• BARKAMOL AVLOD TARBIYASI — MILLIY YUKSALISH GAROVI
  • MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RIKENGLIK – TINCHLIK GAROVI




    Download 0,69 Mb.
    bet2/6
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #256360
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Millatalararo totuvlik Mustaqil ish

    MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RIKENGLIK – TINCHLIK GAROVI
    “Tolerantlik”-so‘zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib, bag’rikenglik, chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muruvvatlik himmatlilik kechirimlilik, mehribonlik hamdardlik kabi ma’nolarga ega deyish mumkin. Diniy bag’rikenglik deb, xilma - xil din va mazhab egalarining birbirining e’tiqodini o‘zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashga aytiladi. Dunyodagi barcha dinlar ezgulikka asoslanadi: ular odamlarni to‘g’rilik, soflik, shafqat va bag’rikenglikka undaydi.
    Diniy bag’rikenglik g’oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda,ular o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo‘lgan adolat tantanasiga erishishga da’vat etadi. O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning azaliy bag’rikengligidan dalolat beradi. “O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqorolari tashkil etadi”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-modda.
    Hammamizga ma’lumki ,O‘zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko‘ra aholisi ko‘p millatli davlatlar qatoriga kiradi. “O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikdir”. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov. Hozir O‘zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari urf- odatlari an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-modda. Mamlakatimizning birinchi rahbari dinga bo‘lgan yangicha munosabatni “Dunyoviylik- dahriylik emas” degan tamoyil asosida aniq va ravshan belgilab berdi. 1998 yilda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar “to‘g’risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi.
    “Ushbu qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlarni tartigga solib turishdan iborat”. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g’risida”gi qonun 1-modda Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda. Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida, rivojida betakror rol o‘ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir necha sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch - totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojorolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar –yadro urushi xavfi, ekalogik halokatlar terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofatbalolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo‘lgan sayyoramizni saqlab qolish yo‘lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Shu boisdan YUNESCO 1995 yil Parijda “Bag’rikenglik tamoyillari” deklaratsiyasini qabul qildi. BMT tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi “Bag’rikenglik kuni “deb e’lon qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2000dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’lim 7 tilda olib borilayotganligi, 140 dan ortiq millliy madaniy markazlarning faoliyat ko‘rsatayotganligi bag’rikenglik siyosatiga nechog’lik amal qilinayotganligiga misol bo‘la oladi.
    Yurtimizda barcha millat va elatlar ahl - inoq yashab kelmoqdalar. Bizga ma’lumki qayerda birdamlik ahillik bo‘lsa o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. “Biz – turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar va o‘zbeklar shu go‘zal diyorimizda ahl va do‘st bo‘lib yashashga, xonadonimizni, farzandlarimizni urushlardan, kelishmovchiliklardan asrash uchun, minnatdor avlodlar bizning sha’nimizga hozirgi qiyin sharoitda buyuk kelajagimiz poydevorini barpo etayotgan kishilar sha’niga yaxshi so‘zlar aytishi uchun o‘zimizga bog’liq hamma ishni qilishga mas’ulmiz”. Lekin ba’zi davlatlarda o‘zaro tarqoqlik va ahllik yo‘qligini kuzatamiz. Mana shuning uchun ham, yuqorida sanab o‘tilgan jamiyatning barqaror rivojlanishi, mamlakat ichidagi etnik mojarolarni keltirib chiqarmoqda. I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda “Bugun mana shunday xavfli –taxlikali, o‘ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarini qo‘lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo‘lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahllik bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o‘ylaymanki hech qanday mubolag’a bo‘lmaydi”.

    BARKAMOL AVLOD TARBIYASI — MILLIY YUKSALISH GAROVI



    Mustaqillikka erishilgandan so’ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko’lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. U hoh davlat boshqaruv tuzilmasi bo’lsin, hoh sog’liqni saqlash, sport, ta’lim — qo’yingki, barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda. Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg’oq bo’lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo’lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o’zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrash va mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib etishimiz lozim.

    O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o’quv dargohlarida ta’lim hamda tarbiyaga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan etuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to’la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda. Inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvida namoyon bo’ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa halqlari o’z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma’naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish — komil insonni tarbiyalashning yangi yo’llarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Bedil aytganidek, me’mor dastlabki g’ishtni to’g’ri qo’ymasa, binoning boshi yulduzlarga etsa ham, u qiyshiq bo’lib qolaveradi. Shunday ekan, jamiyatda inson o’rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Binobarin, ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, tarihni bugunga, bugunni kelajakka bog’lovchi ko’prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to’plagan tarihiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o’zida mujassam etadi."O’zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Kamolot" YoIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o’rganish va keng targ’ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatishi nur ustiga nur bo’lur edi".
    Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o’rnak bo’lganlar, balki o’z askarlari, bo’lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Horazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo’shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma’naviy va jismoniy kamolot bo’yicha saboq berganlar.Yaqin o’tmishimizda yashab o’tgan mutafakkir ma’rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Ammo, sobiq sho’rolar davrida ulug’ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy merosi halqimiz, yoshlarimiz ongiga o’zgacha talqin bilan taqdim etildi.Mustaqillik tufayli va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Yaqinda, 2017 yil 10 avgustda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Nufuzli halqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O’zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag’batlantirish to’g’risida"gi qarori yurtimizda barkamol avlodning ma’nan va jismonan kamol topishiga hizmat qilmoqda.

    Ma’lumki, ma’naviy-madaniy, ruhiy-ahloqiy hislatlar va insoniy qadriyatlar avvalambor, bolalikdan shakllana boshlaydi. Bolalar erta go’daklikdan boshlab ota-onalari, bobo-buvilari va boshqa oila a’zolarining yurish-turishlari, odob-ahloqlari, muomala munosabatlari, oilaviy urf-odatlari, rasm-rusumlar, udum va an’analariga qarab, ibrat olishga harakat qiladilar. Barkamol avlod ma’naviyatini shakllantiruvchi yagona manba esa tarbiyadir. Ma’rifat va bilimni shakllantiruvchi manba — ta’lim, saboqdir. Binobarin "ta’lim va tarbiya" emas, aksincha, "tarbiya va ta’lim" deb aytish maqsadga muvofiqdir. Insonni barkamol etib tarbiya¬lashda badiiy asarlarning o’rni katta. Shuning uchun ham Prezidentimiz, ta’kidlaganidek, ahborot-kommunikasiya sohasidagi ohirgi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishga, aholining kitobhonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyo¬ev¬ning 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tar¬qatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobhonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida"gi farmoyishi kitobhonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o’rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko’tardi.
    Bugun ba’zi yoshlarimizning "ommaviy madaniyat" ta’sirida ma’naviy dunyoqarashi tobora tubanlashib borayotir. Ho’sh, unga qarshi kurashda qanday chora-tadbirlarni ko’rish lozim, degan savol tug’iladi. Buning yechimini topish uchun, fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni hisobga olish kerak. Ular orasida bizningcha eng muhim ahamiyat kasb etadiganlari qatoriga quyidagilar kiradi:—mafkuraviy ishlarni mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug’ va erkin hayot sari olg’a yurishga yo’naltirish;—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va halq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bilan

    birga milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish;—yoshlarni ona -Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, avvalo ularning qalbi va ongida maf¬kuraviy immunitetni shakllantirish;—ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish;—yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o’yinlari to’g’risida har taraflama va haqiqiy tasavvurlarni shakllantirish kabilardir.Halqimiz, birinchi galda, yoshlarni erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zlaydigan mafkuraviy-g’oyaviy hurujlardan himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.Soib RAUPOV, Buxoro davlat universitetining Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri.


    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RIKENGLIK – TINCHLIK GAROVI

    Download 0,69 Mb.