• Ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi.
  • Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi.
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet8/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    4. Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi o'quvchilarni yosh xususiyatlari qonuniyatlariga va o'quvchilarni rivojlanish darajalarini ta’limiy jarayonni tashkil etish va amalga oshirishga mos kelishiga asoslanadi. Bolani fikirlash darajasiga, to'plagan bilimlari hajmiga, o'zlashtirgan malaka va ko'nikmalariga mos bo’lgan bilimlargina ularga tushunarli bo‘ladi. O‘quvchilar olgan bilim, shakllangan ko'nikma va malakalar ularning rivojlanish darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan isbot qilinib, amaliyotda qo’llansa u bilim tushunarli bo‘ladi.
    Yangi bilimni maktab o'quvchisining o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlar va uning shaxsiy tajribasi bilan bog‘lash kerak. O‘quvchini fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak. Bilimni tushunarli bo’lishga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish uyg'otish lozim. O‘rganilayotgan bilimlarning maktab o‘quvchisi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib yetish kerak. Tushunarlilik prinsipida yengildan-og'irga, aniqdan-noaniqqa, oddiydan murakkablikka kabi qoidalarga rioya qilinadi.
    Tushunarlilik prinsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya etish lozim:
    - bola o'rgatiladigan va beriladigan bilimlar ularni yosh xususiyatlariga va har bir yoshda qabul qilish imkoniyatlariga mos bo'lishi lozim;
    - o'quvchini ongi va aqli belgilangan predmetni o‘rganishga tayyorlangan bo‘lishi lozim;
    - o'quvchilarga ta’lim berishda ularni hayotiy tajribalarini, qiziqishlarini, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganing va ularni hisobga oling;
    - ta’lim mazmuni va uslublarini tanlashda o'quvchilarni o'ziga xos xususiyatlarini
    hisobga oling;
    - o‘quv jarayonida kuchli o'quvchilarni bo'shashtirmaslik, o‘rta va bo‘sh o‘quvchilarda tez harakatni o'stirish uchun hammaga mos bo'lgan dars o'tish sur’atini tanlash lozim;
    - o‘quvchilarda aniq bilimlar va malakalarni shakllantirishda pedagogika va psixologiyadagi eng so‘nggi yangiliklardan foydalaning;
    - yangi va murakkab materialni o‘rganishga kuchli o'quvchilarni, o‘quv
    materialini mustahkamlash uchun o‘rta va bo'sh o'qiydigan o'quvchilarni jalb qiling;
    - o'quvchilarga darsni tushunarli bo'lishi uchun tushunchalarnni aniq ifoda eting, ayrim mavzularni tushuntirishda hayotiy misollardan, aniq ma’lumotlardan va adabiyotlardan foydalaning;
    - ta’lim jarayonida nimani tushuntirish zarurligini, yoki nimalarni bolalarni o'zlari mustaqil o'zlashtirib bilib olishlarini his qiling;
    - o'quvchilarni bilish faoliyatlarini boshqaring, o'quvchilarni yangiliklarni topishga o'rgating;
    - ta’lim jarayonini tushunarli bo'lishi uchun, o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil tahlil qilishga yo'naltirishi kerak;
    - ta’limni tushunarli bo'lishi bu ishchanlik bilan bog'liqdir.
    Ishchanlikni rivojlantirish va mashq qildirish orqali o'quvchilarni uzoq davom etadigan fikriy faoliyatga o'rgatib boring.
    5. Ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi. Ko'rgazmalilik prinsipi - ta’lim jarayonida juda keng qo'llaniladi. O'qitishning ko'rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu - ko'rgazmali qurollarga tayanish, o'quvchilar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir. Maktab o'quvchilari uchun ko'rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi.
    Ko'rgazmalilik prinsipi o'qituvchiga quyidagi talablarni qo'yadi.
    - O'quvchi materialini o'rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini tushunishi kerak.
    - Hissiy obrazlardan mashg'ulotda o'quvchilar rivojlanishining mustaqil sifati jihatida foydalanish hususiyatini aniqlash lozim.
    - Mashg'ulotda hissiy bilimlar qaysi bir ko'rgazmali qurollar yoki texnikaviy vositalar yordamida shakllanishini hal qilishi kerak.
    - O'quvchining bilish faoliyatida tabiatdagi majud narsalarni, hodisalarni
    tasavvur qilish qobiliyatiga erishish kerak.
    - O'quv materiali narsalarni, hodisalarni umumlashgan tarzda tasavvur etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
    - Bolalar shakllar, ranglar, his qilish orqali fikrlaydi, shuning uchun ko‘rgazmali ta’lim ular uchun muhimdir.
    - Ta’limda hech qachon faqatgina ko'rgazmalilikka suyanib qolmang u faqatgina o'quvchilarda fikrlashni o'stirishga yordam beradigan vositadir.
    - Ko'rgazmalilikdan faqat ko'rsatish uchun emas, balki o'quvchilarni mustaqil bilim olishlarida ularni tadqiqot- izlanish ishlarini tashkil etishga o'rgatishda ham foydalaniladi.
    - Ta’lim va tarbiya berishda shuni yodda tutingki, ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan predmet va hodisalar to'g'risida aniq va to‘g‘ri tasavvurlarni hosil
    bo‘lishiga yordam beradi.
    - Ko'rgazmalilikda doimiy ravishda ketma-ketlikka rioya qiling.
    - Ko'rgazmali vositalarni qo‘llaganda bolalar bilan uni bir butunligiga, keyin esa asosiy va ikkinchi darajali tomonlarini ko'rish kerak.
    - O'quvchilar bilan birgalikda ko'rgazmali qurol tayyorlashga harakat qiling.
    - Hech qachon o'zingiz yaxshi bilmaydigan narsalarni ko'rsatmang, ko'rgazmali qurollarni puxta qilib ishlang.
    - Zamonaviy ko'rgazmali qurollardan o'quv ko'rsatuvlari, videotasmalar, slaydlar, ta’limning texnik vositalaridan va ulardan foydalanish metodikasini bilish kerak.
    - Ko'rgazmali vositalarni qo'llash orqali bolalarda diqqatni, kuzatuvchanlikni fikrlash madaniyatini, bilimlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishni tarbiyalash mumkin.
    - Ko'rgazmalilik kuchli ta’sir etuvchi vositadir, shuning uchun undan to'g'ri
    foydalanish zarur, agar undan noto'g'ri foydalanilsa o'quvchilarni asosiy vazifadan fikrlarini tarqatib yuborishi mumkin.
    6. Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi. Bu ta’lim jarayonida asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta muhim jihatini o'z ichiga oladi:
    - o'quvchilar tomonidan o'quv materiallarining ongli ravishda tushunilishi;
    - o'quv mashg'ulotlariga ongli munosabatda bo’lish;
    - bilish faoliyatining shakllanishi.
    1. O'rganiladigan bilimlar va muammoli vaziyatlarning o'rtaga qo'yilishidan boshlab, o'quvchilarning materialni ongli ravishda tushinishi boshlanadi. Ayrim paytda o'quvchilar ta’lim mazmunini ongli ravishda o'zlashtira olmaydilar. Sababi ular o'quv vazifasini hal etish lozim bo'lgan muammoli vaziyat deb qabul qilmaydilar, ya’ni ular vazifani atroflicha o'ylab ko'rmadilar, faqat o'qituvchining aytgani bo'yicha nima qilish kerakligini yodlab olishadi. Vazifani to'liq tushunib yetgachgina yechimini qidirib topish imkonini beradigan asosiy ma’lumotlarni aniqlab olish kerak. O'quvchilar yangi mazmunga tegishli bo'lgan bilimlarni, mahorat va ko'nikmalarni esga olishadi, so'ngra yangi materialni o'zlashtirishga kirishadi. Ayrim hollarda o'quvchilar yangi bilimga tegishli o'tilgan temani qaytarmay, ongsiz ravishda yangi materiallarning yengil - yelpi o'zlashtirishga harakat qiladi. Bu o'zlashtirilgan yengil - yelpi bilimlar tez kunda o'quvchilarning xotirasidan chiqib ketadi. O‘rganilgan qoidalarni bilish, ularni tushuntira olish, yangi bilimlar asosida masalalarni yecha bilish, mashqlarni bajara bilish, o‘rganilgan materiallarni mustaqil ravishda takrorlay olish; yangi temani o‘zlashtirish uchun boshqa o'quv fanlardagi bilimlardan foydalana bilish, o'zlashtirilgan bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay bilish va o‘z bilimlarini davriy ravishda chuqurlashtirish juda muhimdir.
    2. O‘quvchilarning bilim olishga ongli munosabatda bo'lishi - bu o'quvchining maktabga, o‘quv mashg'ulotlariga, o'rtoqlariga, o'quvchi sifatida o'ziga bo‘lgan munosabati tushuniladi. Ongli munosabatni shakllantirish avvolo o'qitishning mazmuni va ta’lim berish metodlariga bog'liq. Mashg'ulot qiziqarli bo’lsagina o'quvchi o'qishga intilib turadi. Bu o'rinda ko‘p narsa o'qituvchiga, uning ish uslubiga, o'quvchilarga bo'lgan munosabatiga bog‘liq.
    3. Prinsipning uchinchi jihati o'quvchi va talabalarning bilish faolligini oshirishdir. O‘quvchi bilish faolligining darajasi turlicha bo'lishi mumkin:

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




    Download 458,85 Kb.