• Tadqiqotning maqsadi va vazifasi.
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti




    Download 192 Kb.
    bet2/9
    Sana13.04.2022
    Hajmi192 Kb.
    #19653
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    kurs ishi namuna — копия
    1-SINF Musiqa, Kompyuter Tarmoqlari fanidan Amirov Bekzodning
    Mavzuning o’rganilishi. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida xalqning aniq maqsad yo‘lida harakat qilishida ta’lim-tarbiyaning roli naqadar muhim ekanini uqtirarkan: “Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda... Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”1,- deb ta’kidladilar. Darhaqiqat, mustaqillik biz yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq, yosh avlod shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoga hamqadam bo‘lishi, olis va yaqin o‘tmish merosimizni qaydarajada o‘zlashtirishi, ularning o‘zligini anglashiga ham bog’liqdir. Nodir iste’dod sohibi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, faylasuf shoir, nosir G’afur G’ulom xalqimiz va butun ezgu niyatli bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning dardini dildan his eta bilgan olim, shoir va yozuvchi edi. G’afur G’ulom ijodiy merosining salmoqli qismini nasriy asarlari, xusuan qissalari tashkil etadi. Mazkur qissalarni davr va shaxs talqini nuqtai nazaridan o‘rganish yoshlar tarbiyasi, madaniy merosga munosabatini shakllantirish, XX asr vaqeligining badiiy talqinlarini yangicha qarashlar asosida o‘rganish negizida estetik didini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, “... biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug’ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yo‘q2.”
    Tadqiqotning maqsadi va vazifasi. Zulfiya ijodini o’rgatish mashg’ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish, o’quvchilarning aqliy va ijodiy faolligini oshirish kurs ishi mavzusi bo’yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
    Yuqorida oldimizga qo’ygan maqasadimizdan kelib chiqib:
    1. Kurs ishida tanlangan mavzu bo’yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o’quv adabiyotlarni o’rganib chiqish va umumlashtirish.
    2. Zulfiya ijodiga oid matnlar bilan ishlash jarayonini o’rganish va tahlil qilish.
    3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o’rganish va tahlil qilish asosida Zulfiya ijodiga oid mashg’ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o’rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
    4. Zulfiyaijodiga oid ma’lumotlarning samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.

    Download 192 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 192 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

    Download 192 Kb.