|
Davlat ta’lim standartlarining mazmuni
|
bet | 13/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgDavlat ta’lim standartlarining mazmuni. Davlat ta’lim standarti umumiy o'rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi. Umumiy o'rta ta’limning davlat ta’lim standarti o'quvchilar umumta’lim
tayyorgarligi saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O'z
navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti o'quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi. DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar o'quv rejasi va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi o'quvchi shaxsi, uning intilishlari
qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko'zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o'rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda
quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O'zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo'lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o'quv fani bo'yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o'quvchilar tomonidan bajariladigan o'quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo'yiluvchi talablarni belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. ≪Standart≫ ingliz tilidan taijima qilinganda ≪me’yor≫, ≪namuna≫, ≪andoza≫, ≪model≫ ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o'quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o'quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo'lgan yoki qiziqarli bo‘lmagan fanni o'rganishda o'quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi. Ushbu holatda, o'quvchi o'ziga mos keladigan ta’lim yo'lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o'z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirish imkoniyatga ega bo'ladi. Shakli va mazmuni bo'yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o'quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda o'quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo'llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi. Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi.
O'zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo'qligi XX asrning 80-yillarida ko'pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo'lishiga olib keldi. Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo'yicha ishlar O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin
boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) O'zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo‘yicha o'zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko'ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o'rganish obyektlari va asosiy mazmunli yo'nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fanining umumiy ta’rifi.
2. O'quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni o'quvchilarning o'quv tayyorgarliklari zarur bo'lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “o'lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o'quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
DTSni, uning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat
ko'rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim
muassasalari uchun majburiydir. Umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
- DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
- o'quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog'liqligi;
- umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
- umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg'or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
- pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan ≪Ta’lim to‘g‘risida≫gi Qonun va ≪Kadrlar tayyorlash milliy dasturi≫ mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
- ilg'or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o'quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o'quv reja ta’lim sohalarini me’yorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo'luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o'quv rejasi o'quv predmetlari bo'yicha beriladigan ta’lim mazmunini o'quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o'quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum o'quv predmeti bo'yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo'ladi. Har bir sinf yakunida o'quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta’lim (o'quv) predmetlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv rejasi va dasturlarida o'z ifodasini topadi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va
ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash
sharti amalga oshiriladi. DTS o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar o'quv rejasi va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O'zbekiston Respublikasi
hududida faoliyat ko'rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo'ysunishdan qat’i
nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
DTSni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi
o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi
umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi
umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg'or) texnologiya yutuqlariga tayanish
pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan ≪Ta’lim to‘g‘risida≫gi Qonun va ≪Kadrlar tayyorlash milliy dasturi≫ mazmunida ifodalangan zamonaviy talablaming uzviyligi
ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG‘I
“OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI. ASOSIY QOIDALAR” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
|
| |