kazgichli ko‘rinishi topilmagan. Bu asbob televizorlarda,
ossillograf va EHMlaming monitorlarida keng qo‘llaniladi.
Bu asbobda elektron oqim ingichka nur ko‘rinishida shakllanadi.
Tor elektronlar oqimi kuchlanish yordamida boshqariladi.
Tor elektronlar
oqimi elektr maydon orqali, masalan,
ossillograflarda yoki elektromagnit maydon orqali televizorlarda
shakllantiriladi va boshqariladi. Elektron nurli naycha
quyidagicha tuzilgan: shisha idish (ballon)
ichida gorizontal
va vertikal yo‘nalishlarda elektron nurni bemvchi ikki juft
plastinka joylashgan. Shisha idishdan havo so‘riladi va vakuum
(10
"7
— 10
'8
simob ustuni, mm) hosil qilinadi. Shisha idishning
oxiri „ekran“ deb ataladi va uning
ichki tomoni fluoressent
modda — luminoform bilan qoplangan. Elektron nur ekranga
urilib uni yoritadi va ekran bo'ylab burilgan yorug‘ iz qoldiradi.
Shunday qilib, ekranda elektron nur qoldirgan yorug‘ iz
tasviri shakllanadi.
9.13-
rasmda elektron nurli naychaning tuzilishi ko‘rsa-
tilgan. Yarimo'tkazgichli asboblar qator afzalliklarga ega.
Yuqorida ta'kidlab o‘tgani-
mizdek,
lampali elektron as-
boblar faqat elektron nurli
naychalarda qo‘llaniladi. Bu-
ning sababi quyidagilar:
1. Geometrik o ‘lchamlari
kichikvayengil.
2.
Qimmat va ishonchliligi
past bo‘lgan qizdirish katodi
yo‘q.
9.13- rasm.
1 07
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Yarimo‘tkazgichli mexanizm manbaga ulanganda shu
zahotiyoq
ishlab ketadi, lampali asboblarda esa katodni
qizdirish uchun vaqt talab qilinadi. Bu juda muhim.
4. Yarimo'tkazgichli asboblar elektr vakuumli asboblarga
nisbatan kam quw at iste’mol qiladi. Masalan,
elektr va-
kuum asboblar asosida ishlangan televizorning quvvati
135 W, shu sinfdagi yarimo‘tkazgichli
asbobdan yasalgan
televizorning quwati esa atigi 35 W.