|
munosabatlar metodologiyasi va mexanizmi me’yorlarini nazarda tutadiBog'liq Korporativ siyosat pdfmunosabatlar metodologiyasi va mexanizmi me’yorlarini nazarda tutadi.
Korporativ madaniyat kompaniya faoliyatidan manfaatdor taraflar-
ning insoniy madaniyati, ma’naviyati va ruhiyati (psixologiyasi) kabilar
kompaniya doirasidagi ijtimoiy kategoriyalami tashkil qilib, bozor va
unda kompaniya rivojining muhim omillaridan hisoblanadi.
15
Lekin madaniyatning ijtimoiy funksiyalari kompaniya doirasidan
ancha keng. Uning iqtisodiy ahamiyati jamiyatning moddiy manfaati
samaradorligini oshirish bilan bog'liq bo'lsa, ijtimoiy ahamiyati uning
individlar ijtimoiylashuvida alohida bosqichni tashkil qilishi va jamoalar
hamda ijtim oiy guruhlami fuqarolik jamiyati sari yetaklashida namoyon
bo'ladi.
Kompaniyadagi
korporativ
madaniyat
tushunchasi
qadimiy
madaniyatdan
korporativ munosabatlami keng rivojlanishi va bunda
taraflar (mulk egasi bo'lmish investor, boshqaruvchi menejer, sheriklar,
kreditorlar) uchun o'z manfaatini ta’minlash yo'lidagi kurash bilan
bog'liq. Ya’ni korporativ madaniyat nomi bilan atalayotgan hodisa
tarkibiga kiruvchi kompaniya va jamiyat an’analari, umumiy qadriyatlar
va xulq-atvor me’yorlari ko'plab asrlar awal (kompaniyalar vujudga
kelgan davrdan boshlab) ham mavjud bo'lgan. Biroq, ulaming o'zaro
bog'liq tarzda kompaniya madaniyatini shakllantirishi va mulk egasi
hamda yollanma boshqaruvchi psixologiyasi bilan bog'liq ishlab
chiqarish samaradorligiga kuchli ta’sir ko'rsatishi XX chi asrdagina
atroflicha va to'liq anglana boshlandi.
Korporativ madaniyat tushunchasi shakllanib ko'pchilik tomonidan
|
| |