avtomobillarda yoki uch o‘qli avtomobillarning teng yuklangan orqa
ko‘priklari orasida o‘rnatiladi. Nosimmetrik differensiallar o‘qlararo
momentni taqsimlanishi teng bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0 ‘qlararo
differensial sifatida konussimon yoki planetar turdagi silindrsimon
differensiallar qoMlaniladi.
Bortlararo differensial o ‘tag‘on avtomobillarda ishlatiladi. Bu
turdagi differensiallar avtomobilning bortlarida joylashgan transmis-
siyada ishlatiladi va burovchi momentni bortlararo teng taqsimlaydi.
Bundan tashqari bunday transmissiyalarda, ayrim hollarda o‘qlararo
differensial ham o ‘rnatiladi.
Differensiallami majburiy blokirovkalash avtomobilning o ‘tag‘on-
ligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Ba’zi bir konstruksiyalarda faqat
o ‘qlararo differensial blokirovkalanadi, ayrim hollarda esa o ‘qlararo
differensial ham g‘ildiraklararo differensial ham blokirovkalanadi.
Majburiy blokirovkalashni odatda haydovchi o'tirgan joyidan elektro-
pnevmatik yuritma orqali boshqaradi.
O 'zi blokirovkalanuvchi g'ildiraklararo va o‘qlararo differensiallar
o‘tag‘onlikni oshirish maqsadida yengil, yuk va maxsus avtomobillarda
o‘rnatiladi. Samaradorligi past bo‘lgani uchun o‘zi blokirovkalanadigan
impulslanuvchi differensiallar kam tarqalgan. Birmuncha keng tarqal-
gani erkin yo‘lga ega bo‘lgan o‘zi blokirovkalanuvchi differensiallar.
Xususan boshqa turdagi differensiallar bilan bir qatorda sakkiz g‘ildi-
rakli avtomobillarda ishlatilgan.
Har xil konstruksiyali yuqori ishqalanishda ishlaydigan diffe
rensiallar keng tarqalgan. Ular yuk avtomobillarida o‘matilgan. Yuqori
ishqalanishda ishlaydigan differensiallarning ba’zi konstruksiyalari katta
sinfdagi yengil avtomobillarda ishlatilgan.