• 2-diagramma: Butun dunyo boylab inflyatsiya qanday osib borayotgani 7
  • -chizma: O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya minimal darajaga yetdi6




    Download 0,85 Mb.
    bet13/15
    Sana11.06.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #262743
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2

    1-chizma: O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya minimal darajaga yetdi6
    Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi;
    Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alohida inflyasion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi, balki harbiy sohaga qo‘yilgan mablag‘lar bir vaqtda qo‘shimcha to‘lovga layoqatli talabni vujudga keltirib, pul massasining tegishli tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi.
    Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi; Hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi.
    Oligopolist ma’lum darajada narxlar ustidan hukmronlikka ega bo‘ladi. Tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishining cheklanishi uzoq vaqt yalpi talab va taklif mos kelmasligini ushlab turadi.
    Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati;
    Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi (mahsulot birligiga);
    Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi;

    2-diagramma: Butun dunyo bo'ylab inflyatsiya qanday o'sib borayotgani7
    Inflyasion kutilish. Aholi va ishlab chiqaruvchilarning inflyasion kutilishini bartaraf qilishga erishishi inflyasiyaga qarshi siyosatning muhim vazifasi hisoblandi. Inflyasion kutilish kishilarning joriy iste’molidan ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar ham tez orada xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlar yanada qimmatlashishini kutib, mahsulotlariga yuqori narxlarni o‘rnatib boradi. Inflyasion kutilish natijasida joriy talabning kengayishi narxlarning yanada o‘sishini rag‘batlantiradi. Bir vaqtda jamg‘armalar qisqaradi va kredit resurslar kamayadi, bu ishlab chiqarish maqsadidagi investitsiyalar o‘sishini, tovar va xizmatlar taklifini kamaytiradi.
    Bu holdagi iqtisodiy vaziyat yalpi taklif sekin va yalpi talab tez o‘sishi bilan tavsiflanadi. Natijasi, narxlarning umumiy o‘sishi ro‘y beradi.
    Inflyasiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi.
    I. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra inflyasiya quyidagi turlarga ajratiladi:
    a) Talab inflyasiyasi. Narx darajasining surunkali o‘sishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Bu iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotining real hajmini ko‘paytirish ortiqcha talabni qondira olmasligini anglatadi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanishga jalb qilingan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyasiyasini keltirib chiqaradi.
    b) Taklif inflyasiyasi. Inflyasiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqa-digan inflyasiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. 8
    Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ham ortib boradi. Jumladan, 1973-1974 va 1979-1980 yillarda AQSH va boshqa ko‘pchilik mamlakatlarda neft’ hamda import xom-ashyolarga narxning bir necha marta oshishi yuqori inflyasiyaning sababi bo‘lgan. 1992-1995 yillarda Rossiyada neft’, gaz va ko‘mir narxining ko‘p martaga oshishi yuqori sur’atidagi inflyasiyaning boshlang‘ich sababi hisoblangan.
    Ma’lum holatlarda ish haqining o‘sishi inflyasiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lish mumkin. Agar ish haqining ortishi mehnat unumdorligining o‘sishidan yuqori sur’atlarda ro‘y bersa, mahsulot birligiga xarajatlar ortib boradi.
    Ayni vaqtda, bu vaziyatni inflyasiya sharoitida ish haqini indeksatsiyalash bilan bir xil ma’noda tushinish kerak emas. Boshqa tomondan, inflyasiya ish haqini indeksatsiyalashga sabab bo‘ladi. Demak, mazkur holat inflyasiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga kirmasada, bu tarkib topgan inflyasion vaziyat sharoitidagi muqarrar amalga oshiriladigan zaruriyatdir.
    Ba’zan xarajatlar o‘sishi zanjirli reaksiya tavsifini kasb etadi. Aytaylik energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va elektr energiya ta’riflarini oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda tarqaladi: telefon xizmatlari qiymati, transport xizmatlari ta’rifi, oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa shu kabilar narxining o‘sishi (ish haqi va narx inflyasion spirali)ga olib kelishi mumkin.
    II. Narxlarning o‘sish sur’atlariga ko‘ra inflyasiyaning a) me’yoridagi; b) o‘rmalab boruvchi v) giper inflyasiya kabi turlari ajratiladi. Inflyasiyaning birinchi turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi.
    Giperinflyasiya aholi va xatto jamiyatning yuqori ta’minlangan qatlamiga juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga o‘tadi, milliy xo‘jalik izdan chiqardi.
    Giperinflyasiya 1970-1980 yillar arafasida Boliviyada yiliga 2400% ga, 1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan.
    III. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyasiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyasiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyasiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi xolda inflyasiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.
    IV. Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra oshkora va yashirin inflyasiya ajratiladi.
    Oshkora inflyasiya narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladi. YAshirin inflyasiyada narxlar go‘yoki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha pul tovar taqchilligida transformatsiyalashadi.
    V. Qamrov doirasi bo‘yicha bir mamlakat miqyosidagi va jahon xo‘jaligi doirasidagi inflyasiya farq qiladi.
    VI. Asosiy ko‘pchilik tovarlarga narxlarning o‘sish sur’atidagi farqlarga ko‘ra muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan inflyasiya ajratiladi.
    Muvozanatlashgan inflyasiyada narxlar bir vaqtda ko‘pchilik tovarlarga bir me’yorda o‘sadi, muvozanatlashmagan inflyasiyada har xil tovarlar guruhiga narxlar turlicha o‘sadi.

    Download 0,85 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma: O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya minimal darajaga yetdi6

    Download 0,85 Mb.