Silindrsimon uzatma. Oldingi g‘ildiraklari yetakchi avtomobillarda
agar dvigatel ko‘ndalang joylashgan bo‘lsa silindrsimon uzatma
ishlatiladi va bu uzatmalar qutisi ilashish mufltasi bilan bitta blokda
joylashtiriladi. Silindrsimon uzatmaning tishlari to‘g ‘ri tishli (Ford
Fiesta), qiya tishli (VAZ, Fiat) yoki shevron tishli (Xonda) boMishi
mumkin. Silindrsimon uzatmaning uzatishlar soni 3,5-4,2, FIK esa
0,98ga teng.
Konussimon uzatma. Bu uzatmalarda asosan spiral yoki aylana
tishli shesternya va g ‘ildiraklar ishlatiladi. Konussimon uzatmalaming
uzatishlar soni quyidagicha aniqlanadi:
•" z,
7