|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 167/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1Lorents egri chizig’i - bu muayyan hodisaning kontsentratsiyalanish darajasini grafikda ifodalash usulidir. Buning uchun har ikkala koordinata o’qiga 0 dan 100 gacha foiz shkalalari belgilanadi. Abtsissa o’qiga to’plam birliklari (oila salmog’i), ordinata o’qiga esa o’rganilayotgan belgi (daromad salmog’i) joylashtiriladi. O’rganilayotgan belgining teng taqsimoti grafikda diagonal chiziq (ya’ni, «teng taqsimot chizig’i») bilan, tengsizlik taqsimoti esa Lorents chizig’i bilan ifodalanadi. Bu chiziq diagonal chiziqdan qanchalik tafovut mavjudligini ko’rsatadi.
Daromad salmog’i va oilalar salmog’i misolida Lorents egri chizig’i daromaddagi hissa oilalar hissasiga mos bo’lishi yoki bo’lmasligini bildiradi. Lorents egri chizig’ini quyidagi grafikda ko’rish mumkin (14.1-grafik).
1,2 У А
1
0,8
Е
0,6
Lorents egri chizigi
0,4 К
0,2
С Д В
0 Х
0 0,5 1
14.1-grafik. Daromadlarning notekis taqsimlanishi
Amalda daromadlar farqlanganida uning harakati OEA to’g’ri dioganal chiziqi bilan emas, balki egri yoysimon OSDKA nuqtalari orqali o’tadi va Lorents egri chizig’ini hosil qiladi. Bu nuqtalarda daromad hissasi oilalar miqdoridagi hissadan jiddiy farqlanadi. Bu bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy.
Agar daromadlar bir tekis taqsimlanganda edi, uning harakati O nuqtadan A nuqtaga qadar bo’lgan to’g’ri chiziq, bissektrisadan o’tgan, oilalar sonidagi ulush bilan daromaddagi ulush teng bo’lar edi, ya’ni 50% oila daromadning 50% ga, 75% oila esa daromadning 75 foiziga ega bo’lar edi. Ammo bozor iqtisodiyoti buni mustasno etadi, chunki u tengsizlikka asoslanadi.
Shuningdek, u daromadlarning hammasini muayyan oilalar qo’lida jamlanishini ham inkor etadi. Agar bir foiz oila daromadni 100 foiz o’zlashtirsa, mutloq tengsizlik yuz beradi, chunki 99 foiz oila daromadsiz qolib ochlikda yashashi mumkin. Bunday holning umuman yuz berishi mumkin emas, ammo daromadlar tengsizligi real hodisa.
«O’zistiqbolstat» o’tkazadigan oralatib tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekistonning o’ziga to’q aholisining 10 foizi bilan eng kam ta’minlangan aholisining 10 foizi olayotgan daromadlar o’rtasidagi farq 6 martadan oshmaydi, ayni bir vaqtda Rossiyada bu ko’rsatkich 16,8 marta ortiqdir.
15.1 - grafikda shtrix chiziqlari bilan chizilgan maydon OAO «Djini koeffitsienti»ni ifodalaydi. Bu koeffitsient 0 ga qanchalik yaqin bo’lsa, shunchalik jamiyatda mutloq tenglik holati bo’ladi. Agar bu koeffitsient birga teng bo’lsa, u holda qashshoqlar ko’pchilikni, o’ta boylar esa ozchilikni tashkil qiladi. Ammo tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotida maqsadga muvofiqli taqsimot bunday keskin tabaqalanishga yo’l qo’ymaydi. Kambag’allar soni va salmog’i qisqarib boradi, chunki ishlab chiqarish o’sishi bilan kam daromadli oila o’rtacha va yuqori daromadlilar qatoridan o’rin oladi.
Daromadlarning tengsizligi, ularga ta’sir etuvchi quyidagi omillar kuchining har hilligi bilan izohlanadi: kishilardagi turlicha tug’ma qobiliyat, kuch-quvvat, aql- idrok, salohiyat va zakovat. Jismonan baquvvat va aql zakovatli inson unumli ishlashi, aksincha, shu jihatlardan zaif kishi kam unum berishi turgan gap; kishilardagi mavjud salohiyatning ishga solishdagi imkoniyati. Bilim olish, kasb
egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo’lgan va ish topiladigan joyda daromad ko’p bo’lsa, bunday sharoitlar yo’q joyda daromad oz bo’ladi; oila tarkibining har xil bo’lishi. Agar oila tarkibida pul toparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning ja’mi daromadi ko’p bo’ladi va aksincha; tadbirkorlik xatari va tadbirkorlik omadi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi.
Daromadlar tengsizligining ikki tomoni bor. Birinchisi - bozor mexanizmiga xos taqsimot orqali qo’lga tekkan daromad tengsizligi. Bu erda bozor tan olgan ish natijasiga qarab taqsimlash mavjud bo’lib, u qo’lga tekkan daromad bilan o’lchanadi. Ikkinchisi - taqsimotning nobozor usullari tufayli hosil bo’lgan bepul ovqatlanish, dam olish, bepul yoki imtiyozli tarzda xizmatlardan bahramandlik har xil darajada bo’ladi. Ammo taqsimlashning nobozor usuli muayyan dam olish, davolanish yoki imtiyozli kvartira haqi, gaz, elektroenergiya uchun to’lovlarni belgilash iste’molchilarning hammasi uchun bir xil tarzda bepul bo’lganidan, ular
taqsimotda tenglikni hosil etadi.
Umuman daromadlardagi tengsizlik tabiiy bir hol bo’lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi.
Kambag’allik shunday holatki, banday vaziyatda inson o’zining asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo’lmaydi. Aholi va oilalarning bu qatlami pul mablag’lari, mulk va boshqa resurslar bilan nisbatan kam ta’minlanganligi sababli ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari past darajada qondirilgan bo’ladi.
Statistika amaliyotida kambag’allikni tavsiflash maqsadida quyidagi usullar qo’llaniladi: statistik usul, ya’ni daromad darajasi bo’yicha aholi taqsimotini aniqlash; normativ usul, ya’ni me’yordagi iste’mol savatchasini hisoblab chiqish.
Birinchi usulda tegishli hukumat tashkilotlari mamlakat bo’yicha har bir kishi va oilaning o’rtacha daromadlarini aniqlab chiqadi. Aynan shu o’rtacha kambag’allik chegarasi deb yuritilib, undan past daromad darajasiga ega bo’lganlar kambag’allar, yuqori daromadlilar esa nisbatan boylar deb yuritiladi. Masalan, ayrim davlatlarda kambag’allik chegarasi mazkur mamlakat bo’yicha o’rtacha daromaddan ikki baravar kam bo’lgan daromad deb taxmin qilishsa, boshqalarida esa u o’rtacha daromadning 2/3 qismiga teng kelishi lozim deb hisoblanadi. Biroq aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham boshqa usul - normativ usul qabul qilingan.
Normativ usulda kabag’allik darajasi o’z tarkibiga eng zarur bo’lgan oziq- ovqatlar, iste’mol buyumlari va xizmatlar to’plamidan iborat bo’lgan eng kam
«iste’mol savati» qiymati asosida aniqlaadi. U quyidagicha hisoblanadi: dastlab oziq- ovqat mahsulotlari to’plamining qiymati so’ngra oila byudjeti ma’lumotlari asosida kam ta’minlangan oilalarning umumiy xarajatlarida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlarning salmog’i aniqlanadi. Bu salmoq eng arzon narxlarda eng kam iste’mol savati qiymatida hisoblanib boshlang’ich hisob-kitoblarga qo’shiladi.
Iste’mol savatining qiymat ifodasi eng kam iste’mol byudjeti deb ataladi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki ko’pincha uning ma’lum bir qismiga (masalan 50% ga) mos keluvchi daromad kambag’allik chegarasi (KCh) hisoblanadi. Davlat kabag’allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga ma’lum miqdorda pulli va moddiy
yordam ko’rsatadi. Aslida ham ijtimoiy himoyalashning barcha asosiy choralari aholining aynan shu toifasiga, shuningdek, ish haqi, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga qaratilgan.
Kambag’allikning vaqt bo’yicha o’zgarishi qator indekslarni hisoblash yordamida aniqlanadi: kambag’allik indeksi; kambag’allikning chuqurlashuvi yoki sayyozlashuv indeksi; kambag’allikning keskinlashuv indeksi.
Kambag’allik indeksi (Jk) joriy davrdagi kabag’allik koeffitsenti (Kk| ) ni, bazis davrdagi kambag’allik koeffitsienti (Kko )ga bo’lish yordamida hisoblanadi.
|
| |