10.8-jadval
Sanoat korxonasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan
-
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Joriy yil
|
yil boshi
|
yil oxiri
|
1
|
Pul mablag’lari
|
2360
|
2300
|
2
|
Otgruzka qilingan tovarlar
|
660
|
200
|
3
|
Debitorlik qarzlari
|
200
|
340
|
4
|
Tovar-moddiy qiymatlar
|
4440
|
4280
|
5
|
Qisqa muddatli ssudalar
|
2180
|
2360
|
6
|
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo’yicha qarzlar
|
440
|
500
|
7
|
Kreditorlik qarzlari
|
660
|
700
| Korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga inflyatsion jarayonlarning ta’sirini statistik baholash
Inflyatsiya asosida iqtisodiyotni va moliya tizimini izdan chiqqanligi, buzilganligi yotadi. Inflyatsiya, pulni qadrsizlanishi, uning muomalada ko’payishi va tovar ta’minotiga to’g’ri kelmasligi jarayoni sifatida qaraladi. Inflyatsiyaning ikki turi mavjud: “talab inflyatsiyasi” va “xarajatlar inflyatsiyasi”. Birinchi turda, tovarlarga (ish, xizmatga) bo’lgan talab takliflardan yuqori bo’ladi, ikkinchi turda esa, bir tovarga to’g’ri keladigan xarajatlar oshgan holda, u tovarlarni jami taklifi hajmi kamayib ketadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini narxning o’sishi bilan bog’liq inflyatsiya, xom- ashyo, materiallar elektroenergiya va mehnat haqini ortishi asosida paydo bo’ladi, bu esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini, tovar va xizmatlarni jami taklifini va korxona foydasini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, inflyatsiya asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga, amortizatsiya ajratmalari hajmiga va korxonaning barcha moliyaviy natija va barqarorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu erdan, inflyatsiya va moliyaviy natijalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish zaruriyati tug’iladi.
Inflyatsiya darajasini o’lchash uchun, statistikada ko’rsatkichlar tizimi (qismiy va to’liq) va baho indekslari ishlatiladi. Inflyatsiya jarayonini o’rganishda boshqa statistik metodlar ichida indeks metodi eng muhim o’rinni egalaydi. Inflyatsiyaning korxona moliyaviy natijalariga ta’sirini o’rganishda, korxonaning natijaviy ko’rsatkichlari va baho indekslari asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona va tashkilotning foyda summasi va rentabellik darajasi qator omillarga bog’liq. Ular orasidan quyidagilarni ajratish zarur: solishtirma baholardagi taqqoslama mahsulotni sotishdan tushgan mablag’ning o’zgarishi; solishtirma baholardagi tannarxning o’zgarishi; taqqoslama mahsulot tannarxining o’zgarishi; yangi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etilishi; sanoat mahsulotiga bo’lgan ishlab chiqaruvchilar baholarini o’zgarishi; tovar–moddiy qiymatlarni sotib olish baholarining o’zgarishi; asosiy fondlar va kapital qo’yilmalarni baholashning o’zgarishi; inflyatsiya bilan bog’liq mehnat haqini o’zgarishi; foydaning sotilmaydigan operatsiyalarni o’zgarishi hisobidan o’zgarishi; korxona aktivlari qiymatining o’zgarishi; korxona shaxsiy kapitalining o’sishi (kamayishi) va boshqalar.
Bu omillarga qo’shimcha qilinishi mumkin, ular maydalashtirilishi yoki guruhlarga ajratilishi mumkin. Masalan, birinchi omilda chiqarilgan mahsulot hajmini va sotilmasdan qolgan mahsulot qoldig’ini o’zgarishini ajratish mumkin, ikkinchi omilda - material talabchanlik, mehnat talabchanlik va fond talabchanlikni o’zgarishi. Alohida omil sifatida chiqariladigan va sotiladigan mahsulot assortimentining o’zgarishlari qatnashishi mumkin.
Foyda va rentabellik hamda inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishda quyidagi indekslardan foydalanamiz:
-mahsulot (tovar, xizmat) sotish bahosi indeksi;
-xom ashyo, material, yoqilg’i, xizmatlar va boshqalarni “sotib olish” indeksi;
-asosiy fondlar qiymati va kapital qo’yilmalarning o’zgarish indeksi;
-inflyatsiya munosabati bilan o’rtacha ish haqining o’zgarish indeksi.
Bir narsani esda tutaylik. Bu indekslar mahsulot va xarajat tarkibi o’zgarmas bo’lgan holatda hisoblanishi zarur.
Misol. Joriy davr uchun korxonaning quyidagi ma’lumotlari berilgan, ming
so’m.
Mahsulotni sotishdan olingan sof tushum (mablag’), joriy baholarda
–200000;
Sotilgan mahsulot tannarxi-160000, shu jumladan: moddiy xarajatlar
- 128000; amortizatsiya ajratmalari - 8000; ish haqi – 24000
Mahsulotni sotishdan olingan foyda - 40000;
Boshqa foyda - 3000.
Ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning o’rtacha qiymati - 60000;
Moddiy aylanma mablag’larning (aktivlarning) o’rtacha qiymati - 25000.
Pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqalar - 5000.
Shaxsiy kapital - 64000.
Bundan tashqari, quyidagi qo’shimcha ma’lumotlar mavjud:
Sotilgan mahsulotning baho indeksi 2,5 baravarni tashkil qiladi;
Xom ashyo, material, yoqilg’i va hokazo sotib olish bahosi indeksi - 2,35 teng;
Asosiy fondlar va kapitl qo’yilmalar bahosi indeksi –1,8;
Ish haqi indeksi –1,75 tengligi ma’lum.
Bu ma’lumotlar asosida rentabellik ko’rsatkichini (inflyatsiya hisobga olingan va olinmagan hollarda), hamda korxona foydasi va rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillarni inflyatsiya ta’sirida o’zgarishini o’rganamiz.
Umumiy foyda summasi teng:
Fu=40000+3000=43000 ming so’m.
Korxona aktivlari qiymati (A) teng:
A=60000+25000+5000=96000 ming so’m.
Inflyatsiya hisobga olmagan holda korxona rentabelligi darajasi: A.Mahsulot rentabelligi:
R Фойда
сотишдан олинган маблаг
4000
200000
0,2
yoki 20%
B. Barcha kapital (aktivlar) rentabelligi:
R ФУ
A А
43000 0,448
96000
еки 44,8%
V. Shaxsiy kapital rentabelligi:
Rш.к.
ФУ
Ш.К.
43000 0,672
64000
еки
67,2%
Bu ko’rsatkichni, barcha aktivlar rentabelligi darajasini, jami aktivlarni shaxsiy kapitalga nisbati koeffitsientiga ko’paytirish bilan ham aniqlash mumkin.
R ФУ
A 43000 96000 0,672
еки
67,2%
ш.к.
À Ш.К.
96000
64000
Foyda va rentaballik ko’rsatkichlarini inflyatsiyani hisobga olgan holda hisoblash uchun, barcha joriy davrdagi ko’rsatkichlarni solishtirma baholarda hisoblash zaruriyati tug’iladi. Bu ish joriy davrdagi ko’rsatkichlarni tegishli baho indekslariga bo’lish bilan bajariladi.
|