• 2. Ta’limning ilmiylik prinsipi.
  • Ta’limning tizimlilik prinsipi.
  • Ta’lim prinsiplariga quyidagilar kiradi




    Download 458,85 Kb.
    bet7/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Ta’lim prinsiplariga quyidagilar kiradi
    1. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi. Bu prinsip bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
    - material mazmunini Respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, mustaqil rivojlanish yo'lidagi muvaffaqiyatlari, xalqning mehnatidagi yutuqlari, hozirgi zamon fani va texnikasi hamda madaniyati bilan bog‘lash;
    -shaxsda ma’naviy fazilatlarni, intizomlilikni, qat’iyatlilikni va mehnatsevarlikni tarbiyalash;
    - ta’lim jarayonida hosil bo‘ladigan hissiyotlar, kechinmalar va taassurotlarning hosil bo‘lish jarayonini boshqarish;
    - aqliy qobiliyatlarining rivojlantirilishi va shakillantirilishini amalga oshirish.
    Bu yo'nalishlarni amalga oshirish uchun o'qituvchi o‘ziga qo’yilgan quyidagi talablarga to’liq rioya qilishi kerak:
    Birinchidan O‘quvchining dunyoqarashi, uning nuqtai nazari, e’tiqodi qanday shakillanishini bilishi kerak. O‘quvchi faqatgina darslik doirasida o'ralib qolmasligi uchun, keng doirada fikrlash, tasavvur qilish qobiliyatini shakllantirish zarur.
    Ikkinchidan. O‘quvchi shaxsining ma’naviy, mehnatsevarlik, nafosatlilik fazilatlarini takomillashtirishda har bir darsning ahamiyatini tushuntirib borishi kerak.
    Uchinchidan. O‘quv jarayonida o‘quvchilarda his –tuyg’ularning paydo bo’lishi, yuzaga chiqishi va ifoda etilishini ta’minlash lozim.
    To'rtinchidan. O‘quvchilardagi qobiliyatlarni yuzaga chiqishini ko‘ra bilish va ularni takomillashishi uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur.
    Har bir o‘qituvchi mashg'ulotni yuqorida aytilgan talablarga rioya qilgan holda tashkil etsa, ta’limning tarbiyaviy xususiyati maktab o'quvchisi shaxsini shakllantirishda asosiy ta’sirchan omil bo‘lishi amalga oshadi.
    2. Ta’limning ilmiylik prinsipi. Bizni qurshab turgan borliqni bilish jarayoni murakkab, ziddiyatli bo'lishi, har xil bosqichlarni, shakllar va turlarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilish narsaning tashqi tasviridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga o'tishidan iboratdir.
    Ilmiy bilimlar qonuniyatlar sari, nazariya sari olib boradi. Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning o'quv faoliyatidagi o'rnini ochib beradi. Agar o‘quv materiali narsalarning faqat tashqi, kuzatiladigan xususiyatlarini yoritsa, bunday bilim ilmiylik darajasiga yetmagan bo'ladi. Agar o‘quv materiali bilan qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb atalardi. Ular o'quvchini aqliy rivojlantiradi. Faqat ana shunday bilimlardagina o‘quv fanining ilmiy mazmunini o'zlashtirib olishga kelgusida esa fanni egallab, mehnatda faol ishtirok etishga imkon beradi.
    Ilmiylik prinsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim.
    - O'quvchilarni pedagogika, psixologiya, metodika fanlarining eng so'nggi yangiliklari bilan tanishtirib borish.
    - O‘quvchilarga o'rgatilgan, berilgan har bir ilmiy tushuncha doimiy ravishda takrorlantirilib borishi zarur.
    - Ilmiy bilish metodlaridan foydalangan holda, o'quvchilarda mantiqiy tafakkurni o'stirish va ularni ijodiy ishga tayyorlash.
    - Doimiy ravishda o'quvchilarni yetakchi olimlarni hayoti va ijodi va ilm-fanga qo'shgan hissasi bilan tanishtirib borish kerak.
    - Dars jarayonida yangi ilmiy iboralardan foydalaning va eng so'nggi ilmiy kashfiyotlar haqida tushunchaga ega bo'ling.
    - O'quvchilarni qidiruv-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlang. Ularni eng oddiy
    tajribalarni o'tkazish asoslari bilan tanishtiring.
    3. Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta’limning tizimlilik prinsipi o'quvchilardagi ilmiy bilimlarni mustahkam va chuqur bo'lishiga asoslanadi. O‘quvchilardagi atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlar, o'quv materiallari o'quv jarayonida ketma-ketlik asosida chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib boradi va ular o‘quv materialini oson o‘zlashtiradilar. O'quvchi bilimlarining ilk manbaini, narsalarning, hodisalarning o‘zaro munosobatlarini tasavvur eta bilishlari shart. O'quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari, bo'linmalaridan iboratdir.
    Fandagi bilimlarning maktabdagi o'quv materialiga asos qilib olinishini to‘g‘ri tushinib yetish shart. O‘quvchi tomonidan materialni o'zlashtirish o'qituvchining tushuntirish usullariga bog'liqdir. O'qituvchining mahorati va yaxshi tayyorgarligi o'quvchilar tomonidan bilimlarni puxta va tizimli tarzda o'zlashtirishga asos bo'ladi. Bir xildagi bilim turli xil metodlar, vositalar bilan berilishi mumkin. Bunda o'qituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini tanlab oladi. O'quvchilarga bilim berish ularning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan reja asosida amalga oshirilishi shart.
    Наг bir mashg'ulotda ta’lim tizimi mahsuldor bo'lishi kerakligidir. Bu demak, rejadagi bilimni chuqur o'rganish, fikrlash, xotirani, hissiyotni, tasavvurni tarbiyalash hamda o'quv faoliyati davomida paydo bo'lgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan xislatlarni hosil qilishdir.
    Amaliy faoliyatga tizimlilik va ketma-ketlik prinsiplarini tadbiq etishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
    - o'quvchilarni bilimlarni o'zlashtirishlari uchun dars jarayonida reja, sxema va jadvallardan foydalaning. O‘quv materialini mantiqan tugallangan qismlarga ajrating va uni ketma-ketlik asosida ularga o'rgatib boring;
    - darsda va dars rejasiga har tomonlama to‘liq ochib beriladigan masalalarni kiriting;
    - dars o'tish jarayonida dars mazmunini ketma-ketligini buzilishiga yo‘l qo‘ymang;
    - ta’lim jarayonida fanlararo bog'liqlikdan foydalaning;
    - ta’limda tizimlilik va ketma-ketlikni ta’minlash uchun o'tilgan mavzularni tez-tez
    takrorlab boring;
    - takrorlashdan dars boshida o'tilgan mavzuni o'zlashtirilish darajasini tekshirish va dars yakunida olingan ma’lumotni mustahkamlash maqsadida emas, balki dars davomida har bir qismni o‘tib bo‘lgandan so‘ng ham foydalanish zarur;
    - fanni bir bo’limini o'tib bo’lgandan so‘ng umumlashtiruvchi va tizimga soluvchi dars o‘tkazing;
    - o'quvchilarni og'zaki javoblari va yozma ishlarida uchragan xatolarni doimiy ravishda xushmuomalalik va chidamlilik bilan to‘g‘rilab boring;
    - dars davomida o‘quvchilarni aqliy faolliklarini rivojlanish qonuniyatlariga, aqliy faollikni pasayishi va ko‘tarilish jarayonlarini to‘g‘ri rejalashtiring;
    - o'quvchilarga yangi bilimlarni ketma-ketlik tarzida o'rgating shundagina bu bilimlar o'quvchilar ongida mustahkamlanib boradi.

    Download 458,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim prinsiplariga quyidagilar kiradi

    Download 458,85 Kb.