• TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL TOPSHIRIQLARNING SAMARASI HAMDA AHAMIYATI Davlatova A.A.
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/78
    Sana23.01.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #143970
    TuriСборник
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
    Bog'liq
    II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    38
    TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL TOPSHIRIQLARNING SAMARASI 
    HAMDA AHAMIYATI 
    Davlatova A.A. 
    Navoiy Davlat Pedagogika Instituti 2-bosqich magistranti, 
    (Navoiy, O'zbekiston) 
    Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganish va o’qitishga yurtimizda katta ahamiyat 
    berilmoqda. 2012 yil 10 dekabrda qabul qilin
    gan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini 
    yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini 
    o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, xorijiy 
    ti
    li o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumyevropa 
    mamlakatlari tavsiyanomalari (CEFR, IELTS, PIRLS, PISA)ga mos ravishda yangi 
    usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar 
    kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar, o’quv materiallari yaratilmoqda. Chet tili 
    o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt 
    aspektga (o’qish, yosh, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri 
    bo’yicha alohida tushuncha, malaka va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim 
    texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli 
    foy
    dalanish demakdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion 
    texnologiya
    larini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda 
    tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion 
    texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Hozirda Til 
    o’rganish va o’qitishda zamonaviy yondashuvning roli beqiyos. [4.155] Texnologik 
    vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspekt (o’qish, yozish, tinglab 
    tushunish va gapirish)da interfaol,noan’anaviy topshiriqlar bilan yanada qo’l keladi. 
    Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu 
    jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng 
    muhim qismlaridan biri. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, 
    grammatik qoida
    larga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor 
    beri
    shi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda 
    o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan 
    foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. [6.19. Interfaol metod 
    – ta’lim jarayonida 
    o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni shirish orqali o’quvchilarning 
    bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat 
    qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
    Interfa
    ol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv 


    39
    materialini erkin bayon etish va ifoda
    lash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin 
    seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar 
    yaratilishi, k
    ichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar 
    berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-
    tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. [2. 40] 
    Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan 
    biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari 
    dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq 
    foydalanmoqdalar. Interfaol usull
    arni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil 
    fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda 
    himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari 
    shakllanib, rivojlanib boradi. [10.98] Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog 
    B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini 
    yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning 
    murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni 
    bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.[8] Unga 
    ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish
    baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir 
    darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish-dastlabki 
    tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, 
    tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur da
    rajasiga muvofiq fe’llar 
    namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera 
    olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Bunda 
    ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O’zbekistonda qadim zamonlardan beri 
    ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar 
    o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, 
    mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo’llab kelingan. 
    Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mu
    lohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini 
    o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib etishishlariga 
    xizmat qilgan. [11.197] 
    Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni 
    qo’llash na-
    tijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, 
    tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga 
    ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa 
    o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. 


    40

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish