Moddalar ularning tarkibida
erkin zaryadlangan zar-
rachalar borligi tufayli elektr o‘tkazuvchanlik xossalariga ega.
Yarimo‘tkazuvchi materiallarda elektr o ‘tkazuvchanlik ular
tarkibida elektron va „teshik“ borligiga asoslangan. Teshik —
bu atom atrofida o‘z orbitalari bilan aylanuvchi elektron-
larning qandaydir ta’sir natijasida yo‘qotgan o ‘rni. Demak,
teshik elektronlari yetishmaydigan atom bo‘lib, uning zaryadi
musbat. Yarim o'tkazgich moddalarda tok paydo qilish uchun
ko‘rsatiladigan ta'sir har xil bo‘ladi.
Bu moddaning qizishi,
elektromagnit maydon ta ’siri, yorug‘lik (fotodiod) ta'siri
bo‘lishi mumkin. Yarimo‘tkazgich moddalarda o‘zining elektr
o ‘tkazuvchanligidan boshqa aralash o‘tkazuvchanlik ham
bo‘ladi. Bu aralash o ‘tkazuvchi modda „elektronli“ yoki
„teshikli“ bo‘lishi mumkin. Aralash yarimo‘tkazgichning
o‘tkazuvchanligi „teshikli“ bo‘lsa, bunday yarimo‘tkazgich
/
7
-turli, aksincha bo‘lsa,
n- turli deyiladi.