|
Turon zarmed universiteti
|
bet | 11/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgNazorat uchun savollar:
1. Ta’lim prinsipi deganda nimani tushunasiz?
2. Pedagogikada qanday prinsipi artizimidan foydalaniladi?
3. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipining mohiyati nimada?
4. Ta’limning tizimlilik prinsipi mohiyati nimada?
5. Ta’limning ilmiylik prinsipi.
6. Ta’limning ko'rgazmalilik prinsipi va unga qo'yiladigan talablar nima?
7. Ta’limning tushunarlilik prinsipini mohiyatini ochib bering?
8. Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi va uning mohiyati?
3-Mavzu: Metodika fani o’qituvchisining o’quv-meyori hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
1.Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondoshuvlar
2.DTS tuzilishi va mazmuni
3.O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar
Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasiga
zamonaviy yondoshuvlar
Ma’lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik prinsipiga muvofiq ta’lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo'yadi.
Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-o'qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Professor-o'qituvchilardan albatta ular faoliyat ko'rsatadigan ta’lim muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va qadriyatlari albatta o'quv dasturiga ta’sir ko'rsatadi.
Xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining ko'pchiligi o'zlarining vazifalarini bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi o'ziga xos xislatlari to'g'risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bo'yicha talabaga kutilayotgan
natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo o'quv dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bo'lishi lozim. Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili mavjud bo'lib, unda qu'yidagilar ko'rsatiladi: Oklend universitetida bakalavr yo'nalishida tahsil olib bitirgan talaba yuqori darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy intellectual ko'nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bo'ladi va bu uning ishga joylashuvida, fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta’lim olish va malakasini oshirishda asos bo'lib xizmat qiladi.
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli profil maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish uchun yo'riqnoma bo'lib hisoblanadi. Professor-o'qituvchilarning fakultetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun o'quv dasturlarini, o'qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta’lim imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat (Maki, 2004). Ko'plab universitetlar bitiruvchi profiliga yoki bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab chiqmoqda.
O'quv dasturini ishlab chiqishda o'rganish natijalari yondashuvi hali yangiligicha qolmoqda, va ko'plab professor-o'qituvchilar boshida ushbu yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunini tavsiflab
berishda qiynalishadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo'nalish deb belgilandi, oliy ta’limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi bo'lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da oliy ta’lim tizimi oldiga har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta o'zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlami yaratish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi davlat buyurtmalari qo'yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy buyurtmalardan oliy ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o'qitishga qo'yiladigan maqsad va vazifalar shakllantiriladi. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitishda o’qituvchi mazkur buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitish jarayonida talaba-yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va
usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlardan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya
jarayonida innovatsion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitishda tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o’qitish jarayonini jadallashtirish;
• xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maxsus ta’limning insonparvarlik yo'nalishini ta’minlash;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlaridan ta’lim jarayonining o'quv metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
• milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellectual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida maxsus ta’limning barcha darajalari va bo'ginlarida talaba-yoshlarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini
rivojlantirish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitish jarayonida talaba-yoshlar
ongi va qalbiga milliy g'oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko'tarish;
• Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish orqali talabalarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyenik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish;
Bo’lajak pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishni bajarish lozim. Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o'qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud:
1. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitish jarayoniga tizimli yondoshuv;
2. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitish jarayoniga modulli yondoshuv;
3. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitish jarayoniga innovatsion yondoshuv;
4. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o'qitish jarayoniga talaba shaxsiga yo'naltirilgan yondoshuv.
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o'qitish metodikasining dolzarb muammolari sanalib, har biri mashg'ulotlar davomida alohida ko'rib chiqiladi.
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
avvalo oliy ta’lim tizimida barcha o'quv fanlari, xususan maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan o'qitish jarayonini ilmiy-nazariy
asoslari bo'lgan o'qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim.
|
| |