II.BOB. Adabiy ta’sir va badiiy mahorat




Download 192 Kb.
bet6/9
Sana13.04.2022
Hajmi192 Kb.
#19653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi namuna — копия
1-SINF Musiqa, Kompyuter Tarmoqlari fanidan Amirov Bekzodning
II.BOB. Adabiy ta’sir va badiiy mahorat
2.1. Zulfiya she’riyatida Vatan tarannumi
Zulfiya she’rlarida xalq xo‘jaligini tiklash, xotin-qizlarning, turli kasb kishilarining jamiyatdagi roli, mehnati, ichki kechinmalari, orzu-umidlari, urush vaqtlari yozilgan bo‘lib, urushni la’natlashlari, tinchlikni ulug‘lashlari o‘z aksini topgan.
Adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov lirik qahramon haqida gapirib shunday deydi: “Lirikada obraz o‘ziga xos shaklda muhim ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan fikrni ifodalovchi aniq hayotiy kechinma shaklida namoyon bo‘ladi. Shu kechinmaning mazmuniga va yo‘nalishiga ko‘ra biz lirik qahramonning xarakterini belgilaymiz, uning aks ettirilayotgan hodisaga munosabatini aniqlaymiz. Kechinma mavzuning mohiyatini chuqur ochishga imkon beruvchi, o‘quvchida tasvirlanayotgan hodisaga nisbatan ma’lum emotsional va estetik munosabat uyg‘otuvchi omildir. Bu esa shoirning tasvirlanayotgan hodisa va narsalarni chuqur his etmog‘ini, ularni o‘z shaxsiy hayotining uzviy qismiga aylantirishnni taqozo qiladi”.
Shoir lirikasida xalq va Vatan mavzusi sevib kuylanadi. “Mening Vatanim” she’rida shoira ona Vatan haqida juda iliq va samimiy fikrlarni bayon etadi:
“Men shunda tug‘ildim, ko‘rdim dunyoni,
Hayotga ilk qadam qo‘yganman shunda.
Tilim nutq topdi, ko‘zim ziyoni,
Mehr va erk bilan yashadim kunda”.
Zulfiya o‘z tushunchasida “ko‘zni qamashtirgan ko‘m-ko‘k bog‘”larni bo‘yiga ko‘zgu bo‘lgan sof buloqlarini Vatan deb biladi. “Toshqin suvlar, xonish qilgan bulbullar hammasi shoirani maftun etadi, u qo‘shiq sehriga o‘giriladi:
“Faqat seni dedim, qalb qo‘shig‘ini,
Ey aziz Vatan, atadim senga,
Sen hur bo‘lganing uchun nafasim hurdir
Hayotim lazzatli, baxt yordir menga”.
Shoirani qarashlarida Vatanning go‘zal ta’rifi mahorat bilan chizilgan bu she’r vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan.
“G‘alabani qutlab olaman sozim.
Senga aziz Vatan, senga ona yurt,
Mehr, ishqing bilan to‘liq ovozim”.
Shoiraning bu she’ri zamondoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi, ularda ona Vatanni mehr bilan sevish hissini uyg‘otadi. Shoiraning “Yuragimga yaqin kishilar” (1954) she’ri xalqlar do‘stligini madh etishga bag‘ishlanadi. Zulfiya bu she’rining bosh qahramoni qilib kamtar, ulug‘vor, o‘zbek xalqi — yuragiga yaqin kishilar obrazini oladi. Shoira yurt xaritasini o‘z yuragiga o‘xshatadi, yurak atrofidagi har bir a’zo yurak uchun qadrli bo‘libgina qolmay, yurt xaritasidagi har bir jon, inson shoira uchun aziz va qadrli.
She’r vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. “Yuragimga yaqin kishilar” she’ridan misollar keltirish mumkin:
“Yurtim xaritasi mening yuragim,
Eng uzoq burchi ham tanish va yaqin. .
Muqaddas gavharday saqlayman unda,
Ikki yuz million xalq muhabbatin”.
She’rda gavjum hayot nafasida kishilarning halol mehnatlari, o‘y maqsadlari o‘z aksini topganligi bilan aks ettirilgan. Ularning barchasida buyuk intilish hissi yotadi:
“Shahrim ko‘chasidan men shod boraman,
Katta hayot, qaynoq, sershovqin, gavjum.
Odamlar daryosi oqar yonimdan,
Qarayman:
Hamma-hammasi tanish,
Bilmayman aslin ham,kasbin ham ammo,
Bilaman barida buyuk intilish...”
Shoiraning orzusi ulkan maqsadlar bilan limmo-lim ekanligi she’rlarida aks ettirilgan. U aziz va yuragimga yaqin kishilar qalbiga o‘z she’rlarim bilan kira olsam, o‘zimni baxtli deb hisoblardim, deydi. She’rning mazmuni chuqur, uning zamirida chuqur umumlashma yotibdi:
“Zavodda, kolxozda, davlat boshida,
Mening yuragimga yaqin kishilar.
Baxtiyor bo‘lardim she’rlarim bilan,,
Shu do‘stlar qalbiga kirolsam agar”.
“Yuragimga yaqin kishilar” she’rida shoiraning vatanparvarlik tuyg‘ulari, ona Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat hislari, zamondoshlarning ichki-kechinmalari, orzu-umidlari, fikr-o‘ylari, yorqin tuyg‘ulari jo‘shqinlik bilan ifodalangandir. Shoira “Tanishlarim qancha?” deb o‘zidan so‘raydi. Unga ko‘kda porlagan quyoshni misol qilib javob qiladi shoira:
“Mening nurim kirgan hamma yer tanish,
Bahra olgan jonning hammasi qardosh”.
Ana shu niyatda shu qalb kuyi bo‘lib goh oqshom, goh tong do‘stlar eshigidan kirib boradi. Har yerda muhabbat va hayot bergan yaqin kishilarni topa oladi.
Shunday qilib, Zulfiyaning shoirona qalbli xalq, Vatan haqida fikr yuritganda butun dunyoda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlarni, insonlar ongi va munosabatida tug‘ilayotgan yangiliklarni zamondoshlarimiz mehnati, orzu-umidini aks ettiradi.
Shoira ijodini, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda o‘quvchilarga ma’naviy ozuqa, kuchli ta’sir, jozibalanish hissi, Zulfiyaxonim she’rlaridan namunalaridan kiritib borish ijodiy kreativligini oshiradi. Haqiqatan ham shoira she’rlarining ilhom ufqi keng, she’rlarining tematikasi rang-barangdir. Zulfiyaning she’rlarida hozirjavoblik, haqqoniylik, tematik kenglik, aniqlilik, chuqur lirizm, jo‘shqinlik, o‘ta samimiylik, xalqchillik, obrazlilik kabi xususiyatlarga xosdir.
Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir. Ular goh vatan haqida, uning go‘zal tabiati, mehnatkash odamlari, buyuk bunyodkorlik qudrati xususida bo‘lsin, goh insonlarning turfa; mehr-muhabbat, quvonch-u shodlik, baxt, saodatni tarannum etishga bag‘ishlangan bo‘lsin, barchasida hayotsevarlik, o‘quvchida yorug‘ kayfiyat paydo etish istagi hukmrondir. Betakror ijodi, Vatanga sadoqat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, oliyjanob fazilatlarini yuksak pardalar tarannum etgan yetuk badiiy asarlari ibratli hayoti va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasini inobatga olib har bahorning ilk kunida yodga olish, hamda tavalludini munosib nishonlash xalqimizga an’ana tusiga aylanib bormoqda.
Uning hayoti davomiyligida she’riyat olamiga o‘chmas iz qoldirdi. Zulfiya zamondoshlari xotirasida “Saylanma” asari ijodiyot olamidan bo‘rtib chiqqan asar sifatida, o‘quvchi yoshlarga tushunchalar berish, ilm nazokati, nafosati ufurgan tuhfalaridan bahra olishga chorlash maqsadida ular bilan tahlil qilish kechalar,
tadbirlar va davra suhbatlari uyushtirib borish lozimdir.
Zulfiyaxonim zamonamizning zabardast shoirasi va jamoat arbobi sifatida O‘zbekistonning jarangdor ovozi bo‘ldi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Sharq ayolining aql-u zakovati fazl-u kamolidan noyob nishonasi sifatida latif ijodi bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdi. Hayot sinovlari uni ham ayagani yo‘q albatta, aslida bu yorug‘ dunyoda ayriliq va hijron azobi hammani ham boshida bor, doimo g‘am anduhni matonat bilan mahf etib armonlaridan tirik orzular yaratgan, tog‘dek bardoshi bilan sadoqat va vafo ramziga aylangan. Zulfiyaxonim Hamid Olimjonning quyidagi o‘ktam satrlarini hayotiy shior etib o‘zida mardona yashash hissi bilan rang barang so‘zlar orqali ifoda etgan:
“Rozimasman bir yosh tomsa ko‘zimdan,
Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan.
Yo‘l ochsam-u, sal yashashdan adashdim,
Rozimasman unda tamom o‘zimdan.”
Sharq fozila ayollari Gulbadanbegim, Zebiniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi shoiralar an’analarini boyitib, yangi pog‘onalarga ko‘tardi. O‘zbekiston xalq shori, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning “Zulfiya opaga” she’rida, uni yuksak pog‘onalarda ekanligini isbotlaydi:
“O‘tgan yillar uchun chekmang xijolat,
Uzr so‘rayvermang yuragingizdan.
Xijolat tortsin o‘zi tabiat,
Tabiat uzrini so‘rasin sizdan.
Zahmatkash, mehnatkash shu qalam bilan,
Buyuk asrimizning siz ham naqlisiz.
Davrga goh quvonch, goh alam bilan,
Baho bermoqlikka siz ham haqlisiz.
Tabbaruk yoshga yetibsiz omon,
Allohim kun bersa, ardog‘i bo‘lmas.
Agar yuraklarni zabt etsa inson,
Undayin umrning sanog‘i bo‘lmas.”
Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan ko‘plab iste’dod egalari saboq olganlar. Uning maftunkor she’riyati, u el ardog‘idagi yetuk ijodkor, mohir tarjimon, atoqli-noshir muharrir va jamoat arbobi sifatida xalqimiz orasida qadrlanadi.

Download 192 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 192 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. Adabiy ta’sir va badiiy mahorat

Download 192 Kb.