Ta’limni aiohidalashtirish prinsipi




Download 458,85 Kb.
bet10/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

8. Ta’limni aiohidalashtirish prinsipi. Mashg'ulot olib borishning sinf – dars shakli mavjud, ya’ni bunda jamoa holda o‘quv faoliyati tashkil qilinadi. Ayrim o‘quvchi-talabalar bunda tez o‘zlashtirish qobiliyatiga, ayrimlari sekin o'zlashtirish qobiliyatiga egadir. Kimdir u fanga, kimdir boshqasiga qiziqadi. Bolalarning yosh xususiyati ham o'zlashtirishga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Shu sabablarga asoslanib ta’lim berish darajalashtiriladi (differensiyalashtirish) va alohidalashtiriladi (individuallashtirish). Darajalashtirish ikki xil ma’noda bo'ladi:
Birinchidan, ta’limning mazmuniga nisbatan ijtimoiy talablarga, o'quvchilarning moyilligiga muvofiq darajalashtirilgan tarzda yondoshuv (alohida fanlar bo'yicha maktablar va boshqa tilda): Bunday yondoshuv individual qiziqishlardan, o'quvchilarning qobiliyatlaridan yaxshiroq foydalanishga yordam beradi;
Ikkinchidan, sinfni qobiliyatlilar va o'qitish darajasi bo'yicha bir necha guruhlarga bo'linadi; Qoloq va o'rta o'qiyotgan o'quvchilarga nisbatan alohida yondoshish talab qilinadi. Alohida yondoshish yordamida o'quvchilarda aqliy harakat va fikrlash jarayonlari shakllanadi.
Shunday qilib, o'quvchi-talabalarning bilimini mustahkam o'zlashtirishlariga,
bilim va malakani egallashlariga barcha ta’lim prinsiplarini - tushunarlilik, tizimlilik, ilmiylik, ko'rgazmalilik, onglilik va o'quvchilar faoliyatini amaliyotga tadbiq etish bilan erishiladi.
Yuqorida qayd etilgan prinsiplarning barchasi qamrovli (kompleks) tarzda qo’llanilmaydi. Ularning har biriga ijodiy tarzda yondashiladi.
Ta’lim prinsiplarni qo'llashda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak.
1. O'qituvchi faqat bir ta’lim prinsipiga suyanmasligi kerak. Asosan ularning tartibiga, ilmiy asoslangan maqsad tanlashga, metodlami belgilashga va o'quvchilar
faoliyatini tashkil qilish vositalarini ajratishga va o'quv jarayonini tashkil qilishga e’tibor berish lozim.
2. O'qituvchi har bir prinsip va ularning tartibiga, asosiy qonunlar va qonuniyatlarni hayotga tatbiq etuvchi, hoziri davr ta’lim konsepsiyasining negizi deb bilishi kerak.
3. O'qituvchi pedagogik jarayonning o'zaro ta’sir etuvchi qismlarini bilishi hamda ta’lim prinsipi qonuniyatlariga suyangan va pedagogik jarayonning uyg'unlikda bo'lishiga erishgan holda, qismlarning o'zaro ta’sirini tartibga solishi kerak.

Download 458,85 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Download 458,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limni aiohidalashtirish prinsipi

Download 458,85 Kb.