Texnologik qurilmalarni sinflanishi




Download 245 Kb.
bet3/9
Sana21.02.2022
Hajmi245 Kb.
#17911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.Эркинов майдалаш машинаси
120, 1-amaliy ish, 7-mavzu, Guruhlar, Tarmoq texnologiyalari Savollar, Baxtiyor.uz-Talim-jarayonida-pedagogik-dasturiy-vositalar-testi, Juft regressiya, Tavsifiy statistika, Jaloliddin Manguberdi Vatan
Texnologik qurilmalarni sinflanishi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari isrofgarchilikdan va etishtirilgan mahsulotni aholiga nes-nobud qilmasdan etkazish va ularni yil davomida uzluksiz holda ta’minlash davlatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan o‘zliksiz ta’minlash xom-ashyoni qayta ishlash bilan bog‘likdir. Qanday mahsulogt bo‘lishidan kat’iy nazar, xox u o‘simlik mahsuloti bo‘lsin, xox u hayvon mahsuloti bo‘lsin, baribir ular tez buziluvchanlik xususiyatiga ega. SHuning uchun ularni ma’lum texnologik jarayonlardan o‘tkazish yo‘li bilan ozuqaviy qiymati va sifatini saqlangan holda qayta ishlash lozim.
Qayta ishlash deganda ko‘z oldimizga ma’lum qurilmalar, mashinalar yoki uskunalarni keltiramiz. Oziq-ovqat sanoatining xom-ashyoni qayta ishlash tarmoqlari ishidagi konserva ishlab chiqarish sohasi, qurilma va uskunalarga eng ko‘p muxtoj bo‘lgan sohadir.
Konserva korxonalarida qo‘llaniladigan qurilma va uskunalar shu qadar xilma-xilki va ularning jarayonlarni bajarish doirasi shu qadar kengki, ularni oddiy so‘z bilan ifodalash juda mushkul. Masalan, meva yoki sabzavotni maydalash jarayonini olaylik, butun mahsulotni maydalangan mahsulotga aylantirishda bir necha xil uskunalar foydalaniladi va bu uskunalarning vazifalari ham xar xil:
- maydalagich (volchok) yordamida mayda bo‘lakchalarga maydalaniladi;
- qirg‘ich mashinalarida to‘g‘raladi (maqsadga muvofiq xar xil shakil ham berish mumkin);
- may dalagichda ezib maydalanadi;
- ishqalash mashinasida ishqalab maydalanadi;
- gomogenizatorda o‘ta mayda zarrachalarga maydalanadi.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, mahsulotni konservalash jarayonida qo‘llaniladigan qurilma va uskunalarni soni ham qo‘llash maqsadi ham juda ko‘p ekan.
Konserva sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar mashinasozlik sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi liniyalar sifatida tayyorlaniladi.
Bugungi kunda konserva korxonalarida juda ko‘p chet el liniyalaridan foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, ularga kiritilgan xom-ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot o‘rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveysariyaning «Tetra-Pak» liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan aseptik holda qadoqlovchi liniyalar.
SHunday qilib, konserva sohasini mashina va qurilmalari qatori kundan-kunga ko‘paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo‘lgan katta quvvatli qurilmalar o‘rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga javob beruvchi uskunalar egallamoqda.
Konserva korxonalarida xamma ishlatiladigan qurilmalar, ularning texnologik jarayonni amalga oshirishdagi tutgan o‘rni va ishlatilishiga qarab, 3 sinfga bo‘linadi:

  1. Asosiy texnologik qurilmalar - tayyor mahsulot ishlab chqarishning texnologik jarayonida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar kiradi va ular ishlab chiqarishning texnologik jarayonida bevosita ishtiroq etadi.

  2. YOrdamchi texnologik qurilmalar - bu guruhga kiruvchi mashinalar va uskunalar asosiy texnologik jarayonda ishtiroq etmaydilar, lekin ularni amalga oshirish uchun yordam beradilar (bunkerlar, qutichalar, dozatorlar va boshqalar).

  3. Transport vositalari - bu sinfga kiruvchi mashina va uskunalar texnologik qurilmalarni bir biriga bog‘lovchi vozifasini bajaradi, hamda turli xil tashish, tushirish-kutarish va boshqa jarayonlarida ishtiroq etadi.

Xom ashyoni konservalashni amalga oshirish uchun turli xildagi texnologik qurilmalar ishlatiladi.
Konserva korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qilishda uskunalarning ish bajarish tavsifiga asoslanib, ularni 6 ta yo‘nalishdagi guruhchalarga ajratiladi:
1. Xom ashyoni qabul qilishda, korxona ichida tashishda hizmat qiluvchi qurilmalar (xom ashyoni, yordamchi mahsulotlarni, yarimtayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni, taralarni).

  1. Xom ashyoni konservalashda, uni tayyorlashdan bankalarga joylashgacha bo‘lgan birlamchi ishlov berishda hizmat qiluvchi qurilmalar (xom ashyo va komponentlarga mexanik hamda issiqlik ishlov beruvchi vositalar)

  2. Birlamchi ishlov berilgan yarimtayyor mahsulotlarni uzoq muddat davomida, buzilmasligini ta’minlash maqsadida germetik holda bankalarga joylashda va qadoqlashda hizmat qiluvchi qurilmalar( to‘ldiruvchi, qopqoqni yopuvchi, sterilizatsiyalovchi)

  3. Konservalangan mahsulotlarni germetik berkitmasdan saqlash mumkin bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirishda hizmat qiluvchi qurilmalar.

  4. Tayyor mahsulotni bezaklashda hizmat qiluvchi qurilmalar.

  5. Texnologik jarayonlarni tartibga solish va ularni avtomatlashgan holda nazorat qilishda hizmat qiluvchi qurilmalar.

Hozirgi vaqtda bu qurilmalar alohida-alohida holda yoki texnologik liniyalarni komplekti holida keltiriladi.

Download 245 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 245 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik qurilmalarni sinflanishi

Download 245 Kb.