdan ajralib turishi–mahsulotga mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi xarakterlanadigan ishchi organlarining borligi.
    Ishlov berilayotgan mahsulot o‘z fizik–mexanik, biokimyoviy xossalarini yoki agregat holatini o‘zgartiradigan texnologik uskuna – apparat deb ataladi. Apparat konstruksiyasining o‘ziga xosligi – mahsulot xususiyatlarin o‘zgartirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan reaksion bo‘shliq (hajm) yoki ishchi kameraning (rezervuar) mavjudligidir.
    Bundan tashqari apparat faoliyat ko‘rsatishi uchun issiqlik va sovuqlik tashuvchi har xil suyuqliklardan (issiq suv, sovuq, yaxna suv, bug‘ va boshqalar) foydalaniladi.
    Ishchi suyuqlik va ishlov berilayotgan mahsulot apparat ichida bir – biri bilan bevosita kontaktda yoki yoki kontaktsiz holda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi holda, aksariyat o‘zaro ta’sir ajratib turuvchi yuza (qism) orqali (metall devor) amalga oshiriladi.
    Texnologik qurilmalar strukturasi
    Har bir texnologik uskuna birligi qo‘yidagi qismlardan iborat: staninalar (korpuslar, ramalar va x.k.), mahsulot soladigan (bo‘shatiladigan) moslama yoki qism, himoya (blokirovka), uzatish va ish mexanizmlar, ishchi bajaruvchi organ va nazorat – o‘lchov asboblari. Uskuna texnik tasnifini belgilovchi asosiy qismlar uzatish qismi, ishchi mexanizm va ishchi organlarining o‘zaro (bog‘liqlikdagi) faoliyatidir.
    Stanina uskunaning barcha qismlarini mahkamlash uchun jumladan, qo‘shimcha moslamalarni (tashuvchi, ko‘taruvchi va x.k.) mo‘ljallangan. Ba’zi bir uskuna turlarida (separatorlar va boshqalar) stanina asosiy vazifadan tashqari ishchi mexanizmni moylash uchun mo‘ljallangan moy turadigan moslama (karter) vazifasini ham o‘taydi.
    YUklash va bo‘shatish moslamasi mahsulotni uskunaga davriy yoki uzluksiz ravishda solib turish, hamda texnologik jarayon talabidan kelib chiqib uni xajm yoki massasiga qarab dozirovka qilish imkonini beradi.
    Himoya moslamasi (blokirovka) uskunaning ba’zi qismlarini noto‘g‘ri yoki bevaqt ishga tushib ketishi oldini olish yoki ularning avariya vaqtida buzilishidan saqlab qolish uchun xizmat qiladi.
    Uzatma harakatni ishchi mexanizm yoki ishchi organlar orqali uzatish uchun kerak. Uzatuvchi sifatida elektr, gidravlik va pnevmatik mexanizmlar qo‘llaniladi.
    Elektr uzatmalar eng keng tarqalgan mexanizmlardir. Uning asosiy qismi elektrodvigatel hisoblanadi.
    Elektr tokiga qarab, elektrodivigatellar uch guruhga bo‘linadi:
    O‘zgarmas tok, boshqariladigan, kuchlanishli. Ularda val aylanish chastotasini keng miqyosida silliq (plavnoe) o‘zgartirish imkoni bor;
    Uch fazali o‘zgaruvchan tok – nisbatan kam qo‘llaniladigan sinxron va keng qo‘llaniladigan asinxron elektrodvigatelь. Sinxron elektro-dvigatellar valning doimiy chastotasi bilan yuklamadan bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. Asinxron elektrodvigatellarga qaraganda ular ancha yuqori foydali ish koeffitsientiga ega, yuqori yuklanishlarga chidamli. Asinxron elektorodvigatellar texnologik uskunalarni harakatga keltirish uchun foydalaniladi. Ular konstruktiv va xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha sodda, ularni tarmoqqa bevosita, tok o‘zgartirgichlarsiz ulash mumkin;
    Kam quvvatli bir fazali asinxron elektrodvigatelь. Ularni (aksariyat) ko‘pincha, yordamchi qurilmalarda qo‘llaniladi.
    Uch fazali asinxron elektrodvigatellar bir va ko‘p tezlikka ega bo‘lishi mumkin (tezlik soni – maksimal to‘rtta). Katta tezlikka ega elektrodvigatellarning qulayligi shundan iboratki, ular o‘zgaruvchan tezlik (bosqichma-bosqich) bilan ishlashi mumkin.
    Uch fazali asinxron elektrodvigatellar yopiq (suyuqlik tomchilari va changdan) holda, yopiq va shamollatiladigan holda, yopiq va shamollatiladigan yuqori ishga tushirish momentiga ega holda, yuqori sirpanishli yopiq va boshqa holda ishlab chiqariladi.
    Tayanchga mahkamlash konstruksiyasi bo‘yicha elektrodvigatellar fla-netsli, chiqish qismi pastda joylashgan vertikal, siljiydigan (sirpanadigan) plitali va o‘rnatiladiganga ajratadilar. Elektr xarakatga keltiruvchi sifatida tizim elektrodvigatellari (chiziqli elektrodvigatellar) va solenoidlar (elektromagnitlar) ham xizmat qilishlari mumkin.
    Gidravlik harakatga keltiruvchi ishchi suyuqlikni gidrosistemaga va undagi bosim va sarf me’yorini ta’minlab turuvchi nasosdan uzatuvchi (mineral va kastor yog‘i, glitserin, suv va boshqalar, harakatni ishchi mexanizmga uzatuvchi) gidrodvigateldan, nasos va gidrodvigatelni bog‘lovchi quvurlardan, ishchi suyuqliklarni saqlovchi idishlardan, ishchi suyuqliklarni tozalash (filьtrlash) va sovutish qurilmalaridan tashkil topgan. Ishchi suyuqlikni uzatish uchun shesternyali (parrakli), porshenli va boshqa turdagi nasoslar qo‘llaniladi.
    Gidrodvigatellar rotatsion, buriladigan va porshenli (gidrotsilindr-lar) bo‘ladilar. Birinchilari ish mexanizmini aylanma, ikkinchilari–burilish va uchinchilari–oldiga va kelish-qaytma (vozvratno-postupatelьnoe) harakatga keltiradilar.
    Pnevmatik harakatga keltirishda ishchi vosita sifatida qisilgan havodan foydalaniladi. Uzatgich tarkibiga sistemaga havo puflaydigan kompressor, havo zahirasini hosil qilish uchun resiver (germetik idish); filьtr; quvurlar; pnevmodvigatellar; nazorat va avtomatika asboblari kiradi. Pnevmodvigatellar rotatsion, porshenli, membranali va boshqa turli bo‘ladi. Porshenli keng tarqalgan.
    Ishchi mexanizmi - harakatni xarakatlantiruvchidan texnologik uskunaning ishchi organlariga uzatish uchun xizmat qiladi.
    Bu mexanizm uzatma bilan bog‘langan etaklovchi zvenodan va ishchi organlar bilan bog‘langan etaklanuvchi zvenodan iborat. Ishchi mexanizm faoliyatini baholaydigan asosiy ko‘rsatkich – uzatish (soni) nisbati.
    U quyidagilar: tishli uzatkichlarda etaklovchi va etaklanuvchi tishlar sonining etaklovchi va etaklanuvchi shesternyalar diametriga; tishli va tasmali uzatkichlarda etaklanuvchi shesternya (shkiv) aylanish chastotasining etaklovchi shesternya (shkiv) aylanish chastotasiga nisbati bilan ifodalanadi.
    Uzatish mexanizmi ishchi organlar ishlash sharoiti bilan baholanadi.
    Quyidagi uzatish mexanizmlari mavjud:
    Uzluksiz ishlaydigan mexanizmlar – ish organlari ishlov berilayotgan mahsulot bilan mexanizmlarning butunssikli davrida doimiy kontaktda bo‘ladilar;
    Davriy ishlaydigan mexanizmlar – ish organlari ishlov berilayotgan mahsulot bilan uzatish mexanizmi harakatining bir qismi davomida kontaktda bo‘ladilar, qolgan vaqtda ishsiz holatda bo‘ladilar.
    Uzatish mexanizmlari qattiq va yumshoq bo‘lishi mumkin. Tishli, chervyakli, richagli, krivoship-shatunli, sharnirli, krest ko‘rinishli, prujinali, planetar, friksion va differensial turdagilar qattiq uzatish mexanizmlariga kiradi. YUmshoq uzatish mexanizmlari – tasmali, zanjirli, tasmali va xokazolar kichik uzatish nisbatida, hamda qattiq mexanizmlar bilan birga ishlatiladi.
    Ishchi organlar ishlov berilayotgan mahsulotga bevosita energetik (mexanik, issiqlik) ta’sir ko‘rsatish yoki ishlov berilayotgan mahsulotning ishchi vosita yoki energetik maydon bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan sharoit yaratish uchun xizmat qiladi. Bu organlar mahsulot xossalari, ularga beriladigan ishlov usuli, rejimi va yo‘nalishidan kelib chiqqan holda har xil konstruksiyada bo‘ladilar.
    Ishchi organlar konstruksiyasi bo‘yicha shnek va vintli, barabanli, valьsli, membranali va shlangli, tasmali, to‘rli, friksion,ssilindr-porshen juftligida, soplali, forsunkali va diskli bo‘lishi mumkin.
    Ko‘rsatadigan ta’sir bo‘yicha ishchi organlarni tozalaydigan, maydalaydigan, aralashtiradigan va issiqlik beruvchi, uzatadigan turda bo‘lishi mumkin.

    Download 245 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 245 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TEXNOLOGIK QURILMALAR STRUKTURASI VA SINFLANISHI

    Download 245 Kb.