Mehnat resurslarining mutlaq o’sish ko’rsatkichi (
МРкуп )
yuqorida qayd
etilgan 16 yoshga to’lgan aholi soni (U
16esh), xalq xo’jaligiga jalb qilingan mehnat yoshida bo’lmagan o’smirlar (U
s), pensionerlar (P
s) va mazkur hududga kelganlar (KEL
me) soni yig’indisidan iborat:
МРкуп =U16esh+Us+Ps+KELme
Mutlaq ko’rsatkich mehnat resurslarining potentsial sonining o’zgarishini tavsiflaydi.
Biz xohlaymizmi, xohlamaymizmi vaqt o’tishi bilan inson mehnat qobiliyatini yo’qotib boradi. Bu tabiiy hol. Mehnat qobiliyatini yo’qotganlar sonini oshib borishi mehnat resurslari sonining kamayishiga olib keladi. Mehnat resurslari sonining kamayishini statistika quyidagi ko’rsatgichlar yordamida o’rganadi: mehnat yoshidan o’tganlar
koeffitsienti; mazkur yilda mehnat yoshida o’lganlar koeffitsienti; pensiyaga
chiqqanlar koeffitsienti; mazkur hududdan ketgan mehnat
yoshidagilar koeffitsienti; mehnat resurslari safidan chiqqanlarning
umumiy koeffitsienti; mehnat resurslarining mutlaq kamayish ko’rsatkichi.
Mehnat resurslarining kamayishini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi va ular nimani ifodalashi 11.7-jadvalda keltirilgan.