o'zgartiriladi. Natijada chiqish qutblarida faqat musbat isho-
rali yarim davriy qiymat ta’sir ko'rsatadi.
Lekin bu shakldagi kuchlanish ham iste’molchilarni qa-
noatlantirmaydi. Shuning uchun to‘g‘rilagichning chiqish
qutblariga parallel ravishda sig‘im va ketma-ket induktivlik
ulanadi. Bu ikki element kuchlanishga ta'sir ko‘rsatadi, kuch-
lanishni tekislab, vaqt davomida kattaligi o ‘zgarmaydigan
kattalikka yaqinlashtiradi (9.16- rasm). Bu turdagi to‘g‘rilagich
radioteleapparaturada, payvandlash apparaturasi va hokazo-
larda keng qo‘llaniladi.
Uch fazali elektr tokini to‘g‘rilashda 9.17- rasmda ko‘rsa-
tilgan sxema qo'llaniladi. Har uchala faza toklari bir-biridan
1200
elektr gradusga siljigani tufayli chiqish kuchlanishining
shakli ancha tekis bo‘lib, bu yerda silliqlovchi L, C filtrning
zarurati yo‘q. Sxemaning bu turi avtomobilda qo‘llanadigan
uch fazali sinxron generator va shahar elektr transportini
(metro, tramvay, trolleybus) o‘zgarmas tok bilan ta'minlovchi
tortish podstansiyalarida qo‘llaniladi.