IX. DIFFERENSIAL VA YARIM 0 ‘QLAR
IX .l. Differensial va yarim o‘qlarning vazifasi, talablar, tasnifi,
qo‘llanilishi
Avtomobil nafaqat to‘g‘ri yo‘llarda balki burilishlarda ham
harakatlanadi Avtomobil burilayotganda uningyetakchi g‘ildiraklari har-
xil radius bo‘yicha harakatlanadi. Agar bu g‘ildiraklar bir xil burchak
tezlik bilan aylansa, burilish paytida ular shataksirab, ilashish kuchi
kamayadi. Shuningdek, g'ildiraklaming shataksirashi shinalarning
tezyeyilishiga olib keladi. Shuning uchun burilish paytidayetakchi
g‘ildiraklarni xar-xil burchak tezlik bilan aylantirish zarurati paydo
bo‘Iadi. Bu vazifani g'ildiraklararo differensial bajaradi. Shuningdek,
o‘tag‘on avtomobillarda ko‘priklarga tushayotgan og‘irlik kuchlaridan
to'liq foydalanish uchun ko‘priklarga uzatilayotgan burovchi moment
og‘irlik kuchlariga mos bo‘lishi kerak. Bu vazifani o‘qlararo differensial
bajaradi.
Differensial o‘ziga uzatilayotgan burovchi momentniyetakchi
g ‘ildiraklarga yokiyetakchi ko‘priklarga bo‘lib berish va yetaklanuvchi
vallarni xar-xil burchak tezlikda aylantirish uchun xizmat qiladi.
Differensial o ‘z vazifasini samarali va ishonchli bajarishi uchun
unga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- burovchi momentni g'ildiraklarga yoki ko‘priklarga shunday
bo‘lib berishi kerakki, avtomobilning turg‘unligi va boshqariluvchanligi
ta’minlansin;
- umumiy talablar.
Differensial quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflanadi:
4)
joylashuvi bo ‘yicha:
- g‘ildiraklararo differensial;
- o ‘qlararo differensial;
- bortlararo differensial.
2)
yetaklanuvchi vallardagi burovchi momentning nisbati
bo ‘yicha:
- o ‘zgarmas nisbatda (simmetrik, nosimmetrik);
- o‘zgaruvchan nisbatda (majburiy blokirovkalanuvchi, o‘z-o‘zidim
blokirovkalanuvchi)