Toshkent Temir Yo’l Muhandislari Instituti




Download 3.72 Mb.
bet8/10
Sana09.06.2022
Hajmi3.72 Mb.
#23271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
диссертация
Бульдозер и анализ его работы, Jamiyat sog’lig’ini saqlash va tibbiyot Nikboev A. 2005, Abu Rayhon Beruniy, 40-maktab, LOCHINLAR, 3b, 189эл, Pedagogika

Hozirgi vaqtda harakatlanuvchi tarkibni elektr energiyasi yordamida harakatlantirish ma’lum afzalliklarga ega: tok qurilmalarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, yuk tashish tannarhini pasaytirish, elektr tortishning rekuperatsiya rejimi, ya’ni elektr transportining elektr tormoz rejimida elektr energiyasini manbaga qaytarish mavjudligi, elektr tortishda katta quvvatdan foydalanish imkoniyati mavjudligi hamda elektr ta’minoti ishonchliligi nisbatan yuqori bo’lishligi shular jumlasidandir. Hozirgi kunda yurtimizdagi temir yo’l liniyalarining umumiy uzunligi 7400 km dan oshdi va uning deyarli 40 % i elektrlashgan bo’lib, bu jarayon yil sayin oshib bormoqda. Aytib o’tish joizki, yuqori tezlik bilan harakatlanishga mo’ljallangan liniyalar uzunligi 1054 km ni tashkil etmoqda. Tezligi 250 km/soat bo’lganda elektovozlar uchun peregonlardagi kuchlanish ma’lum bir me’yorda ya’ni 21-29 kV oraliqda bo’lishi qat’iy belgilangan.

Joriy kuchlanish 25 kV, nominaldan 10 % kamayganda tortish kuchi 19 % ga kamayishi bilan birgalikda, tarmoqdagi aktiv quvvat isrofi kuchlanish kvadratiga proporsional tarzda oshadi:

  • Joriy kuchlanish 25 kV, nominaldan 10 % kamayganda tortish kuchi 19 % ga kamayishi bilan birgalikda, tarmoqdagi aktiv quvvat isrofi kuchlanish kvadratiga proporsional tarzda oshadi:
  • Kontakt tarmog’idagi kuchlanish 29 kV dan oshgan holda, tortuvchi dvigatellarni qizishi, izolyatsiya jihozlari ishdan chiqishi kuzatiladi. Zamonaviy tezyurar elektrpoyezdlar harakati bu holda avtomatik ravishda to’xtab qoladi. Bundan tashqari magistral yo’llar bo’ylab joylashgan telemehanik va aloqa liniyalaridagi elektromagnit moslashuvchanlik tizimi buziladi. Mavjud peregonlarning ichki va tashqi parametrlari o’zgaruvchan bo’lganligi sababli kontakt tarmog’idagi kuchlanishni stabillash masalasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa kontakt tarmog’idagi uchastkalarning real parametrlari bo’yicha tuzilgan matematik modeldan foydalanish maqsadga muvofiq.

Taqdim etilayotgan maqolada kontakt tarmog’ining ma’lum uchastkasida harakatlanayotgan uchastkaning ma’lum bir nuqtasidagi elektrovoz ta’sirida kuchlanish tushuvi o’zgarishini aniq hisoblash uchun parametrlari taqsimlangan uzun uzatish liniyasining formulalaridan foydalanish kerakli natijani yanada aniqroq olishga imkon beradi. Elektrovoz bilan ajralgan uchastka qismlari ekvivalent to’rtqutbliklar bilan almashtirilgan. Quyidagi masalani ko’rib chiqamiz.


Download 3.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 3.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent Temir Yo’l Muhandislari Instituti

Download 3.72 Mb.