13.2-jadval
Iste’mol savatchasi tarkibi
-
№
|
Mahsulot nomi
|
o’lchov birligi
|
Iste’mol miqdori
|
bir oyda
|
bir yilda
|
1.
|
Non, qora
|
kg
|
7,70
|
92,4
|
2.
|
Non, oq
|
-«-
|
7,25
|
86,0
|
3.
|
Guruch
|
-«-
|
1,5
|
18,0
|
4.
|
Vermishel
|
-«-
|
0,6
|
7,2
|
5.
|
Shakar
|
-«-
|
2,1
|
25,2
|
6.
|
O’simlik yog’i
|
-«-
|
0,85
|
10,2
|
7.
|
Saryog’
|
-«-
|
0,3
|
3,6
|
8.
|
Mol go’shti
|
-«-
|
3,5
|
42,0
|
9.
|
Kalbasa pishirilgan
|
-«-
|
1,8
|
21,6
|
10.
|
Kalbasa dudlangan
|
-«-
|
1,0
|
12,0
|
11.
|
Sut
|
l
|
15,5
|
186,0
|
12.
|
Qaymoq
|
kg
|
0,35
|
4,2
|
13.
|
Sir
|
-«-
|
0,20
|
2,4
|
14.
|
Tuxum
|
dona
|
1,5
|
180,0
|
15.
|
Kartoshka
|
kg
|
12,5
|
150,0
|
16.
|
Karam
|
-«-
|
2,5
|
30,0
|
17.
|
Piyoz
|
-«-
|
0,85
|
10,2
|
18.
|
Olma
|
-«-
|
1,0
|
12,0
|
19.
|
Sigareta
|
pachka
|
8,0
|
96,0
|
Davlat statistika qo’mitasi va uning joylaridagi tashkilotlari tomonidan iste’mol savatchasiga kiritilgan tovar va xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi muttasil ravishda kuzatilib boriladi. Shu narxlarga asoslanib deflyator hisoblanadi:
Ђ = С„1 (т1 ) ;
bu erda,
D 1 - joriy yil deflyatori;
1 С„ (т )
1
0
IS 1(R 1) - joriy davrdagi iste’mol savatchasining qiymati (joriy baholarda);
IS 1(R 0) - joriy davrdagi iste’mol savatchasining qiymati (bazis davr baholarida).
Agar deflyator birdan katta bo’lsa, u holda mamlakatda inflyatsion jarayon kechayotgan va pul qadrsizlanib uning sotib olish qobiliyati pasayib borayotgan bo’ladi. Narxlar darajasi pasayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator birdan kichik bo’ladi.
Deflyator yordamida har bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan real YaIM hajmi, ya’ni YaIMning o’zgarmas baholardagi qiymati quyidagi usullarda aniqlanadi: ikki martalab deflyatorni hisoblash usuli; ekstrapolyatsiya usuli va boshqalar.
Ikki martalab deflyatorni hisoblash usulida qo’shilgan qiymatni o’zgarmas bahoda hisoblanadi. Bunda baho indeksi yordamida dastlab YaIM deflyatori, so’ngra oraliq iste’mol deflyatori aniqlanadi. Shularga asoslanib turib qo’shilgan qiymat quyidagicha hisoblanadi.
QQ= YaIM-OI
bu erda,
QQ - qo’shilgan qiymat (o’zgarmas bahoda); OI - oraliq iste’mol (o’zgarmas bahoda);
YaIM ni ekstrapolyatsiya usulida o’zgarmas bahoda hisoblash uchun mahsulotning fizik hajmi indeksidan foydalaniladi:
q0 p0 Jq q1 p0
bu erda,
q0p0 - bazis davrda YaIM ning qiymati;
q1 p0
0 0
Jq q p - mahsulotning fizik hajmi indeksi, ekstropolyatsiya ko’rsatkichi;
q1p0 - joriy davrda YaIM ning bazis baholaridagi qiymati.
Sof ichki mahsulot (SIM), yalpi milliy daromad (YaMD) va sof milliy daromad (SMD) statistikasi
«Sof» so’zi MSTda ikki ma’noni bildiradi. U:
iste’mol qilingan asosiy kapitalni o’z ichiga olmaydi, ya’ni, masalan sof daromad, sof foyda va h.k.
hosilaviy, qoldiq tushuncha bo’lib, tarkibidan o’ziga mutlaqo muqobil bo’lgan qiymatlarni ayirib tashlanganligini bildiradi, masalan sof soliq (soliq minus subsidiya), sof eksport (eksport minus import).
Ma’lumki, YaIM haqiqiy ishlab chiqarish hajmini bo’rttirib ko’rsatadi, chunki u nafaqat yangidan yaratilgan mahsulotni, balki yangidan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mahsulotni, ya’ni sarflangan vositalar o’rnini qoplovchi mahsulotni ham o’z ichiga oladi.
Shu sababli yangi ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini sof ichki mahsulot (SIM) belgilaydi. SIM miqdoran YaIM dan amortizatsiya ajratmalarini (A) chegirib olingandan so’ng qolgan qismiga teng bo’ladi:
SIM = YaIM-A
Demak, SIM YaIM dan amortizatsiya ajratmalarini o’z ichiga olmasligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham u YaIM dan har doim kichik bo’ladi, ya’ni:
SIM < YaIM
YaMD - bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va D ning yig’indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning barcha daromadlari ko’rinishida bo’ladi:
bu erda: IH - ish haqi, shuningdek quyidagi qo’shimchalar: ijtimoiy sug’urta, pensiya, bandlik va boshqa ijtimoiy fondlarga ajratmalar va badallar; R - renta, ya’ni ijara haqi (ijaraga berilgan turar joylar, binolar, asbob uskunalar, er va boshqalardan olinadigan daromadlar; FS - foiz stavkalari yoki foizli daromadlar, ya’ni pul kapitalini etkazib beruvchilarga xususiy biznes daromadidan pul to’lovlari; A - amortizatsiya, ya’ni iste’mol qilingan kapital qiymati, keyinchalik esa investitsiya manbai (bu erda rezident - davlat); ES - biznesga solingan egri soliqlar (davlatning birlamchi daromadi); MD - mulkdan keladigan daromad yoki foyda;
YaMD milliy schetlar tizimida (MST) umumiylashtiruvchi kqrsatkichdir. MST metodologiyasiga binoan u 1993 yildan boshlab oldingi yalpi milliy mahsulot (YaMM) qrnida qqllanilib kelinmoqda.
D=A-B
bu erda: A - mazkur mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari; B - xorijiy investorlar va ishchilarning mazkur mamlakatda olgan daromadlari.
YaMD 1993 yildan boshlab MST ga kiritilgan. Miqdoran u YaIM ga yaqin turadi. Ammo «daromad» so’zi bu ko’rsatkichning shlab chiqarish bosqichida qo’shilgan qiymat ko’rinishda emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi. YaMD YaIM dan miqdor jihatdan D ga farq qiladi.
Agar D musbat bo’lsa, u holda YaMD YaIM dan katta bo’ladi, ya’ni:
YaMD>YaIM
Agar D manfiy bo’lsa, u holda YaMD YaIM dan kichik bo’ladi, ya’ni
YaMDAgar D 0 ga teng bo’lsa, u holda YaMD YaIM ga teng bo’ladi, ya’ni
YaMD=YaIM
D ning musbat bo’lishi mazkur mamlakatning rivojlangan mamlakat ekanligidan dalolat beradi.
D ning manfiy bo’lishi mazkur mamlakat rezidentlarining xorijdan oladigan daromadlarining, xorijiy investorlar va ishchilarining mazkur mamlakatda oladigan daromadlaridan kam ekanligidan dalolat beradi. Bu esa ma’lum darajada mamlakatning jamiyat oldidagi qarzdorligini bildiradi.
SMD yangidan yaratilgan mahsulot (xizmatlarning) haqiqiy hajmini belgilaydi.
Uni ikki usulda hisoblash mumkin:
Har ikkala usul ham bir xil natijani berish kerak.
SMD miqdoran SIM ga yaqin turadi. Amalda u SIMdan Dga farq qiladi. D ning musbat, manfiy yoki 0 ga teng bo’lishiga qarab u SIM dan katta, kichik yoki unga teng bo’lishi mumkin.
SMD - mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi pirovard ko’rsatkichdir. U milliy schetlar tizimida (MST) quyidagilarga teng:
«Ishlab chiqarish schet»da;
SMD=YaMD-A
«Daromadlar shakllnishi scheti»da;
SMD=MH+IChS+YaF
MH - mehnat haqi;
IChS - ishlab chiqarishga sof soliqlar; YaF - yalpi foyda.
«Daromadlardan foydalanish scheti»da;
SMD=PI+J
PIX - pirovard iste’mol; J - jamg’arma.
SMDning bir qismi (PI) jamiyat a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflansa, ikkinchi qismi (J) ishlab chiqarishni qaytadan yangilash uchun sarf
bo’ladi. Ishlab chiqarish yangidan yuz berishi uchun hech bo’lmaganda sarflangan vositalar o’rni to’ldirilishi shart. Aks holda ishlab chiqarish qisqarishi mumkin. U barqaror o’sishi uchun mahsulotning bir qismi sof investitsiyaga yuborib, jamg’arma fondi tashkil etiladi. Makroiqtisodiyot ahvoli investitsiyaning holatidan kelib chiqadi. Agar yalpi investitsiya summasi ishlatilgan mehnat vositalari amortizatsiyasidan ko’p bo’lsa, sof jamg’arish (investitsiya) yuz beradi. Bu ishlab chiqarishga qo’shimcha moddiy resurs kelib tushganini bildiradi, binobarin, iqtisodiy
o’sishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, yuqoridagi barcha makroiqtisodiy natijaviy ko’rsatkichlarni shartli ravishda quyidagicha ranjirlash mumkin:
YaMD>YaIM>SMD>SIM
Yalpi ishlab chiqarish
Moddiy mahsulotlar
Xizmatlar
Iqtisodiy faoliyat
Ishlab chiqarish faoliyati
«Pinhoniy iqtisodiyot»
Yalpi ichki mahsulot
Sof ichki mahsulot
Yalpi milliy daromad
Sof milliy daromad
Oraliq mahsulot
Yalpi qo’shilgan qiymat
Korxonaning yalpi ishlab chiqargan mahsuloti
Moliyaviy sektor
Pension fond
Tijorat banklarining pirovard daromadi
Nominal yalpi ichki mahsulot
Qo’shilgan qiymat
Sotsial sug’urta
Yalpi foyda
Yalpi jamg’arma
Pirovard iste’mol
Real yalpi ichki mahsulot
Yalpi ichki mahsulot deflyatori
|