12
ayniqsa, chet tillarini o’rganish darslariga yanada chuqurroq nazar tashlandi. Jahon
maydonida yurt sha‘nini munosib himoya qilishi uchun yoshlarimiz, avvalo o‘zining
xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi lozim. Integratsiya
atama va uslubiy
nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. «Intergratsiya » so‘zi
lotincha integratio -
tiklash , to‘ldirish , «int eger» butun so‘zidan kelib chiqqan.
Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: birinchidan,
tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarn
ing bog‘liqlik
holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan,
tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish
jarayoni.
Pedagogikaga oid ilmiy izlanishlarda o’quv fanlarini o’qitishdagi tarqoqlikni
bartaraf qilishga qaratilgan shakl, metod
hamda vositalari tizimini, ularning asosi
bo’lgan o’qitish va tarbiyalash jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish muayyan
mavzu bo’yicha yoki nazorat ishlarini o’tkazish maqsadida tashkil etilayotgan o’quv
mashg’ulotlarining ilmiy-pedagogik va amaliy-metodik jihatdan to’g’ri
tashkillashtirilishi, olib borilishi, na
tijalarning tahlil etilishini anglatadi. O’qituvchi
tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: re-
jalashtirish; tashkil etish; boshqarish; nazorat qilish; natijalarni baholash va tahlil qi-
lish.
O’qituvchi ta’lim jarayonini tashkil etishni rejalashtirishda kalendar-tematik yoki
darslar rejalarini tuzishga e’tibor qaratadi. O’qituvchining ta’lim jarayonini tashkil
etishdagi roli o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yish,
ularning samarali
bajarilishi uchun zarur sha
roitni yaratishdan iborat. Ta’lim jarayonida o’quvchilar
faoliyatini boshqarishda o’qituvchi uni to’g’ri yo’naltirish vazifasini bajaradi. Ta’lim
jarayonida o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish o’quvchilar faoliyatining maqsadga
muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayoni bo’yicha natijalarni
baholash va tahlil qilishda o’qituvchi ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish,
yutuqlar omillarini o’rganish, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini
belgilashga e’tibor qaratishi lozim. O’qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va
darsga tayyorgarligi.Har qanday ta’lim muassasasida tashkil etiluvchi ta’lim
jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchining bevosita rahbarligi ostida kechadi.
O’qituvchining vazifasi pedagogik mahorat imkoniyatlaridan foydalanib,
o’quvchilarni fan asoslarini chuqur egallashga yo’naltirish, bilim olishga va kasbiy
m
ahorat sirlarini bilishga nisbatan qiziqish uyg’otish, ijtimoiy borliqqa nisbatan erkin
va ongli munosabatni tarbiyalashdan iboratdir. O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini
boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin va o’qituvchi o’zining ijod-
korligi, pedagogik mahorati nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi:
O’qituvchi faoliyatida rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslarning
rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish
13
uc
hun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim bo’ladi. O’qituvchi mustaqil ravishda
o’quvchilarning
tayyorgarliklari darajasini, ularning o’quv imkoniyatlarini, moddiy
baza holatini, shaxsiy (kasbiy) imkoni
yatlarini o’rganib chiqishi, o’quv
materiali
mazmunini
tanlab
oishi,
dars
olib
borish
shakli,
texnika
vositalari,multimediamahsulotlari va dars metodini ishlab chiqishi kerak. Har qanday
media mahsulotni
tanlaganda, o’quvchining yoshi,o’rganish imkoniyati o’lchay olish
kerak. Xulosa qilib aytganda, media texno
logiyalar ta’lim berishning samarali va
istiqbolli quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbai-
dan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va
uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar,video
va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok
etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish
imkoniyatini yaratadi. Xususan,xoriliy
tillarni
o’qitishda Davlat ta’lim standartlari
talablariga mos o‘quv mashg‘ulotlarini tashlkil qilishda mediata’limning o‘rni
beqiyosdir.