Aholi soni va tarkibi statistikasi
Makroiqtisodiy statistika sotsial salohiyat (resurslar)ni o’rganishni aholi sonini o’rganishdan boshlaydi. Aholi sonini aniqlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi: vaqt-vaqti bilan o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati; aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar; aholining mexanik harakatlari bo’yicha ma’lumotlar.
Aholining tabiiy o’zgarishini, ya’ni tug’ilganlar va o’lganlarni, nikohdan o’tgan va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qiluvchi idora (ZAGS)lar hisobga oladi. Aholining migratsiyasini, ya’ni bir mamlakat, viloyat, tuman va aholi yashaydigan punktlarga keluvchilarni hamda boshqa erga ketganlarni shaharlarda uy daftarida (o’tkaziladigan va chiqariladigan), qishloq joylarda esa qishloq kengashlarining xo’jalik daftarlari va ro’yxatlarida hisobga olib boriladi.
Ana shu hisobga olish va oldin o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlariga statistik ishlov berish asosida har yili hisob-kitob qilish yo’li bilan butun mamlakatdagi va ayrim viloyat, tuman hamda shahar va qishloq aholisining umumiy soni quyidagicha aniqlanadi:
A=A0+(TS-O’S)+(KLS-KTS)
bu erda: A0 - aholining yil boshidagi soni; TS - Joriy yilda tug’ilganlar soni; O’S - Joriy yilda o’lganlar soni; KLS - Joriy yilda kelganlar soni; KTS - Joriy yilda ketganlar soni.
Bunday hisoblashlarni shahar va qishloq, jins va yosh miqyosida ham bajarish mumkin.
Ro’yxat o’tkazish va joriy hisoblashlar yordamida aholi soni odatda yil boshidagi sana bilan aniqlanadi. Biroq ma’lum sanada aniqlangan aholi soni makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun qo’l kelmay qoladi. Masalan, jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi daromad kabi ko’rsatkichlar aholining yil boshidagi yoki yil oxiridagi soniga asoslanib emas, balki uni o’rtacha soniga asoslanib hisoblanadi.
Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha metodlardan foydalanish mumkin.
Agar aholi soni faqatgina yilning boshi va oxirida keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
А А0 А1
2
bu erda: А - aholining o’rtacha soni; A0 - aholining yil boshidagi soni; A1 - aholining yil oxiridagi soni.
Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi:
1 А А А ... 1 А
А 2 1 2 3 2 n
n 1
Agar aholi soni bir necha yillar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lib, ja’mi yillar bo’yicha aholining o’rtacha sonini aniqlash lozim bo’lsa, bunday hollarda ham o’rtachani aniqlash o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi.
Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar bo’yicha teng bo’lmagan intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
А t
А t
bu erda: А - yonma-yon keltirilgan aholi sonining o’rtachasi; t - vaqt oralig’i (oy, kun va h.k.)
Masalan, quyidagi oylar bo’yicha aholi soni keltirilgan bo’lsin
-
|