Tuzilmalar asoslari




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana21.02.2024
Hajmi0,9 Mb.
#160187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu



TX R O R
E L E K T R O N IK A VA E L E K T R O N
TUZILMALAR ASOSLARI
9.1. Umumiy tushunchalar
Elektronika — gaz, qattiq jism, vakuum va boshqa mu- 
hitda elektromagnit maydon ta'siri natijasida hosil bo‘lgan 
elektr o‘tkazuvchanlikni o‘rganish va undan foydalanish 
masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan sohasidir.
Qaysi muhitda elektr o‘tkazuvchanlik hosil bo‘lishidan 
qat’i nazar, bu o‘tkazuvchanlik zaryadlangan zarrachalar- 
ning (elektron, ion va hokazo) harakati bilan bog'liq.
Raqamli texnologiyalaming rivoji hozirgi zamon avto- 
matika va telemexanika, kosmik va harbiy texnika, hisoblash 
texnikasining rivoji, aynan elektronika fanining nazariy va 
amaliyotining misli ko'rilmagan darajadagi rivojlanganiga 
asoslangan. Ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, yaqin yillarda 
mikroelektronika deb atalmish elektronika fani bir qismining 
rivojlanishi hayotning barcha sohalariga, sanoat ishlab 
chiqarishi, sotsial-ijtimoiy, uy-ro‘zg‘or, qurilish va hokazo- 
larga katta ta'sir ko‘rsatadi. Elektronika fanining rivojlanishiga 
elektrovakuum asboblari asos bo‘ldi. Bu asboblar hozirgi 
vaqtda qo‘llanilmaydi. Lekin elektron asboblarning ishlash 
prinsipini aynan shu priborlar misolida ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir.
Elektron vakuum asbob ichiga ikki elektrod — anod va 
katod joylashtirilgan bo‘lib, havosi so‘rib olingan shisha 
idishcha(ballon)dan iborat.Uning ishlash prinsipini termo- 
elektron emissiyasiga, ya'ni vakuumda qizdirilgan metalldan 
elektronlar uchib chiqishiga asoslangan. Elektrodlardan biri — 
katod elektr toki bilan qizdiriladi. Qarama-qarshi elektrod — 
anodni musbat ishorali qutbga ulasak, katoddan otilib 
chiqayotgan manfiy ishorali zaryadlangan zarrachalar — 
elektronlar anodga qarab yo'naladi. Demak, elektr toki hosil 
bo‘ladi. Anod manfiy qutbga ulansa tok o‘tmaydi. Bunday 
elektron asbob diod deb ataladi va uning asosiy xossasi tokni 
bir tomonlama o‘tkazishdir, ya’ni undan faqat m a'lum
ishorali tok o ‘tadi. Diodning sxemasi 9.1- rasm, a da, uning 
volt-amper xarakteristikasi 9.1- rasm, b da ko'rsatilgan.
100
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 0,9 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish