kamida ikkita kardanli sharnirga va harakat davrida kardanli sharnirlar
orasidagi masofa o‘zgarganligi sababli kompensatsiyalovchi birikmaga
(shlitsali birikma) ega bo‘lishi kerak.
Uzun bazali avtomobillarda kardanli uzatma ikkita valdan iborat:
oraliq va asosiy (oldingi va ketingi). Bu shuning uchun zarurki agar bitta
uzun val o ‘rnatilsa xavfli ko‘ndalang tebranishlarga olib kelishi
mumkin, natijada kardanli valning kritik aylanishlar soni ekspluatatsiya
jarayonidagi aylanishlar soniga tenglashib qoladi. Kalta valning kritik
aylanishlar chastotasi kattaroq boMadi. Oraliq val oraliq tayanchga
o‘rnatiladi. Agar oraliq val uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali bilan
asosiy kardan valini bogMasa, oraliq tayanch birmuncha elastiklikka ega
bo‘lishi kerak, chunki avtomobilning kuch agregati (dvigatel, ilashish
muftasi, uzatmalar qutisi) elastik rezina yostiqchalarda o‘rnatilganligi
uchun vertikal va gorizontal yo‘nalshda erkinlikka (siljishga) ega. Shu
sababli oraliq tayanch podshipnigi korpusi rezina halqali kronshteynda
o‘rnatilgan bo‘lib, kronshteyn esa ramaga mahkamlanadi. Ba’zi
avtomobilarda oraliq tayanch podshipnigi korpusga mahkam o ‘rnatlgan
boMadi, ammo ramaga mahkamlangan kronshteynga o ‘rnatilgan sapfada
korpus o ‘zi tebranishi mumkin.
Uch o ‘qli avtomobilarda orqa va oraliq ko‘priklami orasidagi
alohida kardanli uzatma oraliq ko‘prikka bikr oraliq tayanch o‘rnatiladi.
Burchak tezliklari teng bo‘lmagan (assinxron) kardan shamirlari
yetaklanuvchi valning o ‘matilish burchagi
20
° dan katta bo‘lmagan
kardanli vallarda qo‘llaniladi. Universal kardan sharnirlari oddiy kardan
sharnirlaridan konstruktsiyasi bilan farq qiladi. Bularda valning o‘q
bo‘ylab siljishi shlitsali birikmada emas, kardanli shamir mexanizmida
amalga oshiriladi.
Burchak tezliklari teng bo‘lgan (sinxron) kardan sharnirlari
avtomobillardagi ham yetakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan g‘ildi-
raklaming yuritmalarida ishlatiladi. Bu turdagi kardan shamirlari
konstruksiyasiga qarab 45° gacha bo‘lgan burchak ostida harakat uzata
oladi. B a’zi turdagi sinxron kardan sharnirlari kompesatsiyalovchi
qurilma bilan birga tayyorlanadi, ya’ni universal kardan shamirlari
hisoblanadi. Elastik kardan sharnirlari asosan yengil avtomobillaming
kardanli uzatmalarida o ‘rnatiladi va konstruksiyasiga bog‘liq ravishda