• Bilim
  • Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
  • Pedagogik jarayon va uning tuzilishi.
  • Pedagogik jarayon
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet4/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
    avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
    Ta’lim-o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon.
    Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
    Ko‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
    Malaka-muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
    Ma’lumot-ta’lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
    Rivojlanish-shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
    Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi.
    1.Metodika-xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o‘rganadi.
    2.Pedagogika tarixi - ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
    3.Pedagogik texnologiya-ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
    4.Pedagogik mahorat-bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
    5.Ta’limni boshqarish-ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
    Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo'lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo‘yila boshladi: o'qituvchi o‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda
    vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi.
    ■Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo'ladi, yoki aksincha”.
    ■Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D Ushinskiy g'oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g'oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, KB Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o'z aksini topgan.
    ■Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko‘p tomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o‘qitish, o'rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o'git va boshqa bir qator so'zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
    ■XX asrning 70-yillarida Y.K. Babanskiy, B.S.llin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Y.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
    ■Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o'zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o‘zida jamlaydi.
    Pedagogik jarayon - pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy kategoriyalaridan biri.
    Pedagogik jarayon tarbiyachilarning pedagogik faoliyati boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o‘zini-o‘zi o‘zgartirishining maqsadga yo'naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
    ■U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo'ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, tarbiyachilarning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o'zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
    ■Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog‘langan. Uning mohiyati, mazmuni va yo'nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o'zaro harakatiga bog'liq bo’ladi.
    ■Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati-yagonalik undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
    Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
    ■Pedagogik jarayon-ko‘plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig'indisidir. Unda o'qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari birlashadi.
    ■Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo'ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:
    - uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
    - undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
    - umumiy mavjudlik va o'ziga xoslikni saqlashda namoyon bo'ladi.
    ■Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o'zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o'zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin.

    Download 458,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 458,85 Kb.