Aholi turmush darajasini dastavval qo’yidagi ko’rsatkchilar umumlashtirib ifodalaydi: jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad; nominal va real daromad indekslari; turmush qiymati indeksi; inson barkamolligi indeksi; qashshoqlik indeksi; aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; yashash minimumi va boshqalar.
Ktd - aholi turmush darajasi koeffitsienti
SMD - sof milliy daromad
А - aholining o’rtacha soni.
Aholi turmush darajasining o’sishi uchun SMD ning o’sish sur’ati: aholining o’sish sur’atidan tezroq bo’lishi lozim. Buni aniqlash uchun turmush darajasi indeksini hisoblash kerak:
J СМД
1 : СМД
0
1 0
J АТД
КТД
:КТД
bu erda,
J
ATD - aholi turmush darajasi indeksi;
Agar J
ATD>1 bo’lsa iqtisodiy o’sish sodir bo’lgan, binobarin aholi turmush darajasi oshgan. Agar J
ATD<1 bo’lsa aksincha J
ATD=1 bo’lgan. Aholi turmush darajasi ham o’zgarmagan.
Nominal daromad - bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan haq bo’lib, u pul shaklidagi jamiki daromadni o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan nominal daromad qo’yidagicha hisoblanadi:
ND = MBOD+MKD
bu erda,
ND - nominal daromad;
MBOD
- mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish haqi,
menejer daromadi, tadbirkor daromadi;
MKD
- mulkdan kelgan daromad, ya’ni foyda, renta, foiz va dividend.
Pul daromadining o’zi, ya’ni nominal daromad aholi turmush darajasini aniq ifodalay olmaydi, pulning real qadri iste’mol tovarlari narxiga ham bog’liq. Shu sababli real daromad:
nominal daromadning miqdoriga; daromaddan chegirilgan har xil soliqlar va to’lovlarga, ya’ni pul daromadining egasi qo’liga tegadigan qismiga;