• Mazmunli tarkibiy qism
  • I. P. Podlasiy tasnifl bo‘yicha
  • M. Kodjaspirov bo‘yicha
  • Y.K. Babanskiy
  • Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Y.KBabanskiy
  • В. T. Lixachev tasnifi
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet5/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Tuzilish (struktura)-bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo'yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning o‘zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o'zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.
    ■Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
    - pedagog-tarbiyachilar;
    - tarbiyalanuvchilar;
    - tarbiyaviy shart-sharoitlar.
    ■Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko'p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad - har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan - alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o'z ichiga qamrab oladi.
    ■Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko'p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad - har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan - alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o'z ichiga qamrab oladi.
    Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo'yadigan ma’noni aks ettiradi.
    Faoliyatli tarkibiy qism - jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bo'lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o'zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham nomlanadi.
    ■Jarayonning natijaii tarkibiy qismi uni amalga oshishi samaradorligini aks ettiradi, qo'yilgan maqsad bilan bog'liqlikda muvafaqqiyatli o'zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi.


    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi
    fanining qonuniyatlari
    Pedagogik jarayon qonuniyatlari - bu obyektiv mavjud bolgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
    ■Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog'langan, nima bilan u bog'liqlikda ekanligini ko'rsatadi.
    ■Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko'plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo'ladi.
    ■Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarining yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko'rib o'tamiz.
    I. P. Podlasiy tasnifl bo‘yicha:
    •Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o'ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
    ■Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o‘zaro bog'liqligini, ularning ko'p tomonlama o'zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
    • Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash - faoliyatning turli turlariga


    tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.


    • Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning obyekti (shaxs) bir paytning o‘zida subyekti sifatida aks etsa, tarbiya muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o'zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.


    • Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar - o'qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o'zaro harakatida kechadi.


    • Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to'g'ridan-to'g'ri shaxslararo aloqalarning intensivligi va boyligiga bog'liq bo'ladi.


    • Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati-ta’lim oluvchining keyingi barcha


    muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog'liq bo'ladi.


    • Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati - shaxs rivoji darajasi


    va sur’ati:


    • irsiyat;
    • tarbiya va o‘quv muhiti;
    • pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo'llanishiga bog'liq bo'ladi.
    • O'quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati-pedagogik ta’sirning


    samaradorligi:


    • ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi;
    • ta’lim oluvchilarga ko'rsatiladigan korreksiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog'liq bo'ladi.
    • Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati


    - o'quv-tarbiya jarayonining samaradorligi:


    • hissiy idrokning sifati va intensivligi;
    • idrok etilganning mantiqiy anglanishi;
    • anglanganning amaliy qo'llanilishiga bog‘liq bo'ladi.
    • Tashqi (pedagogik) va ichki (bilish) faoliyatning birligi qonuniyati-pedagogik jarayonning samaradorligi:


    • pedagogik faoliyatning sifati;


    • tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o'quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart qilib qo'yadi.
    M. Kodjaspirov bo‘yicha:
    • Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog'liqligi.


    ■Inson tabiati bilan bog‘langanlik qonuniyati:


    • shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli;
    • ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o'ziga xosliklariga bog‘liqligi.
    • Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati:


    • tarbiya, o'qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o'zaro bog'liqligi;


    • o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o'zaro aloqasi.
    ■M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Y.K.Babanskiyning tasnifiga juda yaqin.
    Yagona pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Y.K. Babanskiy
    tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:
    • Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog'liq holda amalga oshadi.


    • Tarbiya, o'qitish, ma’lumot va rivojlanishning o'zaro bog’liqligi qonuniyati.


    • Tarbiya va o'zini-o'zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.


    • Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.


    • Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini


    hisobga olish.


    • Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o'zaro aloqadorlik qonuniyati.


    • Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o'zaro aloqadorlik qonuniyati.


    ■Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifatida e’tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, qonuniyatlar obyektiv, eng muhim, barqaror, o'zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar (prinsiplar) deb ataymiz.


    ■Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasniflari adabiyotlarda o'z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o'rganib chiqilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko’rish mumkin. Shu sababli biz quyida ko’pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Y.K.Babanskiy, B.T.Lixachev) tasnifini berishni ma’qul deb topdik.
    Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Y.KBabanskiy bo’yicha tasnifi:
    • pedagogik jarayonning maqsadga yo'naltirilganligi;


    • ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;


    • ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik;


    • tizimlilik va ketma-ketlik;


    • onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilaming ijodkorligi;


    • ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi;


    • ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;


    • ko'rgazmalilik;


    • ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;


    • ta’lim va tarbiyaning qulay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;


    • sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;


    • tarbiyaga kompleks yondashuv.


    В. T. Lixachev tasnifi:


    • o'quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy-qadriyatli maqsadga yo'nalganligi,


    • ta’lim oluvchilar faoliyatining turli turlarining o'zaro harakatini tashkil etishga kompleks yondashuvni amalga oshirilishi;


    • butun o‘quv-tarbiyaviy ishlarning hayot bilan bog'liqligi;


    • ta’lim va tarbiya jarayonida har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish, jamoada ta’lim va tarbiya;


    • ta’lim oluvchilarga talabchanlik va hurmatning birligi;


    • ta’lim oluvchilar hayotiga rahbarlik qilishda ularning tashabbuskorliklarini hisobga olish;


    • barcha ta’lim oluvchilar hayotini estetizatsiyalash;


    • ta’lim va tarbiyaning boshqaruvchilik roli;


    • ta’lim oluvchilarning bilish, mehnat va boshqa faoliyatlarini rag‘batlantirishni hisobga olish, ularda ishga bevosita qiziqish uvg'otish orqali axloqiy-irodaviy kuchini faollashtirish;


    • ta’lim oluvchilarda barcha turdagi fikrlashni rivojlanishini hisobga olish,


    • ketma-ketlik va tizimlilik;


    • ko'rgazmalilik;


    • tushunarlilik;


    • sababiylik.


    ■Umuman olganda, yagona pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlarining


    umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ta’lim va tarbiya jarayonining
    samaradorligiga xizmat qiladi.
    Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko'plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga
    quyidagilar kiradi:
    1. Didaktik qonuniyatlar.
    2. Gnoseologik qonuniyatlar.
    3. Psixologik qonuniyatlar.
    4. Kibemetik qonuniyatlar.
    5. Sotsiologik qonuniyatlar.
    6. Tashkiliy qonuniyatlar.
    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasining shakllanish jarayoni pedagogika fanini o'quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog'liqdir. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi pedagogikani o'qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to'planadi, ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida alohida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o'qitishning ayrim masalalari bo'yicha metodik tavsiyalar yaratiladi.Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o'qitish metodikasining o'ziga xos qirralari aniqlanadi. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo'lajak o'qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Maktabgacha metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo'lib xizmat qiladi.
    Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillarni belgilovchi, obyektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir. Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o ‘zlashtirish usullari bilan belgilanadi.
    Pedagogik metodologiya o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
    1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funksiyalari haqidagi ta’limot.
    2. Fundamental, umumilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, konsepsiya, gipoteza).
    3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.
    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi pedagogik bilimlar sohasi bo'lib, pedagogikani umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi.
    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi pedagogikani
    fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanini predmeti bo'lgan ta’lim jarayonini to'g'ri tashkil etish imkonini beradi.



    Download 458,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 458,85 Kb.