• Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari.
  • Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining vazifalari




    Download 458,85 Kb.
    bet3/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining vazifalari. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo'shadi. Maktabgacha pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi fanini maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
    O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpо etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya berish jarayonini nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
    1.Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o'rganish.
    2.Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
    3.Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini o'rganish asosida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish.
    4.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
    5.Maktabgacha ta’limdagi ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
    6.Bo‘lg‘usi tarbiyachlarni maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya berish usullari bilan qurollantirish.
    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o'qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
    Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

    Download 458,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining vazifalari

    Download 458,85 Kb.