|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 127/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1Uchinchidan, aholining o’sish darajasi kapital jamg’armasi darajasiga ta’sir qiladi. Oltin qoidaga asoslangan jamg’arma darajasining o’sib borishi, iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Shu davr ichida kapital bilan qurolanganlik va mehnat unumdorligi darajasi yuqori bo’ladi. Shular evaziga jon boshiga to’g’ri kelgan daromad ham yuqori darajada bo’ladi.
Statistika aholi tarkibini quyidagi belgilar bo’yicha o’rganadi: umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati); aholining milliy tarkibini tavsiflovchi belgilar (millati, ona tili, fuqaroligi); mehnat resurslarini tavsiflovchi belgilar (ishlash joyi, mashg’uloti, mutaxassisligi); aholining sotsial tarkibini tavsiflovchi belgilar (ijtimoiy guruhi, yashash manbaalari); aholining madaniy - ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar (ma’lumoti, ta’lim olish, mafkurasi va boshq.); aholining xududiy joylashishini tavsiflovchi belgilar (shahar, qishloq, viloyat, rayon va h.k.).
Aholi tarkibida erkak va ayollar sonining o’zaro mutanosibligi va ularning yosh jihatdan bir-biriga yaqin bo’lishi nikohlanish darajasiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi va aholining o’payishi jarayonida asosiy demografik zamin hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlarga binoan yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida o’rta hisobda har 100 qiz bolaga 105-106 o’g’il bola to’g’ri keladi. Bunday biologik qonuniyat jahonning barcha mamlakatlariga xosdir.
Mamlakatimiz aholisini jinsi bo’yicha tarkibini 11.1-jadval ma’lumotlari asosida o’rganish mumkin.
Oltin qoidaga asoslangan jamg’arma darajasi deganda makroiqtisodiyotda barqaror holat va eng yuqori iste’mol darajasini ta’minlovchi kapital jamg’arma darajasi tushuniladi.
11.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi aholisining jinsiy tarkibi
-
|
| |