• Oqitishning puxtaligi prinsipi.
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet9/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Eng yuksak daraja. O'quvchi -talaba o'rganish maqsadida mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsga faolligi, mehnatsevarligi va bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o'rinda o'qituvchining vazifasi o'quvchi-talabaga o'qish vaqtini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi, unga aqliy faoliyatini rivojlantirishni qulay usullarini o'rgatishdan iboratdir.
    Yuksak daraja. O'quvchi-talabalar materialni faollik bilan, lekin o'qituvchining rahbarligi ostida o'rganadilar. O'qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishda, qa’tiyatli, irodali bo'lishda yordamlashgan holda ular faoliyatini yo'naltirib boradi.
    O'rtacha daraja. O'quvchi-talabalar ta’lim mazmunini o'zlashtirib olishga intiladilar, lekin turli sabablarga ko'ra diqqat e’tiborsiz bo'lib qoladilar. O'qituvchi bu sabablarni aniqlashtirib, so'ngra ta’sir ko'rsatib faollikni oshiradi.
    Past daraja. O'quvchi-talabalar ta’lim vazifasini anglaydilar, biroq ular o'qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg'ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq
    vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. O'qituvchi bunday o'quvchilar uchun qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil etish lozim.
    Eng past daraja. O'quvchi -talaba vazifasi o'quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materialni zarurat bo'lgani uchun o'zlashtiradi, ichki g'ayrat va omil tufayli emas, balki o'qituvchi, ota-onalar, kata yoshdagilar majbur qilganliklari sababli. Odatda bunday o'quvchilar mehnati samarasiz bo'ladi, ular alohida yondoshini talab qiladi. O'qitishning ongliligi va faolligi prinsipi o'qituvchining oldiga quyidagi talablarni qo'yadi:
    Birinchidan. O'quvchilarning ongli ravishda tushunishini, ongli munosabatini va bilish faolligi darajasini bildiradigan belgilarni bilish kerak.
    Ikkinchidan. Materialni ongli ravishda o'zlashtirishga yordam beradigan aqliy harakatlarni, fikrlash jarayonlarini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish kerak.
    Uchinchidan. O'qish sabablarini o'rganish va o'qish jarayonida o'quv mashg'ulotlariga, maktabga, o'qituvchilarga, o'rtoqlariga nisbatan ijobiy munosabat
    paydo bo'lishiga samarali ta’sir ko'rsatadigan omillarni nazarda tutish kerak.
    To’rtinchidan. O'quv mashg'ulotlarini tayyorlash va o'tkazish jarayonida bilish faolligini oshirish vositalari va usullarini maxsus planlashtirish diqqat-e’tiborini, ishga qobiliyatlilikni shakllantirish shart.
    7. O'qitishning puxtaligi prinsipi. Ta’lim berishning muhim vazifalaridan biri mustaqil bilim olishga, malaka va ko‘nikmalar ta’sir qilishga erishishdan iboratdir. Bilimlarni o‘zlashtirishning puxtaligi quyidagi omillarga bog'liq:
    - tushuntirishning ilmiyligi va tizimlililigi,
    - tushunishning ongliligi,
    - o'quvchilarning bilish faolligi,
    - o‘qish sabablariga,
    - kitoblarning sifatiga,
    - o‘qituvchining mahorati va h.k.
    Ta’limning puxtaligi prinsipi o‘quv jarayoniga nisbatan quyidagi talablarni qo‘yadi:
    Birinchidan. Mashg‘ulot materialida asosiy fikrni alohida ajratib ko‘rsatish kerak. Mashg'ulotda takrorlash, tushuntirish, mustahkamlash asosiy qismlarini tashkil qiladi. Mashg'ulotda o'rganiladigan material nazariy qoidalardan, aniq ma’lumot, bayon va izohlardan iborat bo’lishi kerak.
    Ikkinchidan. Nazariy bilimlarning asosiy fikr negizida guruhlanadigan, birlashadigan qismini yaxshi tasavvur etish kerak. Asosiy qoidalar bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradigan bo'lsa, u xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi.
    Uchinchidan. O‘rganilayotgan materialning nuqtai nazarlari, e’tiqodlari, dunyoqarashi bilan bog’liqligi bilimlarini puxtaligini ancha oshiradi.
    To'rtinchidan. O‘quvchining bilim ko'nikma va malakalari amaliyot bilan bog'lansa, ya’ni, amalda qo'llanilsa ular mustahkam bo’ladi. O‘quvchilarga olinayotgan bilimlarining amaliy ahamiyati, hayotda ularni qo‘l kelishini tushintirish bu borada o‘ta zarur.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




    Download 458,85 Kb.