11.5-jadval O’zbekistonda mehnat resurslarining va aholining ish bilan
bandligi (ming kishi)
-
Jami aholi
|
Mehnat resurslari
|
Iqtisodiy faol aholi
|
Iqtisodiyotda band bo’lganlar
|
1998
|
2002
|
1998
|
2002
|
1998
|
2002
|
1998
|
2002
|
23954,6
|
25427,5
|
11998,9
|
131810
|
8840,0
|
9367,8
|
8800,0
|
9333,0
|
Iqtisodiy faol (IFa) aholi deganda, iqtisodiyotda band bo’lgan aholi (IA) va ishsizlar (IShS)ning yig’indisi tushuniladi. Uning soni quyidagicha aniqlanadi:
IFa=IA+IShS
yoki
IFa=MR-XXbbm
Mehnat resurslari iborasini birinchi bqlib akad. S.G.Strumilin 1922 yilda qzining «Mehnat iqtisodi muammolari» asarida ishlatgan.
bu erda, XXbbm-mehnat qilish yoshidagi, ammo xalq xo’jaligida band bo’lmagan ishga layoqatli aholi soni.
Iqtisodiy nofaol (INFa) aholi deganda davlat (Dq) va ayrim kishilar (AKq) qaramog’ida bo’lgan, hech qaerda ishlamayotgan aholi tushuniladi. Uning soni quyidagi hisoblanadi:
INFa=Dq+AKq
IFa va INFa tarkibiga kiruvchi aholini quyidagi sxema ko’rinishida tasvirlash mumkin. (11.1-sxema).
11.1-sxema
Iqtisodiy mustaqil (IMa), iqtisodiy nomustaqil (INMa), iqtisodiy faol (IFa) va iqtisodiy nofaol (INFa) aholining tarkibi
-
Jami aholi (A)
|
IMa
|
INMa (AKq)
|
IFa
|
INFa
|
|
Dq
|
mehnat qilish yoshidagilar
|
mehnat qilish
yoshida bo’lmaganlar
|
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar;
uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqalarda band bo’lganlar;
davlatning barcha mahkamalari tashkilot va idoralarida band bo’lganlar;
ro’yxatga olingan ishsizlar.
|
stipendiatlar;
harbiy xizmatd agilar;
ahloq tuzatish maussasalarida gilar;
ruhiy
kasalliklar shifoxonasidagi lar;
pensionerlar;
qariyalar uyi va bolalar internatidagilar
.
|
ishlamaydigan uy bekalari;
stipendiya olmay o’qiyotganlar.
|
bolalar;
pensiya olmaydigan qariyalar.
|
2002 yilda Respublikamizda iqtisodiy faol aholining soni 9018 ming kishini, ya’ni aholining 36,7 foizini tashkil qildi.
Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi (IA)-bu iqtisodiy faol aholining asosiy qismi bo’lib, ular jamiyatning barcha sektorlarida band bo’lgan, aniqrog’i ishlayotgan aholi (IA)dir. Ularning tarkibiga ishsizlar (IShS) va ishlash yoshidagi, ammo xalq xo’jaligida band bo’lmagan ishga layoqatli, ishlab chiqarishdan ajaralgan holda o’qiyotgan yoshlar (O’g’) va harbiy xizmatdagilar (HX) kirmaydi:
IA=IFa-(IShS+O’g’+HX)
2002 yilda respublikamiz iqtisodiyotda band bo’lganlar soni 8983 ming kishini, ya’ni aholining 36,4 foizini tashkil qildi.
O’zbekiston Respublikasi quyidagilar kishilar ishsizlar deb e’tirof etiladi: 16 yoshdan boshlab to yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagilar; ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmaganlar; ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida (birjada) ro’yxatga olinganlar; mehnat qilishga, kasb tayyorligi yoki qayta tayyorgarlikni o’tishga tayyor, mehnatga qobiliyatli shaxslar.
Ishlovchini majburan ish joyiga biriktirish yoki taqsimlash tartibi o’rnatilmagan har qanday mamlakatda ishsizlik yuzaga keladi. Ishsizlikning turli ko’rinishlari mavjud: friktsion ishsizlik; strukturaviy ishsizlik; davriy ishsizlik.
Friktsion ishsizlar safiga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqt ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan kishilar kiradi. Bunday turdagi ishsizlik: ish va turar joyining o’zgarish; o’quv yurtlarini bitirishi; mavsumiy ishlarning tugallanishi natijasida yuzaga keladi.
Friktsion ishsizlik ishchi kuchlarini tarmoq va regionlar miqyosida samarali taqsimlanishiga, iqtisodiy o’sishga ijobiy ta’sir qilishga ko’maklashadi.
Strukturaviy ishsizlar safiga ishlab chiqarish tarkibi va texnologiyasining tubdan o’zgarishi sababli ishsiz qolgan kishilar kiradi. Bunday ishsizlik sharoitida xodim o’z malakasini oshirish hatto mutaxassisligini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Bunga esa ma’lum vaqt talab etiladi. Mehnat bozoridagi muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi. Shu sababli strukturaviy ishsizlik jiddiy muammolardan hisoblanadi.
Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishi oqibatida vujudga keladi.
Har qanday boshqa mamlakatlar singari O’zbekistonda ham, ishsizlikning yukorida sanab o’tgan ko’rinishlari mavjud. Ayniqsa, strukturaviy ishsizlik o’ta muhim muammoga aylanmoqda.
Ishsizlik darajasi mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tavsiflaydi. U quyidagicha hisoblanadi:
К ИС
100
а
ид ИФ
bu erda: Kid- ishsizlik darajasi; IS- ishsizlar soni.
Ishsizlar sonini hisobga olish respublika va joylardagi mehnat birjalarida amalga oshiriladi. Ishsizlar sonining haddan tashqari o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik. O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirishning asosiy vazifalaridan biridir.
Buning uchun respublikada mehnat bozorini faol tarzda muvozanatlashtirib borishning turli shakllari va usullari qo’llanilmoqda. 240 dan ziyod punktlarni o’z ichiga olgan keng tarmoqli bandlik xizmati tizimi vujudga keltirilgan. Respublikaning har bir shahar va tumanlarida mehnat birjalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Rasmiy ravishda ro’yxatga olingan ishsizlar mehnat resurslarining bir foizdan kamroq qismini tashkil etadi, bu MDH mamlakatlari ichidagi eng past ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi (11.6-jadval).
|