|
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi
|
bet | 12/15 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #262743 |
Bog'liq Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2Iste’mol tovarlari narx indeksi Iste’mol savatiga kirgan tovarlarning joriy va bazis davrdagi narxlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Investitsion narxlar indeksi Korxonalar tomonidan an’anaviy ravishda sotib olinadigan investitsion tovarlar to‘plami narxlar bo‘yicha aniqlanadi
YaMM (YaIM) deflyatori indeksi Nominal va real YAMM (YAIM) hajmining ikki davrdagi nisbatlari bilan aniqlanadi
Eksport va import tovarlar narxi indeksi Asosiy eksport va import tovarlari narxlarining o‘zgarishini aks ettiradi.
Narx indeksning bir qator turlari mavjud
Laspeyres indeksi. Unda o‘zgarmaydigan tovarlar to‘plami uchun narxlarning o‘sish sur’ati aniqlanadi.
Ir=(PtxQt) /(PbxQb) bunda
Rt – joriy yildagi narxlar
Pb – bazis davrdagi narxlar
Qt va Qb – joriy va bazis davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi
Kamchiligi: ancha qimmat tovarlarni arzonroq tovarlar bilan almashtirish imkoniyatini hisobga olmaydi.
Paashe indeksi. Unda narxlar indeksi tovarlarning bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati hisobga olib aniqlanadi.
Ip=(PtxQt) / (PbxQt)
Kamchiligi: farovonlik darajasining pasayishida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aks ettirmaydi
Fisher indeksi. If=IixIpUnda yuqoridagi har ikkala formulaning kamchiliklari bartaraf qilinadi. 5
Bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda inflyasiya sur’ati ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Inflyasiya sur’ati ko‘rsatkichi;
n=(It-It-1)x100
bu erda, It – bazis davrdagi narx indeksi; It-1 – bazis va joriy davrlardagi narx indeksidagi farq.
Inflyasiyaning kelib chiqish sabablari.
Inflyasiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflyasion hisoblanavermaydi.
Jumladan, kon’yukturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflyasion deb hisoblash mumkin emas.
Inflyasiya yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanashi sababli, bu ko‘pchilik bozorlarda uzoq vaqt talab foydasiga muvazanatlik mavjud buzilishi tufayli vujudga keladigan narxlar umumiy darajasi o‘sishiga olib keluvchi omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar:
Markaziy bankning pul emissiyasini asossiz ko‘paytirishi;
Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishini ifodalovchi uning taqchilligi; Agar bu taqchillik mamlakat markaziy banki qarzlari hisobiga moliyalashtirilsa bu muomaladagi pul massasi o‘sishiga olib keladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish ham huddi shu usulda amalga oshirilsa narxlarning inflyasion o‘sishi ro‘y berishi mumkin.
|
| |