Zulfiya lirikasida hijron tasviri




Download 192 Kb.
bet7/9
Sana13.04.2022
Hajmi192 Kb.
#19653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi namuna — копия
1-SINF Musiqa, Kompyuter Tarmoqlari fanidan Amirov Bekzodning
2.2. Zulfiya lirikasida hijron tasviri
XX asrda o‘zbek she’riyati an'anaviy aruz vaznidan xalq ijodi uchun xarakterli barmoq vazniga o‘tganida, Cho‘lpon «Go‘zal» singari so‘lim she’rlari bilan yangi o‘zbek lirikasini boshlab berdi. Uning barmoq vaznida yozilgan lirik she’rlari o‘zbek adabiy tilining imkoniyatlari kengligini, o‘zbek she’riyatining esa shakl va vositalarga boyligini namoyish etdi. Cho‘lpondan keyin o‘zbek lirikasining eng yaxshi namunalari uning izdoshlari tomonidan yaratildi. O‘zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shoir va shoiralar orasida Zulfiya ijodi alohida ajralib turadi.Hassos qalb sohibasi, sadoqat kuychisi deya
nom olgan shoira Zulfiyaning she’riy olami, lirikasining bosh mavzusini muhabbat tashkil etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Darhaqiqat, shoira qo‘liga qalam olgan chog‘dan boshlab umrining so‘nggiga qadar shu pok tuyg‘uni ulug‘ladi, sadoqat, vafo, or-nomus, hayo, iffat, qo‘yingki, butun odamiylikni ishq torlarida kuyladi. Lirika – har bir milliy adabiyotning xalq ommasi tomonidan sevib o‘qiladigan turi.
Biz o‘zbek adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Navoiy g‘azallarini, rus she’riyati deganda Pushkin she’rlarini ko‘z oldimizga keltiramiz va bu g‘azal-u she’rlar qulog‘imiz ostida jaranglay boshlaydi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an'analarining roli benihoya bo‘ldi. Uning she’rlari rus,
ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Zulfiya deganda ko‘z oldimizda sadoqatga, vafoga yug‘rilgan satrlar gavdalanadi. Bu vafo va sadoqat tuyg‘ulari iste’dodli shoir Hamid Olimjonga bag‘ishlangan manzumalarida jo bulgan satrlar edi. Hassos shoir – Hamid Olimjon bilan kechirgan qisqa turmushi, undan judo bo‘lib qolishi, umuman, shoiraning hayot yo‘li sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qoldi.
Ulkan shoir, nodir insoniy fazilatlar sohibi Hamid Olimjon Zulfiyaga, hamma narsada o‘rnak bo‘ldi. Zulfiya ulkan shoirdan fikrlash, mehnat qilish va she’r yozishni ham, do‘stlarga mehribon, dushmanga esa shafqatsiz bo‘lishni ham o‘rgandi, uning ijod maktabida ta’lim oldi. Hamid Olimjon shu ma’noda Zulfiya qalbiga uyg‘un hamroh va sezgir maslahatchi bo‘ldi. Zulfiya shoir bilan birga kechgan ana shu baxtli yillarda har qanday iste’dod doimiy mehnat tufayli charxlanib borishi, Haqiqiy san'atkor buyuk mehnat intizomiga ega bo‘lishi lozimligini ko‘rdi.
Shoira Zulfiya uchun Hamid Olimjon faqat turmush o‘rtoq, farzandlarining otasi bo‘lib qolmasdan, qattiqqo‘l ustoz ekanligini doimo e’tirof etgan. Zulfiya o‘zining har bir she’rini uning nazaridan o‘tkazar, ammo Hamid Olimjon bu she’rlarga qalam urmas, balki ulardagi kuchli va kuchsiz satrlarini ko‘rsatar, tushuntirar edi. Lekin bu taqdir Hamid Olimjonni Zulfiyaga ko‘p kurdi. Ayni yashash zavqi jo‘sh urgan paytda Hamid Olimjon avtohalokat tufayli bu olamni tark etdi. Bu ayriliq Zulfiya uchun nihoyatda og‘ir va alamli edi. Zulfiya endi ikki inson uchun yashashi, ijod qilishi lozimligini hayot saboqlari unga uqtira boshladi:
“Ota bo‘lib soldim men yo‘lga,
Ona bo‘lib mehrimga oldim.
Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan
Bir davlatmand boy bo‘lib qoldim.
Qancha ishonch, umid baxsh etar
Ham Vatanga, ham menga bu dil.
Qoya kabi yonimda chiqib,
Suyan, – deydi, – kiftimga dadil.
Shoira ana shu satrlarda yor ma’naviy olamining yuksakligini, intilishlarining el va yurt taqdiri bilan bog‘liqligini nafis bir yo‘sinda, kitobxonni ishonarli bir tarzda ochadi. Biz Ikkinchi jahon urushining oshiq va ma’shuqalar muhabbati uchun sinov maydoni, farzandlar kamoli uchun mas'ullik ekanligini doimo yodda saqlamog‘imiz kerak. Zulfiya she’rlarining lirik qahramoni yorning ruhiy olami va intilishlaridagi pokizalik va ulug‘vorlik bizda unga nisbatan hurmat tuyg‘ularini uyg‘otadi.
“Qirlarga ilk chiqqan qoʻychivonlardan,
Qayda shoir, deya ayladi soʻroq.
Barida sukunat maʼyuslik koʻrib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
“Bahor keldi seni soʻroqlab” deb nomlangan mazkur xotira sheʼrida yuqorida taʼkidlanganidek, bahor faslining fusunkor qiyofasi lirik qahramon koʻnglida kechayotgan hislarga madad boʻlish barobarida, jamiki mavjud hodisa, predmetlardan “maʼshuq” haqidagi sirlarni ochishga kalit vazifasini oʻtamoqda. Bahor – poetik obraz boʻlib, shoira jonlantirish usuli bilan yaxlit kechinmani idrok qilishga erishgan. Nazmning sirli tabiati ham, aslida, jonsiz narsalarga jon ato etishdir.
Shoira Zulfiya oʻzligida o‘z meni bilan sirlashganidek til tashqi faoliyat munosabati bilan emas, botinan his, sezgi, kechinma, ruhning fazoviy parvozi bilan munozaraga kirishadi:
“Qani oʻsha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun koʻzingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu koʻklamda sen parishonhol?”
Shoira atrofidagi odamlarga emas, tabiatning bir boʻlagi, fasllar nazokati bahorga yukunadi. Bahor ikki oshiqning xayolan visolga yaqinlashtirish maskani. Unda “tole va baxt” simfoniyasi oʻz ovozi bilan yangray boshlaydi. Zulfiya she’rlarining mutolaasi – uning sadoqat va vafo kuychisi ekanligini bot-bot uqtirib turadi. Shoira ijodida ana shu ulkan va poydevor g‘oya poetik obraz darajasiga ko‘tarildi. Bahor, kuz, hijron, ayriliq, sevgi va sadoqat mavzulari har bir she’rda obrazlilikni kuchaytirishga, talqin rang-barangligini oshirishga, qahramon tabiatini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Zulfiya she’rlari bugungi globallashgan axborot asrida har bir o‘zbek kitobxoni qalbiga yorug‘ nur bo‘lib porlaydi. Shoira Zulfiyaning vafoga, sadoqatga yo‘g‘rilgan o‘tli chaqirig‘i har qalbda jaranglaydi, yangraydi, mangu yashab qoladi.
Odamzod dunyoga kelibdiki, mehr, e’tibor, sadoqat kutib yashaydi. Zero inson kimgadir o‘zining kerakligini bilib yashasa, hayotga ishonch, kelajakka umid bilan qaraydi. Suyangan kishisi, ishongan suyanchi bo‘lsa, yo‘lida uchragan qiyinchilik tomon mardonavor qadam tashlay oladi. Lekin hayot yo‘li har doim ham ravon bo‘lavermaydi, umr yo‘limizda ba’zan hijron, umidsizlik, qayg‘u kabi izg‘irin tuyg‘ular ham yo‘ldosh bo‘ladi. Bunday hayot yo‘lini esa sadoqat, chidam va bardosh ila yolg‘iz bosib o‘tish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Bu tasvir bejiz aytilmadi. Fikrimizning yorqin dalili bo‘lgan ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli – shoira Zulfiya Isroilovadir. U oʻttizdan ziyod sheʼriy va nasriy kitoblar muallifi. Badiiy ijod sohasidagi xizmatlari uchun Davlat mukofoti, 1968-yil Javoharlaʼl Neru nomidagi xalqaro mukofoti, tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro “Nilufar” mukofoti sohibasi, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otinlarning chinakam izdoshi. O‘zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning paydo bo‘lishi – tong yulduzining tug‘ilishiga teng voqea bo‘ldi. Chigalliklar, tortishuvlar, izlanishlar to‘liq bir pallada yangi va umidbaxsh bir sado, yoqimli bir soz jaranglab ketdi. O‘sha kezda ayol zotidan qo‘liga qalam olganlar sanoqli va paydo bo‘lib ulgurmayin so‘nib qolar edi. Davr va poeziya ayol erki, ayol qalbi, sadoqatli yor ko‘ngli, turmush o‘rtog‘idan ayrilgan ayol kechmishlari, iztirobga limmo-lim ona timsoli, ona armonlari, ona baxtini, ona dilini kuylashga qodir bir shoiraga muhtoj edi. Zulfiya ana shu bo‘shliqni to‘ldirib, qo‘liga soz olib, o‘sha chanqoqlikni qondirgan kuychidir. Zulfiyaning oilaviy hayoti, muhabbati tarixi ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Zulfiya shoir Hamid Olimjonni sevib, u bilan 1935-yilda hayot rishtalarini bog‘ladi. Biroq oradan to‘qqiz yil o‘tgach, nogahoniy falokat tufayli ikkita farzand bilan eridan beva qoldi. Shoira keyingi hayotini umrining oxiriga qadar Hamid
Olimjonga bo‘lgan muhabbatini asrab-avaylab, sodiqlik va sadoqat timsoli sifatida o‘tkazdi. Hamid Olimjon hayot vaqtidayoq shoira ijodiga hijron ohangi kirib keldi. Bu ohang «Hijron» she’rida, «Uni Farhod der edilar» dostonida, H.Olimjon tomonidan tahrir qilinib, bosmaga tushirilgan «Hijron kunlarida» she’riy to‘plamida muhim o‘rin tutdi. Zulfiya «Nazarimda, shoirlar o‘z tarjimai hollarini yozmasliklari kerak. Negaki shoirlar haqida she’rlari tavsif beradi, ular haqida hamma narsani aytib bermasa ham ijodlarida hayotlarining ko‘pchilik tomonlarini sharh etib berishga qodir she’rlar bo‘ladi",– degan edi. Darhaqiqat, Zulfiya hayotini o‘rganmoqchi bo‘lgan kitobxon tarjimai holni emas, balki uning asarlarini o‘qisa, shoira hayoti, umr yo‘llari, tashqi dunyosi, nafaqat tashqi shu bilan birga ichki olamini ham bemalol bilib olishi mumkin:
“Ey sevgisi aziz, ey sevimli yor,
Ketma, aslo ketma ko‘zimdan yiroq.
Garchi tushimda ham seni bir ko‘rish
Hijron kunlaridan ming bor yaxshiroq”.
Zulfiyaning ,,Hijron kunlarida” turkumidagi sheʼrlarini o‘qir ekansiz, ijodkor qalbidagi ziddiyatli to‘qnashuvlar, o‘z-o‘zi bilan bo‘lgan monologik nutqlar guvohiga aylanasiz. Ularda sevgisidan ajralgan shoira qalbining abadiy firoq iztiroblari to‘la she’rlar o‘rin egallagan. ,,Hijron kunlarida” kitobi bilan o‘zbekning uyida shoira tug‘ildi, ayol zotining fidoyilik va bardosh, jasorat va nazokat, umid va o‘kinch to‘la sadosi bo‘lib shoira dunyoga keldi. Zulfiyani shoir qilgan o‘z dardli qismati va bu dardli qismat haqidagi samimiy va ehtirosli nidosi. Ulug‘lardan biri aytgan ekan: «Shoirni iztirob yaratadi va bu iztirob she’riyat uchun quvonch bo‘ladi». Bu so‘zlar bus-butun shoira Zulfiyaga taalluqlidir. Shoirani dunyoga keltirgan ulug‘ iztirob o‘z aksiyati bo‘lgan ulug‘ baxtni ham yaratdi. Bu ulug‘ baxt to‘la to‘kis xalq va she’riyatnikidir. She’riyat olamiga har bir ijodkor o‘z qo‘shig‘i bilan kirib keladi. Zulfiya she’riyatga vafo qo‘shig‘i bilan kirdi va bu qo‘shiq ayol sadoqatining yuksak tarannumiga aylandi.
Shoiraning she’rlari haqida, ularning latofati, insoniy jozibasi, teranligi to‘g‘risida juda ko‘p gapirish mumkin. Lekin Zulfiyani odamlarga ardoqli qilgan, adabiyotimizning yorqin yulduzlaridan biriga aylantirgan, XX asrning buyuk ayollari qatoriga qo‘shgan asosiy omil bu – uning e’tiqodi, juda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlari, dili bilan tilining birligi, she’rlarida madh etgan insoniylik, vafo, sadoqat va diyonat degan narsalarga o‘zi hayotda og‘ishmay amal qilganida.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.
Mazkur she’r Zulfiya o‘z umr yo‘ldoshining porloq xotirasiga atab yozgan asarlardandir. U bahor faslining kirib kelishi tasviri bilan boshlanadi. Odatda ko‘klam kelishi quvonch-u shodlik bilan qarshi olinsa, bu bahor alam va ko‘zyosh
bilan kutib olinadi. She’r o‘ta samimiy ruhda yozilgani bois uni o‘qigan kitobxon muallif ko‘nglini yaqindan tuyib, butun qalbida unga nisbatan hamdardlik tuyg‘usini his qiladi. Bir fikr bilan irod etilsa, bahor timsolida Zulfiyaning o‘zi fasl ichra yorini axtaradi. She’riyatimizning, hech bir shubhasiz, eng nodir durdonalari qatoridan o‘rin olgan ,,Bahor keldi seni so‘roqlab’’ she’ridagi bu satrlar haqida keyinchalik atoqli shoira Vera Inber shunday degan edi: ,,Bu qadar og‘ir musibatdan so‘ng bir yil o‘tib shunday umidbaxsh satrlarni bitish uchun qanchalar qudrat kerak!’’ .
Zulfiya sevgi, sadoqat, hijron, ona, vatan, tong, tinchlik, dunyo, hurriyat, hayot, umr, yurtdoshlari va taqdirdoshlari jasorati, shodligi, iztiroblari, fojiasi, irodasi haqida ham qalam yuritdi, yuritganda ham ularni o‘z shaxsiy nuqtai nazari bilan shaxsiy dard-u tashvishi tarzida talqin qildi. Unda yolg‘izlik iztirobi va ayollik irodasi o‘ziga xos tarzda samimiy ifoda etilgan. Zulfiyaxonim vafo va sadoqat timsoliga aylangan o‘zbek onasi, o‘zbek ayoli, o‘zbekning shoirasi.


Xulosa
O‘zbek diyori qadimdan shu paytgacha va ayni paytda ham shoira ayollarga boy bo‘lgan diyordir. Qadimda Uvaysiy, Nodirabegimlar qalam tebratgan bo‘lsalar, bugungi davrimizgacha bo‘lgan she’riyat davrida, hokisor va jonkuyar adabiyotchi sifatida serg‘ayrat shoira sifatida Zulfiyaxonim haqida yozgimiz keladi. Shoira nomini adabiylashtirish maqsadida mustaqil O‘zbekistonda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi va ayni paytda bugunda yuzlab qizlarimiz, talabalarimiz ushbu mukofotga sazovor bo‘lmoqdalar.
Zulfiya jahon bo‘ylab tinchlik va do‘stlik g‘oyalarini baland kuylagan shoira. Zulfiyaning serqirra ijodini M.Tursunzoda: “Hamisha navqiron va go‘zal Zulfiya o‘zbek ayollarining hech takrorlanmaydigan va yorqin obrozlarini yaratganligi, ular qalbining boyligini yanada chuqurroq ochib berganligi uchun undan minnatdorman”, – deya ta’riflagan. Zulfiya – atoqli davlat va jamoat arbobi, yer yuzida ozodlik va adolat uchun matonotli kurashchi sifatida maydonga chiqdi. Zulfiya serquyosh o‘lkamizning baxtiyor va iste’dodli shoirasi bo‘lgan. Zulfiya faqatgina O‘zbekistonga emas balki jahonga mashhur shoira. Uning sermazmun g‘oyaviy chuqur barkamol ijodi, lirik she’rlari orombaxsh qo‘shiqlari barcha kitobxonni maftun qilib kelmoqda. Uning samimiy va ohangrabo she’rlari xuddi bahor shabodasidek kishiga yaqin ruh baxsh etadi. Shoira ko‘proq, o‘zbek xotin-qizlariga bag‘ishlab she’r yozgan. Tojik shoiri M.Tursunzoda Zulfiyaning quvnoq hayoti, farovon turmushi, odamoxun va mehmondorchiligini ravon misralarda mahorat bilan kuylagan:
“Ey o‘zbegimning qizi, sohibi xona,
Barcha tashvishlardan tamom begona,
Butun mamlakat ham ixtiyoringda,
O‘zbekiston yangrar sening toringda.
Men sening qoshingga borurman shodon,
Bosh ustida deya kutarsan mehmon”.
(B.Boyqobilov tarjimasi)
Zulfiyaxonim haqida qancha gapirsak ham kamdir. Shu kabi ma’naviy olami boy bo‘lgan shoiraning hayot yo‘li va umr mazmuni adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissalari haqida har qancha faxrlanib gapirsa arzigulik. Zero, shoiraning qoldirgan boy ma’naviy va adabiy merosi bizning ayollarimiz va qizlarimiz uchun yagona hayot maktabidir.
Shoiraning jo‘shqin hayoti va serqirra she’riyat dunyosi o‘ziga xosligi bilan o‘zbek she’riyatida ajralib turadi. She’r inson qalbining oynasi, boyligi. Shu boylik qatra-qatra bo‘lib, she’rga silqiydi. She’r boshdan oyoq olamga hayojonli munosabat. El ardoqlagan, she’riyat va sadoqat malikasi, O‘zbekiston xalq shoiri, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotining laureati, “Neru” va “Nilufar” nomli xalqaro mukofotlar egasi
Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni bahor fasliga – tabiat uyg‘onib, har tomondan jonlanish, yasharish boshlangan kunlarga to‘g‘ri kelar ekan, bunda qandaydir ishora bordek, nazarimda.
Bizga ma’lumki, shoiraning she’riyati uning boy qalb kechinmalari va xayollari dunyosini aks ettiradi. She’r Zulfiyaning umrlik ishiga, umrining tugal mazmuniga aylanganki, biz buni uning qalb to‘ridan chiqib, sadafdek ipga tizilgan she’rlariga nazar tashlaganimizda his etamiz. U she’rni, badiiy so‘zni muqaddas deb biladi va kitobxonlar qalbiga o‘zining samimiyati, muhabbati, sadoqati, kuchli hissiyoti bilan kirib boradi. Bahorday yashnagan, hayotiga erta kuz kirgan Zulfiyaxonim bunchalik yuksak bahorga qanday erishdi? Uning she’riyati qaysi sifatlari bilan elning e’tibori va muhabbatini qozondi?
Zulfiyaning muhabbati, quvonchi, suyanchig‘i Hamid Olimjon unga ilhom bag‘ishlab, qalblarini nurga to‘ldirar, shu nur she’rlariga yoyilar ekan, 29 yoshida achchiq qismat uni baxtidan ayirdi. Lekin ayriliq Zulfiyaxonimni irodasini buka olmadi. U suyukli yori Hamid Olimjon uchun ham yashash, yaratish, xizmat qilish tilagini o‘zida kuch topib, matonat ila amalga oshirdi. Bu oson emasdi, shoira so‘zi bilan aytganda:
“Seni birdan jonsiz ko‘rdim,
Jonim chiqdi mening-da.
Es-hushimdan ajrab turdim,
Tuyg‘um ketdi sening-la”.
Nozik didli, xayoli gul bargidek toza, nafis ayol, ikki norasida go‘dakning onasi Zulfiya o‘zidagi barcha shijoat, iroda va iqtidor bilan taqdirning achchiq qismatiga o‘zida bardosh topib, qaddini bukmay, yori uchun ham ijod qilishga shaylandi:
“Hijronning qalbida, sozing qo‘limda,
Hayotini kuylayman, chekinar olam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham”.
Shoira ushbu satrlarini o‘z hayoti uchun dasturulamal qilib oldi. Endi Hamid Olimjon Zulfiyaning har bir she’riga kirib boradi, ularda ishtirok etadi, toza so‘z
satrlari bilan unga ilhom beradi: uning qoshida qal’adek ustuvor va mustahkam
turadi.
Zulfiyaning she’riyati ayol qalbining iztirobli izlanishlari ruhini aks ettiradi. U alohida ustuvor va qat’iyatli inson bo‘lgani uchun ham kechinmalari juda chuqur va ko‘pincha juda dramatik ohanglarga to‘la. Uning she’riyatida yengil, havoyi biron satr yo‘q. Uni iztirob alangalari o‘rab turadi. U vaqtning o‘tib borishini behad nozik his qiladi. Zulmatni hayotidan quvishga harakat qiladi:
“Tundan tongni uzib olaman,
Katta bo‘lsam deb ishli kunim...”
Shoira zulmatni, tunni o‘ziga yov deb biladi:
“Seni qarg‘ab, qarg‘ishlab,
Men saharga chopaman.
Toqatni tishga tishlab,
Izlab tongni topaman”.
Tun –g‘iflat, bedorlik – yaratish. Shoira g‘aflat bilan emas, yaratish zavqi bilan yashaydi. Adabiyotshunos olim To‘xtasin Jalolov: “Shoiralik Zulfiya uchun kasb emas, fazilatdir. Uning she’rlarida zo‘rma-zo‘rakilik yo‘q. Aksincha, ularda tabiylik, ravonlik va musiqiylik barq urib turadi. Shoira hayotni kuzatib, mushohada etib, uning latofatidan zavq-shavqqa to‘lmaguncha, o‘z soziga jo‘r bo‘lardi, ohang topib, qalbi gul-gul ochilmaguncha she’r yozmaydi. Mana shu sabablik, mana shu talabchanlik Zulfiya she’rlariga borgan sari ko‘proq zariflik va latiflik baxsh etmoqda”, – degan ta’rifi shoira ijodiga o‘z vaqtida berilgan haqiqiy baho edi. Zulfiya o‘tayotgan umrning bekorga sarflamaganidan mamnun bo‘ladi:
“Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkaladim,
Ayrildim,
Kuydim
Izzat nima bildim.
Shu-da bir yashash!”
Shoiraning bunday she’rlarini tahlil qilar ekanmiz, ularning yuzaga kelishiga omil bo‘lgan hayotiy voqealarning tilga olinishi ham she’r mohiyatini anglab yetishda asosiy omillardan biri ekanligiga shohid bo‘lamiz. XX asr buyuk faylasuflaridan biri Erix Fromm: “Muhabbat amaliyoti e’tiqod amaliyotini talab qiladi”, – deb yozgan ekan. Zulfiya ijodiyotini ko‘zdan ko‘chirar ekanmiz, uning Hamid Olimjonga muhabbati e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan va go‘zal misralarda o‘z aksini topgan desak mubolag‘a bo‘lmas.
Darhaqiqat, shoirani el suyib, she’rlari kuyga tushdi, o‘zi esa vafo timsoli sifatida tillarda qoldi, muhabbati uni yurtga tanitdi. Chunki Zulfiya she’riyati tuyg‘ular va fikrlarning yetukligi, tabiiyligi, favqulodda go‘zal va ta’sirchanligi, so‘z ma’nolarining kamalakdek tovlanishi bilan kitobxonlarni o‘ziga tortdi. Shoira o‘ziga yopiq muhabbatdan haykal yasadi. Muhabbat insonning eng qudratli va olamning ruhiy, jismoniy dunyolarini har tomonlama va butunlay qamrab, cho‘lg‘ab olguvchi, o‘ziga bo‘ysundiruvchi hissiyot ekan, shunday muhabbat sohibasi Zulfiya she’rlari har bir pok qalbga yo‘l topishi tabiiy. Har birimizga nasib etsin, shunday boqiy muhabbat.
Barkamol inson tarbiyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, jamiyatning muhim talabi va maqsadi, yurt ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lib kelgan. Bu g‘oya nafaqat alohida shaxslarni, balki butun xalqlarning yuksaklikka ko‘tarilishida sababchi bo‘lgan, bir maqsad ostida birlashtirgan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol inson tarbiyasini xayoliga ham keltirmagan xalq hech qachon yuksalmaydi, kelajagi ham bo‘lmaydi. Shu bois mamlakatimizda bola tarbiyasi, uni barkamol inson qilib tarbiyalash muhim masalalardan biriga aylangan. Zero ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi yoshlarda bilim egallash bilan birga, vatanparvarlik, insonparvarlik, umuminsoniylik kabi qadriyatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beradi. O‘zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etish, asosan, bugungi yosh avlodning zimmasida ekan, ularni bilimli, aql-zakovatli, har tomonlama yetuk, izlanuvchan etib shakllantirish hayot tajribasiga ega, qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan yoshi ulug‘larimiz, qolaversa, ularning ta’lim-tarbiyasiga birdek mas'ul ota-onalar, ijodkorlar, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi bo‘lib qolaveradi. Bu yo‘lda yosh-avlodga ta’lim-tarbiya olishlari uchun to‘liq shart-sharoit yaratish, ularning odob-axloq, ma’naviyat masalalariga katta e’tibor berilayotganligi bejiz emas, aslida. Bularning barchasi olib borilayotgan oqilona siyosat namunasidir.
Xususan, shoira Zulfiya she’riyati ham ana shunday mas'uliyatli masalaning nozikligini teran his qila olgan:
“Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog‘ozni yular.
Damda varrak yasab ko‘kka uchirib,
Izidan qop-qora ko‘zlari yurar”.
Yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, ta’lim-tarbiyaning ta’siri natijasida u o‘zlaridagi ijobiy va salbiy fazilatlarni namoyon qiladi. Buyuk allomalarimiz ham fikrimizning isboti sifatida ushbu fikrlarni bildirishgan: “Inson tug‘ilganda kamolotli bo‘lib tug‘ilmaydi, ularning orasida aslida farq ham bo‘lmaydi, ularning xulqi, faoliyati o‘xshash bo‘ladi, keyinchalik esa o‘zgaradi. Yana inson go‘zal fazilatlarga ikki yo‘l: ta’lim va tarbiya yo‘li bilan erishish mumkinligini aytib o‘tishgan. Inson kamolotga, komillikka yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lishga, ularning munosabatlariga muhtojlik sezadi. Chunki har bir odam ham baxtni, ham narsa-hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga buning uchun
o‘qituvchi lozim. Bunga ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin. “Ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat”, – deb biladi Farobiy.
Yosh-avlod rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning uyg‘unligiga erishish uchun ilk tarbiya o‘chog‘i hisoblangan oilaga e’tibor berishimiz lozim. Negaki oila farzand tarbiyasida juda muhim rol o‘ynaydi. Bunda oilada ota ham, ona ham teng huquqli, farzand kamol topishida birdek ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq-odob qoidalarini egallashiga zamin hozirlaydi. Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sa’diy Sheroziy fikricha, oila bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U mas'uliyatli tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Zulfiyaning “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she’rida vaziyatlarning qay darajada bo‘lishidan qat'iy nazar farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni beqiyosligi, armon, iztiroblar qalbga og‘riq berishi betakror misralarda ifodalangan:
Orzulari qalbimga ziynat,
Hayotidir ko‘zim qorasi.
O‘kinaman, ba’zida faqat,
Yonida yo‘q uning otasi.
Aytish joizki, ta’lim-tarbiya uyg‘unligini ta’minlash hayot-mamot masalasidir. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan izlanish va tadqiqotlar inson o‘z umri davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini yetti yoshgacha bo‘lgan davrda va, albatta, ota-onasidan faol qabul qilishini isbotlagan. Demak, jamiyatga kirib kelayotgan shaxsning ma’naviy-ruhiy olami, dunyoqarashi, bilim-u salohiyati oila, ustozlar hamkorligiga uzviy bog‘liq ekan degan xulosaga kelish mumkin. Fikrimiz so‘ngida mutafakkir alloma Abdulla Avloniyning quyidagi so‘zlarini aytmoq joizdir: “Tarbiya – pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir”.

Download 192 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 192 Kb.