Texnologik qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar




Download 245 Kb.
bet8/9
Sana21.02.2022
Hajmi245 Kb.
#17911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.Эркинов майдалаш машинаси
120, 1-amaliy ish, 7-mavzu, Guruhlar, Tarmoq texnologiyalari Savollar, Baxtiyor.uz-Talim-jarayonida-pedagogik-dasturiy-vositalar-testi, Juft regressiya, Tavsifiy statistika, Jaloliddin Manguberdi Vatan
Texnologik qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Konserva korxonalari texnologik uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablarga, kerak darajadagi quvvati, material va energiyaning minimal sarflanishi, mehnat hajmi va foydalanish havfsizligi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, ta’mirlash imkoni, ishonchliligi, uzoq muddatliligi, ekologik xavfsizligi kiradi.
Kichik quvvatli korxonalarda katta quvvatga ega texnologik uskunalardan foydalanish, maksadga muvofiq emas, chunki ular qimmat narxga ega, ularni to‘la quvvatda ekspluatatsiya qilishga xom ashyo etishmaydi.
Bajaradigan ishi bo‘yicha har tomonlama universal va ko‘p operatsiyali uskuna qo‘llash iqtisodiy qulaydir. U oson va tez o‘zgartiriladigan, arzon, ishonchli va ko‘p muddatli bo‘lishi lozim. Bunday uskunani agregatlash prinsipiga asosan, umumiy uzatgichdan foydalanib, har xil operatsiyalarni bajaradigan, o‘zlashtiriladigan ishchi organlariga ega qilib yaratish mumkin. Detallarni va qismlari, almashtiriladigan va minimal o‘lchamda bo‘lishi mumkin.
Kichik korxonalarda uskunalarning ishlashi uchun, odatda bug‘, siqilgan havo va gaz qo‘llanilmaydi. Uskunalar va kichik korxona faoliyatining yuqori samaradorligi mahalliy issiqlik, suv, sovuqlik bilan ta’minlovchi manbalarga bog‘liq. Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashda mahsulotlarni va xom ashyoni saqlash uchun tabiiy manbalardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Kichik korxonalardagi uskunalarni ekspluatatsiya qilish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislar – texnologlar, mexaniklar, laborantlar va ishchilar talab qilinadi.
Konserva sanoati korxonalari texnologik uskunalariga, hamma turdagi oziq-ovqat uskunalariga tegishli umumiy talablar bilan birga maxsus, ya’ni qayta ishlanadigan xom ashyoning xususiyatlariga qarab hamda xavfsizlikni ta’minlovchi talablar qo‘yiladi.
Konserva xom ashyosini qayta ishlovchi texnologik uskunalarning o‘ziga xosligi – bu uning konstruksiyasiga qo‘yiladigan yuqori darajadagi sanitariya talablaridir. Texnologik uskunalarning ish organlari konstruksiyasi shunday bajarilgan bo‘lishi kerakki, ekspluatatsiya sharoiti buzilgan noqulay sharoitda ham moylovchi yog‘lar, zang yoki metall changlari va boshqa yot materiallar va predmetlar ish zonasiga tushib qolish ehtimoli bo‘lmasin.
Texnologik uskunalar konstruksion materiallari oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo‘lganda, mahsulotni ifloslantirmaydigan va sifatini tushirmaydigan bo‘lishi lozim. Ish zonasida qo‘rg‘oshindan, ruxdan, misdan, ularning qotishmalaridan yasalgan detallardan foydalanish hamda kadmiy, nikelь, xrom, emal, penoplastlar, formalьdegid asosida tayyorlangan plastmassalar, tarkibida oyna tolasi (steklovolokno) bo‘lgan materiallar, asbest keramikadan, shishadan yasalgan qismlar qoplanishlar yordamida qo‘llanilishi man etiladi.
Foydalaniladigan materiallar uskunalarni surunkali yuvish, tozalash va dezinfeksiyalash jarayonlaridagi kimyoviy, issiqlik va mexanik ta’sirlarga bardosh bera oladigan bo‘lishi lozim. Konstruksion materiallarning ish zonasidagi rangi oziq–ovqat mahsuloti sifatini aniqlashga va tozaligini nazorat qilib turishga halaqit bermasligi kerak.
Metallokonstruksiyalar (ramalar, stanina, bog‘lovchi va boshqalar) yasash uchun qirqim bo‘yicha yopiq shakldagi profillardan foydalanish lozim.
Uskunalar konstruksiyasi mahsulotni tashqi muhitdan ifloslanishdan himoya qila olishi kerak, mahsulotni yoki yordamchi materiallarni atrofga sochilish ehtimolini oldini olish, uskunaning to‘la bo‘shatilishi va sifatli tozalanishi, mahsulot qoldiqlari qolib chirishi jarayonini oldini olish imkonlarini berishi kerak. Hamma tomoni sanitar ishlovi berish va uni nazorat qilish uchun qulay bo‘lishi shart.
Mahsulotga ishlov berish zonasi konstruksiyasida, agar texnologik talablarga asosan bu ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, yuvilmaydigan joylar, tor cho‘ntaksimon chuqurlar, yoriqlar, to‘siqlar, zinachalar (stupenka), keskin toraygan kesimli joylar bo‘lmasligi kerak. Jumladan vannalar, metall idishlar va qismlar oson yuvib tozalanadigan silliq, tozalashni qiyinlashtiradigan, halaqit beradigan do‘nglik, tor oraliqlar, detallarsiz yuzaga ega bo‘lishlari lozim.
YOpiq tizimda sanitar ishlovi berishga mo‘ljallangan mahsulot zonasi konstruksiyasi, vaqti – vaqtida echilib qo‘l bilan yuvib tozalash va nazorat qilish imkonini bera oladigan bo‘lishi kerak. Echiladigan va yig‘iladigan qismlar va detallar oson bo‘linadigan biriktiruvchilar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Uskunaning mahsulot zonasida qisqich, boltlar, nuqtali payvandlash, bir-biriga kiydirilib, mahkamlangan bog‘lanishlar qo‘llanishi man etiladi. YUzalar ulangan joyi va burchak qirralari 6 mm dan ko‘proq radius bo‘yicha, mexanik yuvish qo‘llanilganda 50 mm dan kam bo‘lmagan radiusda bajarilgan bo‘lishi lozim. Uskunadan chiqqan oqava suvlar to‘kiladigan quvurlar kanalizatsiya tizimiga sifonlar yordamida yopiq holda ulangan bo‘lishi kerak. Vallarning zichlab mahkamlangan moslamalari xom ashyo, yuvish vositalarining uzatish mexanizmlariga, moylovchi materiallarning esa, mahsulot zonasiga tushishi xollari oldini olish shart. Uskunaning joylashishi, uning quvurlar bilan ulanishi, kanalizatsiyaga bog‘lanishi sanitar ishlov berish va nazorat qilishga to‘sqinlik bermasligi lozim. Armaturalar joylashuvi va quvurlar ulangan erlari mahsulotga boshqa narsalar (gidravlik yog‘, sovutish suyuqliklari va hokazo) oqib tushib ifloslantirishi va uskunaga sanitar ishlov berishga xalaqit qilishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Uskuna tashqarisi izolyasiyasi atrof muhitni va mahsulotni ifloslantirmaydigan, haroratni o‘tkazmaydigan materiallardan bajaril-gan bo‘lishi kerak. Jumladan, har qanday yuzani oyna tolasi (steklovolokno) yoki shlakovata tarkibli materiallar qo‘llab izolyasiya qilish mumkin emas.
“Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlik umumiy talablari” ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablarini GOST 12.2.003 belgilaydi, jumladan konstruksiyalarga, ularni boshqaruv organlariga, himoya vositalariga hamda montaj va ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarish uskunalarini tashish va saqlash xususiyatlari bilan belgilanadigan xavfsizlik talablarini. Uskunalar montaj, ekspluatatsiya, ta’mirlash, tashish va saqlashda xavfsiz bo‘lishlari, tashqi muhitni belgilangan me’yordan ortiq zaharli moddalar chiqarib, ifloslantirmasligi kerak. Uskunalar xavfsizligi faoliyat prinsipini, konstruktiv sxemalarni, xavfsiz konstruksion elementlarni tanlash va hokazo, mexanizatsiyalar, avtomatlashtirish, distansion boshqarish va himoya vositalarini qo‘llash yordamida; ergonomika talablarini bajarish bilan; texnik xujjatlar tarkibiga montaj, ekspluatatsiya, ta’mirlash, tashish va saqlash jarayonlaridagi xavfsizlik talablarini kiritish bilan ta’minlanadi. Uskunalar yong‘in va portlashdan xavfsiz, yuqori namlikka, harorat va bosim o‘zgarishiga, agressiv moddalar ta’siriga, shamol kuchiga, muzlashga chidamli bo‘lishi kerak.
Uskunaning xarakatlanuvchi qismlari – sidiruvchi, vallarning uchlari va ularning elementlari (vintlar, shponkalar), valiklar, roliklar, ochiq uzatkichlar, konveyer tasmasi qayrilgan eridagi baraban yonlari, payvandlangan joylar, mahsulot solish bunkerlari (voronka) – to‘siqlar yordamida o‘ralgan bo‘lishi lozim. Tishli uzatmalarning butunlay mahkamlab tashlanmagan to‘siqlari (boltlar, vintlar va hokazo) mashina to‘la to‘xtagandan so‘ng ochish imkonini beradigan yoki to‘la yopilganda mashina ishga tusha oladigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ishchi xizmatchilar ish zonasi mexanizmlar, xom ashyo va tayyor mahsulotlar xarakterlanish zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak.
Uskunalar konstruksiyasida konveksion va nurli issiqlik ajralib chiqishini chegaralash choralarini ko‘rish imkonini berishi lozim. Belgilangan joyni sovutadigan mashinalarda, sovutish agenti yo‘q bo‘lganda mashinani ishga tushishini blokirovkalovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Namlik, gazlar chang va yot hidlarni ajratib chiqaruvchi uskunalar maksimal ravishda germetik yopilgan bo‘lishi kerak.
Germetik etarlicha bo‘lmasa, ventilyasion tizim yordamida havoni haydashni ta’minlash lozim.
Uskuna tashqi qismidagi bo‘rtiq qismlari 5 mm dan katta radiusda yumaloqlangan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish uskunasini ishga tushirish tugmachasi (knopkasi) korobka korpusidan 3 – 5 mm chuqurlikda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Doimiy ish joyidagi boshqaruv organlari (knopkalar, qo‘lushlagichlar, maxoviklar va xokazo) quyidagicha chegaralangan ish zonasida joylashgan bo‘lishi kerak: uzunasiga 0,7 m gacha, 0,4 m gacha chuqurlikda, 0,6 m gacha balandlikda. Ko‘rsatilgan boshqarish organlari pol yuzasidan 0,9–1,5 m tik turib boshqarilganda va 06–1,2 o‘tirib boshqarilganda balandlikda bo‘lishi kerak. Barcha qo‘lushlagichlar (rukoyatka), knopkalar, maxoviklar va boshqa boshqarish organlari ularning funksional vazifalarini bildiradigan belgilar yoki yozuvlarga ega bo‘lishlari hamda mos ranglarga bo‘yalgan bo‘lishlari lozim:
Qizil – to‘xtash;
Axromatik (qora, kulrang yoki oq), ba’zida yashil – ishga tushirish;
Sariq – avariya holatida ishga tushirish;
Axromatik yoki ko‘k – maxsus ulanish.
Yuqorida joylashgan mashina va uskunalarga xizmat ko‘rsatish maydonchalari to‘siqlar va zinalar (qo‘lushlagichlari bilan) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak hamda 0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘tish yo‘lakchalariga ega bo‘lishi lozim.
Maydonchalar yuzasi sirpanchiq bo‘lmasligi va chekka qismlari 0,15 m balandlikda bo‘lishi kerak. To‘siqlar va perilalar balandligi 1 m dan kam bo‘lmasligi, maydonchasi (zina) yuzasidan 0,5–0,6 m balandlikda esa uzunasiga qo‘shimcha to‘siq va har 1,2 m dan uzoq bo‘lmagan oraliqda vertikal ustunlar o‘rnatilmog‘i lozim. Zinalar 3–5 m balandlikda o‘tish maydonchalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak; zina kengligi – 0,6 m dan kam bo‘lmasligi; qadamlar oralig‘i – 0,2 m, qadam kengligi – 0,12 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 1,5 m dan baland zinalar 45 0 dan kam bo‘lmagan qiyalikka, kam balandlikdagilar–gorizontga nisbatan 60 0 gacha qiyalikka ega bo‘lishi kerak.
Uskunalarning oyoq yordamida boshqarish (pedallari) moslamalari to‘siqlar bilan jihozlangan yoki uskunaning bexosdan to‘xtab qolishi oldini oladigan (bexos pedal bosilishi, biror narsa tushib ketishi), saqlagichlar (predoxranitelь) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Pedal to‘sig‘i mustaxkam bo‘lishi, qirralari tekislangan va oyoq xarakatiga xalal qilmaydigan bo‘lishi lozim. Pedal yuzasi to‘g‘ri g‘adur– budur yuzali va boshi yumaloqlangan va oyoqni tirash uchun to‘siqli bo‘lishi kerak. Pedal kengligi 80 mm dan kam bo‘lmasligi tirash to‘sig‘igacha uzunlik esa – 110 – 130 mm kerak.
Pedal maydon (pol) yuzasidan 120 mm gacha balandlikda (ishga tushmasdan), bosilishi 60 mm (ishga tushgach) ni tashkil qilishi; o‘tirib boshqarganda pedalga tushgan kuchlanish – 24,5 N, tik turganda – 34,5 N ni tashkil qilishi lozim.
Poldan 2 m balandlikda yoki chuqurlikda joylashgan zadvijkalar, ventillar va jo‘mraklar ish joyidan turib ochish va yopish imkonini beradigan moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
Ish joylariga o‘rnatilgan statsionar nazorat o‘lchash apparaturalari poldan 2 m gacha balandlikda bo‘lishi kerak.
Uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlari ishonchli qilib elektroizolya-siyalangan, to‘silgan yoki odamlar tega olmaydigan joylarga bo‘lishi kerak.
Texnologik uskunalarga o‘rnatilgan elektr apparatlari hamda ularning erga ulangan simlari elektr uskunalari qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Uskunalar yuzasining ish joylaridagi to‘siq va quvurlarning qizish darajasi 45 0S dan oshmasligi lozim. Vanna, baklar va boshqa ishchi idishlar kanalizatsiya tizimi bilan yopiq usulda bog‘langan to‘kish, toshib quyilish moslamalari va yopib qo‘yish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar (avtoklavlar, sterilizatorlar va boshqalar) bosim ostida ishlaydigan idishlarni ekspluatitsiya qilish xavfsizligi va tuzilish qonunlariga asosan loyihalanadi va ekspluatatsiya qilinadi.
Bu qoidalar 0,07 MPa dan ortiq bosimda ishlaydigan metall idishlarga tegishli.
Idishlar konstruksiyasi ishonchli, ekspluatatsiya qilishda xavfsiz, ko‘zdan kechirish, sanitar ishlovchi va ta’mirlash imkonini beradigan bo‘lishi lozim. Ich qismini ko‘zdan kechirishga xalaqit qiladigan hamma narsa olinadigan bo‘lishi kerak. Ichki diametri 800 mm katta bo‘lgan idishlar soni etarlicha bo‘lgan ta’mirlash va ko‘zdan kechirish teshiklariga (tuynuk) ega bo‘lishlari kerakki, ular xizmat ko‘rsatish uchun qulay erlarda joylashgan bo‘lsin. Tuynuklar yumaloq va oval shaklda bo‘ladi. Aylana shakldagi tuynuklar diametri 400 mm dan kam bo‘lmasligi, oval shakldagilar kichik o‘qi kamida 325 mm, kattasi – 400 mm bo‘lishi kerak. Quvursimon issiqlik almashtirgichlar ko‘rinishidagi idishlar lyuk va tuynuklarsiz yasalgan bo‘lishi mumkin. To‘ntariladigan idishlar o‘z–o‘zidan to‘ntarilishining oldini oladigan moslamalarga ega bo‘lishi kerak. Idishlar tagi odatda eliptik shaklda bo‘ladi, lekin shar yoki shar segmenti ko‘rinishida ham yasalgan bo‘lishi mumkin. Idishlarning payvandlangan joylari faqat bir – biriga nisbatan bir tekislikda bajarilgan bo‘lishi kerak. Har xil qalinlikdagi elementlar payvandlanganda bir elementdan ikkinchi elementga qirralarsiz, bir maromda o‘tishi kerak. O‘tish yuzasi qiyaligi 15 0 oshmasligi lozim.
Payvandlanadigan elementlar qalinligi nisbati 30% dan va yupqa element qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lmasa, qalin elementlarni yupqalamasdan payvandlashga ruxsat etiladi.
Pastki qismi ko‘zdan kechirish uchun noqulay bo‘lgan gorizontal idishlarda bo‘yicha payvandlangan yo‘l 140 0 ga teng pastki qismidagi markaziy burchakka to‘g‘ri kelmasligi lozim.
Tuynuk va lyuklar teshiklari payvandlash choklariga to‘g‘ri kelmaydigan joylarda qurilishi joylashgan bo‘lishi kerak.
Idishlarni tayyorlash va ta’mirlash uchun bosim ostida ishlaydigan idishlar tarkibi, xavfsizlik qonun va qoidalarida keltirilgan materiallardan foydalanish lozim.



Download 245 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 245 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar

Download 245 Kb.