• Muhammadiyeva S.M., Nabiyeva D.A., Agzamova G.S., Abduazizova N.X. Tizimli vaskulitlarni o’qitishda scamper texnologiyasini samaradorligi
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/78
    Sana23.01.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #143970
    TuriСборник
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
    Bog'liq
    II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI

    Малютина Н.Н., Невзорова М.С. Опыт преподавания курса «факультетская 
    терапия» иностранным студентам в период пандемии  .................................. 13341 
    Muhammadiyeva S.M., Nabiyeva D.A., Agzamova G.S., Abduazizova N.X.
    Tizimli vaskulitlarni o’qitishda scamper texnologiyasini samaradorligi  ................. 133 
    Хамраев А.А. Ахмедова Н.А. Инновацион технологияларни олий таълим 
    жараёнини ташкил этишда қўллаш  .................................................................. 13345 
     
     
     


    8
    KREDIT-
    MODUL TIZIMIDA TILSHUNOSLIK FANLARINI O’QITISHDA 
    INTEGRATSION YONDASHUVLAR NAZARIYASI 
    Axmedova M.E. 
    Toshkent tibbiyot akademiyasi, p.f.n. dotsenti, 
    (Toshkent, O'zbekiston) 
    Rivojlangan davlatlarda tillarni o’qitishga doir ilmiy adabiyotlarda o’quv 
    topshiriqlarning mazmuniga, samaradorlik darajasiga alo
    hida e’tibor beriladi va ta’lim 
    jarayonida mus
    taqil ta’lim topshiriqlaridan savol, tezkor savol-javob, topshiriq vqa 
    matn tahlillari va mashqlardan unumli foydalaniladi. Xalqaro tajribadan ma’lumki 
    modul-
    kredit tizimi o’zining bir qator afzalliklariga egaligi bilan ajralib turmoqda. 
    Bunda talabaga ta’lim berish, uni mustaqil ishlashga yo’naltirish ekanligi zamonaviy 
    talablarga nihoyatda mos keladi. Xalqaro tajribada o’quv topshiriqlari o’zaro 
    muloqotning samarali bo’lishiga qaratiladi. Amalda foydalanilgan mustaqil, o’quv top-
    shiriqlari avvaldan belgilangan ma’lum mezonlar asosida shakllantiriladi.
    O’zbekistonda ham oily ta’lim tizimida modul-kredit tizimiga o’tish 
    jarayonlarida islohot kechmoqda. Bunga tayor bo’lish uchun talabalarda mustaqil 
    ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish zarur. Tilshunoslik fanlari ona tili o’qitish 
    metodikasi lingvodidaktik kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars 
    jarayonida linngvistik kompetentsiyalarni shakllantirish nutqiy kompetentsiyalarni 
    rivojlanishiga olib kelish ko’zda tutilmoqda. Xalqaro tajribalar asosida til o’rganishga 
    qo’yilgan aniq talablar orqali (tiglab tushunish), (gapirish), (o’qish) va (yozish) ma-
    lakalari rivojlantiriladi. Ona tili o’qitishda mazkur yondashuvdan biroz ijodiyroq 
    foydalanish maqsadga muvofiq, bizningcha. Chunki talabalar tilning tashuvchilari 
    sifatida 
    muayyan nutqiy ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan holda OTM ga 
    keladilar. Talabalarda ona ti
    lidan (ular tilning tashuvchilari bo’lgani uchun) ba’zi 
    ko’nikmalargina rivojlantiriladi, asosan ulardagi lingvodidaktik ko’nikmalarni 
    takomillashtirish galdagi vazifamiz hisobla
    nadi. Ayniqsa, o’zbek tili va adabiyotoi 
    o’qituvchilari ona tilida matn yoki suhbatni tinglab tushunadi, o’qiy oladi, gapira oladi 
    va yoza oladi. Bunday vaziyatda ona tili o’qitish metodikasining didaktik vazifasi 
    talabalarda eshitganlar
    ni to’g’ri tushuna olish, adabiy tilde ravon mantiqan izchil 
    gapira olish, matnni o’qib tushuna olish hamda to’g’ri va mazmunli yoza olish 
    ko’nikmalarini takomillashtirish lozim. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 
    2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 5847-sonli Farmoni ijrosini ta'minlashda kamida 10 ta oliy 
    ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World 
    University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World 
    Universities) reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, 
    kiritish, oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul` 


    9
    tizimiga o'tkazishb xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or 
    standartlarini joriy etish, jumladan, o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga 
    yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim 
    tizimiga bosqichma-bosqich o'tish oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqillig-
    ini ta'minlash va boshqalar belgilab berildi. Xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarda 
    turgan OTMlar faoliyatini o'rganishda, zamon va jahon talablariga mos o'quv rejalarni 
    ishlab chiqish oliy filologik ta'lim tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy etish, ta'limning kredit-modul` tizimining mohiyatini, ishlash 
    mexanizmini oliy filologik ta'lim tizimidagi professor-o'qituvchilari va talabalarga 
    yetkazishda Universitetda kredit-modul` tizimiga o'tish jarayoni monitoringini olib 
    borish lozim. “Kredit-modul” tizimi talabalarga xizmat ko'rsatishda qanday 
    qulayliklarni yaratadi yoxud “registrator ofis” imkoniyatlari” mavzularida bir nechta 
    maqolalar e'lon qilinsa-da, bu mummoga duch kelavervmiz, chunki biz bilgan 
    an'annaviy ta'lim shaklidagi jarayonga odatlanganligimiz boisi. Adabiyotlar 
    muammosi, yangi fan dasturlari (sillabuslar) uchun xorijiy adabiyotlar ro'yxati 
    shakllantirilishi va bosqichma-bosqich xorijiy adabiyotlar sotib olinayotganligi muxim 
    ahamiyatga ega. Bu mas’uliyatli vazifani, albatta takomillashtirilgan o’quv top-
    shiriqlari orqali amalga oshirish mumkin. Shu ma’noda filologik ta’limda ona tilidan 
    mus
    taqil, o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishda kredit-modul tizimida lingvodidaktik 
    asoslarini takomillashtirish masalasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Demak, kredit-
    modul tizimida xorijiy adabiyotlar asosida o'zbek va rus tillarida o'quv qo'llanma va 
    darsliklar yaratilish ustida ishlar olib borilishi 2020-2021-o'quv yilida birinchi kursga 
    qabul qilingan talabalar uchun ingliz guruhlari tashkil qilinishi, Ingliz tilini bilish 
    darajasini tasdiqlovchi sertifikatga (IELTS, TOEFL, CEFR va x.k) ega va ingliz tilini 
    bilish darajasi yetarli bo'lgan talabalar ixtiyoriy ravishda ingliz guruhlariga qabul qilin-
    ishi Yangi O'zbekistonning yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridir. 2022 yil 
    holatiga ko’ra birinchi kurs bakalavr talabalari umumiy soni 1803 ta bo'lib shulardan 
    394 tasi ingliz guruhida o'qishga loyiq deb topilgan va rozilik berilgan. Bu umumiy 
    talabalar sonining 22% ni tashkil etadi. Talabalarning o'zlashtirishlari uchun yangi 
    adabiyotlar bilan ta'minlanishi hamda talabalarning mustaqil shug'ullanishlari uchun 
    sharoitlar yaratilganligi muhim axamiyatga ega, xorij kutubxonalaridan onlayn 
    foydalanish imkoniyatlarini yaratilishi. Ma'ruza auditoriyalari sig'imini kengaytirish. 
    Talabalarning ma'ruzalarda qatnashish cheklovlarini bekor qilish, ayniqsa talabalar o'zi 
    hoxlagan professorning ma'ruzasini tinglash imkoniyatiga ega bo'lishi dars beruvchi 
    professor-o'qituvchining oylik maoshiga qo'shimcha ustama berilishi. O'quv jarayonini 
    raqamlashtirish. O'qitish shaklidan qat'iy nazar barcha OTMlar qatorida o'quv jarayoni 
    elektronlashtirish talab etilmoqda. Dars jadvali - platformasi darslarning bir vaqtda 
    tutash (stik) kelishini oldini oladi, dars jadvali har bir guruh, o'qituvchi, xona va fanlar 
    kesimida individual ko'rinishda namoyon bo'lishi. Bu esa rahbariyat, o'qituvchilar, 
    talabalar va ota-onalar uchun qulayliklar yaratadi. Ta'lim platformasi-talabalar va 


    10
    professorlar o'rtasida aloqa vositasi. O'quv materiallari. Talabalarning baholarini e'lon 
    qilish va h.k. Ish beruvchi tashkilotlardagi bo'sh ish o'rinlari va h.k. Onlayn. Onlayn 
    darslarni tashkil etish. Imtixon olishni onlayn amalga oshirish va h.k. Onlayn o'tish 
    uchun havola orqali darslarga kirib borishi, shaffoflikni ta'minlaydi. Olib borilayotgan 
    tadqiqotlar mazmuni, natijasi oliy filologik ta'limda kredit-modul tizimiga o'tishning 
    amaldagi holati va istiqbollari belgilab berilgan. [1,44]. Kredit tizimida eng avvalo
    talabaning mustaqil ishiga jiddiy e'tibor qaratish lozim. Mustaqil ta'lim ikki turda 
    bo'ladi: Talabaning bevosita o'zi tomonidan (mobil qurilmasi orqali) amalga 
    oshiriladigan mustaqil ish turlari 1. Darsga tayyorlanish 2. Axborot izlash. 3. Forum 4. 
    Test yechish. 5.Nazorat ishiga tayyorlanish. 2. An'anaviy shakldagi o'qituvchi 
    rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi: referat, kurs ishi, kurs loyihasi, amaliyot 
    hisoboti, ilmiy tezis va maqolalar chop etish, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi
    ilmiy izlanuvchiga rahbarlik, tayanch doktorantga rahbarlik va h.k. Mustaqil ish 
    soatlarini o‘tkazishga oldindan ko‘rsatma berish lozim. Talaba tomonidan 
    bajariladigan mustaqil ishlarni fan dasturida belgilash samarali natijalarni beradi, 
    qanday shaklda, qancha so‘zdan iborat bo‘lishi, individual tarzda yoki jamoaviy va 
    boshqalar. Xu
    losa sifatida oily filologik ta’lim tizimida talabalarning nutqiy 
    kompetentsiyasi rivojlantirishda Kredit modul tizimida professor-o'qituvchilar modulli 
    o'quv rejaga asosan (Sillabus) ishchi o'quv dasturini ishlab chiqadi, fanni bir necha 
    mantiqan tugallangan o'quv modullariga ajratadi, har bir o'quv modulining maqsadi va 
    vazifalarini belgilaydi, o'quv moduli bo'yicha talabalar o'zlashtirishi, bilishi va amalda 
    qo'llay olishi lozim bo'lgan kompetentsiyalarni belgilaydi. [1,67] O'quv moduli (fanlar) 
    bo'yicha auditoriya mashg'ulotlari uchun (ma'ruza matnlari, amaliy, seminar va labora-
    toriya mashg'ulotlari bo'yicha materiallarni tayyorlaydi, testlar, vaziyatli (keyslarni) 
    masalalarni tuzadi, individual topshiriqlarni shakllantiradi, axborot manbalari 
    (foydalanish uchun tavsiya etilayotgan o'quv va ilmiy adabiyotlar ro'yxati) ni 
    shakllantiradi. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta'lim uchun topshiriqlarni (referat, 
    kurs ishlari yozish, manbalarni tarjima qilish, tegishli mavzular bo'yicha slayd 
    tayyorlash, Glossariy tuzish, savol-javoblar banki) shakllantiradi va ularni o'zlashtirish 
    bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beradi. Ma'ruza, amaliy, seminar va labaratoriya 
    mashg'ulotlarini olib boradi, tegishli modullarni o'zlashtirish, kurs ishlari va BMIlarini 
    yozish bo'yicha talabalarga maslaxatlar beradi. O'quv elementlarining quyidagi: 
    Tekstli, Kartografik (atlas, karta), Jadvalli (grafiklar, diagrammalar, gistogrammalar), 
    Illyustrativ (rasmlar), Audio va video ma'ruzalar, Natural (kollektsiyalar, gerbariylar), 
    O'yinli (vaziyatli), Komp`yuterli turlarini ishlab chiqadi va amaliyotga keng joriy 
    etiladi. 


    11

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish